«Mahalliy xomashyolar va ikkilamchi resurslar asosida innovatsion texnologiyalar»



Download 9,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/302
Sana24.02.2022
Hajmi9,62 Mb.
#226303
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   302
Bog'liq
1-JILD KONFERENSIYA

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar.– T.: Moliya,2003.
2. M.Nishonov, SH. Mamajonov,V. Xo`jayev Kimyo o`qitish metodikasi. Toshkent
“O`qituvchi” 2002 yil 
 
 


326 
KIMYO FANINI O’QITISHDA MA’RUZA DARSLARINING O’RNI 
Ergashev I.M.
1
, Ergashova Sh.I.
2
, Suyunov Sh.X.
1
 
Samarqand Davlat universiteti
1
, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
2
Ilmiy texnik taraqqiyot oliy ma`lumotli mutaxasislarni tayyorlash tizimini, 
ularning o`ta iqtidorli va mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirishni talab etadi. 
Buning uchun elektron darsliklar, tarqatma materiallardan foydalana bilishlarini 
o`rgatish lozim. Individual va mustaqil ishlash uchun ma`ruza matnlari, tayanch 
iboralari va ularning izohlari bilan ijodiy ishlay olishlariga imkon berish lozim.
Oliy o`quv yurtlarida ta`limni yangi rejalar asosida olib borish o`quv jarayonini 
tubdan o`zgartirishni taqazo etadi. Ma`ruza, amaliyot, seminar mashg`ulotlari, yakka 
tartibda ishlash va hokazo rejalarning mukammallashtirish, talabalar bilimini 
sinashning yangi usullarini o`quv jarayoniga joriy etish talabalarning bilimini 
mustahkamlashga yordam beradi. Bu esa talabalarga yuksak darajada bilim bera 
oladigan o`quv dasturlarini, test masalalarini hamda elektron darsliklarning 
yaratilishini taqazo etadi. 
Talabalarga bilmilarni yetkazishning turli usullari orasida ma`ruza muhim 
o`rinni egallaydi. Ma`ruzaning o`quv jarayonidagi o`rni juda ham beqiyosdir, 
o`qitishning bu ko`rinishini hamma vaqt fan va texnika yangiliklari asosida doimo 
takomillashtirib turish kerak. Ma`ruzaning eng avvalo, bilimlarni, ma’lumotlarni 
yetkazish , chunonchi o`z navbatida o`quv jarayonidagi bilimlarni mustahkamlash, 
talabalarga tabiiy ta`sir ko`rsatish, ilmiy izlanishishlariga ham muhim ta`siri bo`ladi.
O`quv darsliklarining soni kam bo`lganda materiallarni o`zlashtirishda ma`ruza 
yanada muhim ahamiyat kasb etib, yagona, asosiy manbaga aylanadiki, o`qituvchi bu 
ishga juda ham katta mas’uliyat bilan yondashishi kerak. Eng avvalo ma`ruza 
mazmunli, yuqori saviyada, barcha talablarga javob beradigan, qiziqarli bo`lishi 
zarur.
Ma’ruzachining birinchi bosqichdagi vazifasi ma`ruzaga tayyorgarlik ko`rish 
hisoblanadi. Ma`ruzaga tayyorgarlik ko`rishning muhim bosqichlaridan biri 
materiallarni to’plashdir; adabiy manbalar, amaliyotdan olingan yangiliklar
konferentsiya va simpozium materiallarini jamlab ma`ruzani yoritish o’qituvchidan 
mahorat talab etadi. Ma`ruza materiallarini yoritishda nazariyani amaliyot bilan 
bog`lab, mazmunli va ko`rgazmali ravishda izohlash, kompyuter va texnika 
vositalaridan foydalanish bugungi kunning asosiy talabidir.
Ma`ruza o`qish jarayonida uni boshqa fanlar- fizika, matematika, ekologiya, 
meditsina, turli xil ekologik jarayonlar va o`tilgan ma`ruzalar bilan mazmunli 
ravishda bog`lab olib borish ham muhim ahamiyatga ega. Ma`ruzada muhim 
muammolarning yechimi berilayotgan bo`lsa uni bahs, savol javob tariqasida yechish 
ham muhim ahamiyat kasb etadi, bu talablarni fikrlashga, yangi-yangi savollarning 
paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin. Ma`ruzalarni korgazmali qurollar yordamida 
olib borish darsning samaradorligini oshiradi. Shuningdek ma`ruzada 10-15 daqiqaga 
mo`ljallangan test, nasorat ishlardan foydalanish va texnika vositalaridan, 
kompyuterlardan foydalanish ham talabalarning ma`ruzaga bo`lgan qiziqishini 
oshiradi. 


327 
Ma’rusa darslarida talabalar bilimini nazorat qilish maqsadida, o`tiladigan 
mavzular bo`yicha test savollari tuzilib, oraliq va joriy nazoratlar olish vaqtida 
ulardan unumli foydalanish losim. Bunda mavzular asosida tuzilgan savol va 
javoblarning mazmun va maqsadlariga alohida e’tibor berish , talabalar bilimini sinab 
ko`rish uchun juda qisqa vaqt sarflash, sinov natijalari darsning o`zidayoq e’lon qilish 
kerak bo’ladi.
O’tilayotgan fan bo`yicha internet tizimidan foydalanib mavzularni yangi 
ma`lumotlar bilan ham boyitish juda muhim ahamiyatga ega va talabalarni 
qiziqishlarini yanada oshiradi. 
Kimyo fanlarini o‘qitish taʼlim-tarbiya birligiga asoslanib,talabalarda siyosiy, 
gʼoyaviy, maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni, yuksak ong va madaniyatni shakllantirishni
oʼz oldiga maqsad qilib qoʼyadi. Bunday muhim vazifalarni amalga oshirishda 
kimyo sohasidagi soʼnggi yutuqlar hamda ilmiy yangiliklarga tayangan holda,
mavjud holatni ilmiy-nazariy oʼrganish, mazmunan boyitish, takomillashtirish
hamda islohotlar talablariga toʼla javob beradigan darajaga keltirish printsiplariga 
asoslanish zarur.
Ma’ruza darslarida talabalarni kimyo faniga qiziqtirish, darsda qiziqarli
masalalar va didaktik ma’lumotlardan unumli foydalanib, faol o`qish – bilish 
jarayonini vujudga keltirish orqali ularning tayyorgarlik darajasini oshirish va
kasbiy jihatdan shakllantirish mumkin. 
Oliy ta’lim tizimida kimyo fanidan ma’ruza o‘quv jarayonining ham usuli, ham 
shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og‘zaki, uzviy va muntazam 
singdirishga xizmat qiladi. Ma’ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib 
boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o‘ylashga majbur etadi. Shu sababli 
ma’ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o‘ziga xos maktabiga aylanadi. Ma’ruzani 
shunday o‘qish lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga, vazifa va kelajagiga 
nisbatan turli qarashlari, ilmiy e’tiqod, g‘oya va milliy mafkura asoslari shakllansin. 
Buning uchun kimyo o`qituvchisi har bir ma’ruzaning mazmuninni fandagi 
yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim. Ma’ruza ijobiy hamkorlikka 
tayanib tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma’ruza 
jarayonida ham ta’limiy, ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish 
yo‘llaridan biri – o`qituvchi bilan talabalar o`rtasida do`stona, faol munosabatlarni 
tiklab olinishdan iborat. Bundan tashqari dars va ma’ruzaning samarali natijasi 
o`quvchi va talabalaring o`quv jarayonidagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga 
olinishiga ham bogliq. Shunday ekan, ta’limni samarali tashkil etish, uning dars, 
ma’ruza va boshqa shakllaridan o`qitish jarayonida o‘rinli foydalanishlari uchun 
shubhasiz o`qituvchining pedagogik mahorati, pedagogik madaniyati, o‘z predmetini 
puxta bilishligi va o`quvchi talabalar bilan umumiy til topa olishligi g`oyat katta 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish