«Mahalliy xomashyolar va ikkilamchi resurslar asosida innovatsion texnologiyalar»



Download 9,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/302
Sana24.02.2022
Hajmi9,62 Mb.
#226303
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   302
Bog'liq
1-JILD KONFERENSIYA

Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1. T.To’laganov, M.Ashurova “Fanlararo aloqalar bilimlarni boyitish omili” Xalq 
ta’limi jurnali №1 2006-yil. Toshkent. 
2. A.G’ofurov, U.Raxmatov “Biologiyani o’qitishda tabiiy fanlar bilan fanlararo 
bog’lanishni amalga oshirish” Xalq ta’limi jurnali №3 2005-yil. Toshkent. 
 
 


334 
AROMATIK UGLEVODARODLAR MAVZUSINI OʻQITISHDA 
“ZINAMA-ZINA” TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH 
Ataniyazov O.N., Razzaqberdiyev N.N. Polvonov X.K., Eshchanov E.U. 
Urganch Davlat universiteti 
 
Respublikamizning hozirgi ta’lim tizimi pedagoglar oldiga, yoshlarimizning 
har tamonlama barkamol va ma’nan yetuk qilib tarbiyalashda ularning bilim va 
koʻnikmalarini oshirish, mustaqil izlanishlar olib borishlari va fanga oid bilimlarini 
yanada mustahkamlashalarini maqsadli ravishda rivojlantirish vazifalarini qoʻyadi. 
Ana shu vazifalarni hal etishda pedagogik ta’lim texnologiyalari yetakchi 
oʻrinlarda turadi. Shuning uchun ham pedagogik ta’lim texnologiyalari koʻproq 
talabaning fikrlash qobiliyatining ortishini, uning nazariy va amaliy bilimlarining 
shakllanishini ta’minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki 
ulardan foydalangan holda ta’lim texnologiyalari ilmiy bilim va tushunchalarni, 
dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning pedagogik faolligini har tomonlama 
rivojlantirish vositasi boʻlib qoladi. 
Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo” fanini oʻqitish jarayonida yangi 
innovatsion ta’lim texnologiyalarni amalda qoʻllash bugungi kunning dolzarb 
masalaridan biri hisoblanadi. Albatta, kimyo fanlari tizimida “Organik kimyo” 
fanining oʻziga xos oʻrni boʻlib, uni oʻrganish muhim ahmiyat kasb etadi. “Organik 
kimyo” fanining bir qismi boʻlgan aromatik uglevodorodlarga tegishli moddalarning 
fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilish sohasi bilan ham juda muhim ahamiyatga ega 
ekanligi, ularni chuqur oʻrganish va tadqiq qilish muhim masalalardan biri ekanligini 
koʻrsatadi. Organik kimyo fanida “Aromatik uglevadorodlar” mavzusini oʻqitishda 
“Zinama-zina” ta’lim texnologiyasini qoʻllab, oʻtilayotgan mashgʻulotga ajratilgan 
vaqtdan samarali foydalanish mumkin. Bu texnologiya oʻquvchilar bilan bir guruh 
ichida yakka holda yoki ularni kichik guruhlarga ajratgan holda yozma ravishda 
oʻtkaziladi va taqdimot qilinadi. Ushbu texnologiyadan amaliy va seminar dars 
mashgʻuloti davomida foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
• Talabalarni ajtilgan kichik mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik 
guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta boʻlgani ma’qul); 
• Talabalar mashgʻulotning maqsadi va vazifasi hamda oʻtkazilish tartibi bilan 
tanishtiriladi. Har bir guruhga qogʻozning chap qismida kichik mavzu yozuvi 
boʻlgan varaqlar tarqatiladi; 
• Har bir guruh a’zolari tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan 
tanishishlarini va shu mavzu asosida oʻzlarining nazariy bilimlarini jamoa 
bilan birgalikda fikrlashib, qogʻozdagi boʻsh joyga yozib chiqish vazifasi 
beriladi va vaqt belgilanadi; 
• Guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma 
(yoki rasm, yoki chizma) koʻrinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari 
kichik mavzu boʻyicha imkon boricha toʻlaroq ma’lumot berishlari kerak 
boʻladi; 


335 
• Tarqatma materiallar toʻldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. 
Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, 
auditoriya doskasiga mantiqan ketma-ket (zinama-zina shaklida) ilinadi; 
Oʻqituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, 
guruhlarnni berilgan topshiriqlar boʻyicha vazifani qay darajada bajarganliklarini 
tahlil qilib yakuniy xulosa chiqaradi va ularni baholaydi.
Aromatik uglevodorodlar mavzusini “Zinama-zina” ta’lim texnologiyasini 
qoʻllab oʻqitishda kichik guruh talabalariga quyidagi kichik mavzulardan berish taklif 
qilinadi: 
1. Aromatik uglevodorodlarning nomlanishi va izomeriyasi.
2. Arenlarning kashf etilish tarixi va klassifikatsiyasi. 
3. Aromatik uglevodorodlarning tabiatda uchrashi va olinish usullari. 
4. Arenlarning tuzilishi, aromatiklikligi va fizikaviy xossalari. 
5. Arenlarda elektrofil almashinish reaksiyalari mexanizmi. 
6. Arenlarda nukleofil almashinish reaksiyalari mexanizmi. 
7. Aromatik yadroda radikal va yon zanjirda almashinish reaksiyalari. 
8. Kelishilgan va kelishilmagan orientasiya qoidalari. 
9. Arenlarning muhim vakillarining ishlatilishi va amaliy ahamiyati. 
Ushbu kichik mavzular “Zinama–zina” ta’lim texnologiyasi metodida quyidagi 
grafik koʻrinishida keltiriladi: 
“Zinama–zina” ta’lim texnologiyasi talabalarni oʻtilgan shuningdek, endi 
oʻtilishi rejalashtirilgan mavzu boʻyicha yakka hamda kichik jamoa boʻlib, fikrlash, 
dastlabki oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarni yodga tushirib, jamlangan fikrlarni 
umumlashtira bilish va bu bilimlarni yozma, rasm, chizma ko’rinishlarida ifodalay 
olishga oʻrgatadi.

Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish