330
KIMYO FANIDAN INNOVATSION ELEKTRON DARSLIKDAN
FOYDALANISH IMKONIYATLARI VA AFZALLIGI
G.A.Ixtiyarova, Z.U.Ishmanova,
1
M.Sh.Axadov, Ch.Q.Xaydarova
Toshkent davlat texnika universiteti /
1
Navoiy davlat pedagogika
institute
Zamonaviy axborot texnologiyalarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi va
hayotga kirib borishi, elektron darsliklar, ya’ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini
joriy etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda.
Hozirgi kunda respublikamizda kimyo fanlarini o’qitishda elektron qo’llanma
va darsliklar, on-line darslar, 3D texnologiyalar zamon talablaridan eng muhimlariga
aylanmoqda. Internet texnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Internet
orqali ta’lim beruvchi maxsus repitiror va saytlar mavjuddir. Masofadan turibo’qish
texnologiyalari hayotga joriy qilinmoqda. Bu ta’lim oluvchilarga
ancha qulayliklar
tug’dirmoqda. Bunda talabalar o’z yurtida turib boshqa davlatning oliygohlarida
o’qishi va o’sha oliygoh diplomiga ega bo’lishi mumkin. Albatta bu ta’lim jarayonida
elektron darslikning ahamiyati kattadir.
Innovatsion elektron darsliklarning oddiy darsliklardan farqi - ularda matn va
rasmdan
tashqari ovozli audiofayllar, annimatsiyalar, turli xildagi multimedialar,
kimyoviy masalalar yechish
usullarining video taqdimoti, bajarish imkoniyati
bo’lmagan tajribalarni CrocodileChemistry dasturi orqali virtual ko’rinishlari,
zamonaviy taqdimotlar, o’qituvchilar uchun dasr kataloglari
va foydalanuvchilarga
o’zini-o’zi nazorat qilish uchun Ispring dasturida nostandart testlar, HotPotato
dasturida
krossvordlar, keyslar banklari, assismentlar va gipermatndan foydalanib
o’quvchidan
axborotni tez, oson, qulay, chiroyli hamda tushunarli shaklda taqdim
etish mumkin.
Misol sifatida «Anorganik kimyo» fani misolida innovatsion elektron darslik
yaratishda qo’yiladigan talablar bilan tanishib chiqamiz.
Innovatsion elektron darslik (IED) foydalanuvchitalaba
uchun har tomonlama
qulay bo’lgan paytda hamda masofaviy Kimyo fanini o’rganib chiqishi mumkin.
IED o’zida ko’pgina ma’lumotlarni mujassamlashtirishi bilan birga, bu
ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida hamda vitual bajarish
imkoniyatiga ega bo’lishini izohlaydi.
IED ning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya’ni
multimedia taqdimotlar voqea va ma’lumotlarni xayotiylashtiradi. Bu matn,
videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: