322
NOAN'ANAVIY USLUBDA KIMYOVIY DIKTANT O'
TKAZISH
METODIKASI
1
L.Abatova.,
1
M.B.Ajieva.,
2
B.A.Ajieva
1
Ajiniyoz nomidagi NDPI /
2
Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumi
O'qitish metodlarini takomillashtirishning asosiy maqsadi- o'quvchilar ijodiy
faoliyatini kengaytirish, ularda bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirishga bo'lgan
intilishni rivojlantirish va ularning turli shakldagi mustaqil
ishlarini kuchaytirishdan
iborat. O'quvchilarning o'qish va o'rganish borasidagi faolligi ularning o'qituvchi
ma’ruzasi yoki og'zaki bayonini diqqat bilan tinglash, tajribalarni kuzatish, mashq va
masalalar yechish, darslikdan tegishli o'quv materialini o'qish, konspektlar yozish, uy
vazifalarini bajarish, turli shakl va mazmundagi darsdan tashqari ishlardagi ishtiroki
kabilar bilan belgilanadi. Hisoblashga doir va eksperimental masalalarni yechish, turli
xarakterdagi test topshiriqlarini bajarish, kimyoviy diktant yoki boshqa shakllardagi
nazorat ishlarida qatnashish ham mustaqil ishlash va fikrlashning yuqori darajali
ko'rinishlaridir. Sanab o'tilgan faoliyat turlarining aksariyatida o'quvchilarning
faoliyati va olgan bilimlari hamda egallagan o'quv, ko'nikma
va malakalariga baho
berish mumkin bo'lib, bu jarayonlar dinamikasini nazorat qilishni ham o'z ichiga
oladi.
Kimyo o'qitish jaroyonida o'quvchilar bilimini hisobga olishning eng muhim
usullaridan biri kimyoviy diktant hisoblanadi. Kimyoviy diktant o'tqazishda,
o'quvchining bilim darajasini, ish xususiyatlarini hisobga olish kerak. Kimyoviy
diktant uchun beriladigan topshiriqlarni o'qituvchi og'zaki aytib beradi. O'qituvchi
aytgan moddalarni o'quvchilar kimyoviy formulasini yozishi mumkin.
reaksiya
tenglamalarini ongli bajarishi mumkin. Kimyoviy diktant savollaridan namuna
keltiramiz. "Anorganik moddalarning eng muhim sinflari" mavzusiga oid: temir(II)-
xlorid, temir(III)-oksidi, kal’siy sul'fat, magniy fosfat, mis(II)-oksidi, fosfat kislota,
temir(III)-gidroksid, alyuminiy oksidi. O'quvchilar moddalar yoniga ularning
molekulyar formulalarini yozadi.
Kimyoviy diktant turlari:
1. Moddalarning nomi
asosida formulasini tuzish
2. Birikmalardagi kimyoviy element valentligini topish
3. Kimyoviy tushunchalarga ta'rif berish
4. Turli xil grafalarni to'ldirish
5. Reaksiya tenglamalarini davom ettirish va hokazo
O'qituvchi diktantni o'qiganida barcha o'quvchilarni yozishga ulgurishlarini
hisobga olishi va takrorlab turishi kerak. keyingi vaqtlarda kimyoviy diktantni
grafik turi yaxshi natija bermoqda. Grafik diktant o'tqazish
uchun sinfda bir necha
marta kimyoviy diktant o'tkazilganda uning mazmunini tushuntirib qo'yiladi. Grafik
diktant o'tqazilganda o'quvchilar daftar varag'idan eni 5sm, uzunligi 20sm qog'oz
bo'laklarini tayyorlab qo'yadilar. Topshiriqni miqdoriga qarab, uzun chiziq chizilib,
shu chiziq bo'limlarga bo'linadi. Har ikki chiziq orasiga son qo'yiladi.
323
1
2
3
4
5
6
7
8
Masalan: Quyidagi moddalarning kimyoviy formulasi, ularning nomlanishiga
to'g'ri keladimi?
1.
NaCl - natriy xlorid
2. K
2
SO
4
- kaliy sul'fat
3. Ca(NO
3
)
2
- kal’siy nitrat
4. K
2
S -kaliy sul'fit
5. MgO - magniy gidroksid
6. NaOH- natriy oksidi
7. Na
2
SO
3
- natriy sul'fit.
Agar modda to'g'ri nomlangan bo'lsa, grafikdagi to'gri nomlangan songa ____
chiziq tortiladi, natijada |====| shakl bo'ladi. Agar formula notug'ri nomlangan
bo'lsa, u nomer chizig'i ustiga - yarim oy chiziladi va || shakl paydo bo'ladi.
To'g'ri chizilgan grafik diktant ko'rinishi quyidagicha bo'ladi:
1
2
3
4
5
6
7
8
Mashq doskaga yozib qo'yiladi yoki kodoskop orqali ekranga tushiriladi.
O'quvchi mashqni ko'chirmaydi, balki oldindan tayyorlangan qogoz bo'laklarga
chetiga
familiyasi, sinfi yoziladi va grafikni bajaradi. O'qituvchi diktant bahosini
qog'ozga qo'yadi va yo'qlamaga ko'chirib qo'yadi. Grafik diktant 3-5 minutda bajarib
bo'linadi. O'qituvchi har bir o'quvchini mustaqil ishlashini kuzatib borishi kerak.
Bunday grafik diktantlarni 2 variantda tuzilsa o'quvchilarni mustaqilligi ortadi. Bu
birinchidan o'quvchilarni qiziqtirilsa, ikkinchidan grafik chiziqlar chizishni mashq
qildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: