Ushbu test varianti kollej o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. «Informatika va axborot texnologiyalari», «Dasturiy ta’minot», «Hisoblash va mikroprotssesor texnikasi asoslari», «Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish», «Dasturlash» fanlarining barcha bo‘limidagi mavzularga doir test savollari tuzilib, o‘quvchilarning «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan olgan bilimlarini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
O‘. M. Mirsanov – Navoiy davlat pedagogika instituti
kafedrasi o‘qituvchisi.
F. Istamova – informatika fani o‘qituvchisi
Mazkur test varianti Navoiy pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 2015 yil «___________» dagi _____ sonli uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Hozirgi zamonda biror-bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Kadrlar tayyorlash tizim va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb belgilab qo‘yilgan.
Ta’lim tizimi butunlay yangi kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o‘tkazish ta’lim bosqichlari bo‘yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilish va hayot bilan bog‘lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo‘ladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quv rejasida umumta’lim predmeti sifatida kiritilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» predmeti ham bundan mustasno emas.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanining asosiy maqsadi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga informatikaning amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot berishdan iborat.
Elektrоn hisоblаsh mаshinаlаrining yarаtilishi vа ulаrning keskin rivоjlаnib bоrishi insоn оngining imkоniyatlаrini to‘ldiribginа qоlmаy, uning turli-tumаn mа’lumоtlаrni tаhlil qilish vа o‘zining ish fаоliyatidа uchrоvchi mаsаlаlаr yechimini qаbul qilish tezligini hаm jаdаl sur’аtdа o‘stirаdi.
Hisoblarni bajarish, shu jumladan elеktron shakldagi axborotni oldindan bеlgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov bеrish uchun mo‘ljallangan elеktron mashina. Shaxsiy elektron hisoblash mashinalari mikroelektronikaning yutuqlari asosida yaratiladi. Arzon, kichik hajmdagi avtonom mikroprotsessorli hisoblash sistemasi EHMlarining ommaviy ravishda ishlatilishi ko‘plab dasturli vositalar, ya’ni amaliy dasturlar paketi, operatsion sistemalar, translyatorlar va boshqalarni yaratishga olib keldi.
IBM firmasi shaxsiy kompyuterlarining jozibadorligi uning arxitekturasini ochiqligidir. Bu jumla bunday kompyuterlar modul tamoyilida yig‘ilgan belgini bildiradi, ya’ni uning asosiy qismlari va bo‘laklari, bloklari alohida modullar shaklida ishlab chiqilgan. Bunday tarzda yig‘ilganda kompyuter tarkibiga kiruvchi yangi uskunalarni o‘rnatish yoki eskirganlarini yangilariga almashtirish uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunday kompyuterlarni takomillashtirish ulardan foydalanuvchilarning ham imkoniyatlari darajasidadir.
Shaxsiy kompyuterlar tarkibini uchta asosiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular tizimli blok, monitor va klaviaturadir. Kompyuter ishini boshqarishni ta’minlaydigan asosiy qism – tizimli qism hisoblanadi. Tizimli qism kompyuterning asosiy tavsiflarini belgilaydi va y quyidagilardan ya’ni sistema platasi, protsessor, tezkor xotira, videoadapter, ovoz platasi, yumshoq magnit disk uchun uya, qattiq magnit diskga yig‘uvchi, kompakt – disk yig‘uvchiardan tashkil topgan. Tizimli qismga axborot kirituvchi-chiqaruvchi turli xil uskunalarni ulash mumkin.
Ushbu test variantida «Informatika va axborot texnologiyalari», «Dasturiy ta’minot», «Hisoblash va mikroprotssesor texnikasi asoslari», «Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish», «Dasturlash» fanining o‘quv dasturi mavzulari asosida test topshiriqlari tuzilgan.
1-variant
1) .......... - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, prеdmеtlar,
faktlar, voqyеalar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga nima deyiladi?.
a) yangiliklar b) xabarlar
v) axborot * g) ma’lumot
2) Hisoblash texnikasi qanday axborotlar bilan ishlaydi?
a) analogli (uzliksiz)
b) analogli, raqamli
v) raqamli ( diskret)*
g) hammasi bilan
3) Dastlabki hisoblash mashinasi kim tomonidan ixtiro qilindi?
a) Jon Fon Neyman*
b) Jorj Bul
v) Norbert Viner
g) Charlz Bebbij
4) Birinchi hisoblash vositasilari.
a) toshlar b) abak
v) barmoqlar* g) birka
5) Birinchi mexanik hisoblash mashinasini loyihalashtirgan olim.
a) V. Shikkard
b) Leonardo da Vinchi*
v) Blez Paskal
g) G. Leybnist
6) «EHM avlodlari» deganda nimalar nazarda tutiladi?
a) hammasi hisoblash mashinalari
b) bir xil tamoyil asosida qurilgan hamma
turdagi hisoblash mashinalari*
v) axborot saqlash va uni uzatish darajasi
g) bitta davlatda ishlab chiqarilgan
hisoblash mashinalari
7) Elektron hisoblash mashinalarining birinchi avlodi qaysi davrda yaratilgan?
a) 1940-1950 yillar *
b) 1950-1960 yillar
v) 1936-1945 yillar
g) 1950-1965 yillar
8) Ikkinchi avlod mashinalarining elektron bazasi….
a) elektron lampalar
b) yarim o‘tkazgichlar*
v) mikrosxemalar
g) KIS, O‘KIS
9) Katta integral sxema (KIS) deganda nimani tushunasiz?
a) bir platada joylashgan tranzistorlar *
b) bir nechta mantiqiy elementlar
joylashgan kremniy kristali
v) EHM dasturlari to‘plami
g) bir necha vazifani bajaruvchi lampalar
to‘plami
10) Dastlabki EHM qachon yaratildi?
a) 1938 yil b)1946 yil *
v) 1949 yil g) 1952 yil
11) Super EHM tezkor xotira sig‘imi necha Mbayt?
a) 4-256 Mbayt
b) 4-512 Mbayt
v) 64-10000 Mbayt
g) 2000-10000 Mbayt*
12) Mikro EHM tezkor xotira sig‘imi necha Mbayt?
a) 4-256 Mbayt*
b) 4-512 Mbayt
v) 64-10000 Mbayt
g) 2000-10000 Mbayt
13) Super EHM razryadligi necha bit?
a) 64-128* b) 32-64
v) 16-64 g) 128
14) …… mikrosxemalar to‘plami bo‘lib, barcha kerakli aloqa vazifalarini asosiy barcha to‘plamlarni –protsessor, xotira, kengaytirish shinasi orasida amalga oshiradi.
a) protsessor
b) BIOS
v) chipset*
g) videoadapter.
15) Tezkor xotira vazifasi -….
a) axborotlarni qayta ishlash
b) ayni paytdagi dasturni qayta ishlash
v) dasturni ishga tushurish
g) axborotni saqlash.*
16) Operativ xotira qurilmasi …. nimadan tashkil topgan?
a) trigger b) shina
v) registr * g) protsessor
17) Magnit disklariga axborot qaysi qurilma yordamida yoziladi?
a) printer b) klaviatura
v) disk yuritgich* g) nurli pero
18) Kompyuter nima?
a) keng ommaga mo‘ljallangan
b) faqat yozishga mo‘ljallangan
v) faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan
g) ma’lumotlar ustida turli amallar
bajaruvchi kichik hajmdagi elektron
hisoblash mashinasi
19) Kompyuter so‘zi qaysi so‘zdan olingan?
a) ingliz tilidagi mousе
b) ingliz tilidagi kеyboard
v) ingliz tilidagi ckanеr
g) ingliz tilidagi to compute, computer*
20) Klaviatura so‘zi qaysi so‘zdan olingan?
a) ingliz tilidagi mousе
b) ingliz tilidagi kеyboard*
v) ingliz tilidagi ckanеr
g) ingliz tilidagi to compute, computer
21) Disk yurituvchilar o‘rnatish joyini ko‘rsating?
a) sichqoncha ichida
b) monitor ichida
v) printerni ustida
g) tizimli blokida*
22) Sanoq sistemasining asosini qanday aniqlanadi?
a) sanoq sistemasida ishlatiladigan
raqamlar sonidan*
b) sanoq sistemasida ishlatiladigan eng
katta raqam qiymatidan
v) sanoq sistemasida ishlatiladigan
amallar sonidan
g) hamma sanoq sistemaning asosi bir xil
23) Ikkilik sanoq sistemasidagi 101110 sonni o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazing.
a) 40 b) 46* v) 48 g) 50
24) Sakkizlik sanoq sistemasiga berilgan 524 sonni ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazing.
a)101 010 100* b) 101 110 100
v) 101 001 100 g) 101 011 100
25) O‘nlik sanoq sistemasida berilgan sonni 123 o‘n oltilik sanoq sistemasida ifodalang.
a) AB b) 1B v) 7A g) 7B*
26) WORDda tayyorlangan hujjat nomining standart kengaytmasini aniqlang?
a) .doc * b) .txt
v) .xls g) .bas
27) ENTER klavishasini matn kiritayotganda qachon bosish kerak?
a) faqat abzast oxirida *
b) har bir gap oxirida
v) har bir qator oxirida
g) matn to‘liq kiritilgandan so‘ng
28) Matnni qog‘ozda to‘g‘ri va ko‘ndalang chop etish uchun sahifa parametrlari buyrug‘ining qaysi qismi ishlatiladi?
a) «размер бумаги»
b) «Поля»
v) «Ориентация» *
g) «Источник бумаг»
29) Bichimlash buyruqlari qaysi menyuda joylashgan?
a) «файл» b) «Правка» v) «Вид»
g) «Вставка» d) «Формат»*
30) Tanlangan belgilarning tagiga bitta chiziq chizish uchun qanday klavisha ishlatiladi?
a) Ctrl + B b) Ctrl + D
v) Ctrl + Shift +D g) Ctrl + U *
d) Ctrl + Shift +F
31) Abzatsni markazlashtirish uchun qanday klavisha ishlatiladi?
a) Ctrl + L b) Ctrl + R
v) Ctrl + E * g) Ctrl + Shift +A
32) «Автозаменить» qanday maqsadlar uchun ishlatiladi?
a) ko‘p uchraydigan xatolarini tuzatish
uchun *
b) ma’lum kodni unga belgilangan iboraga
avtomatik almashtirish uchun
v) matndagi barcha raqamlarni ularga mos
harfiy belgilarga avtomatik almashtirish
uchun
g) ikkita matnning o‘rnini avtomatik
almashtirish uchun
33) Bichimlash deganda nimani tushunasiz?
a) matnni ma’nosini o‘zgartirish
b) matnning shaklini o‘zgartirish
v) matnning shaklini o‘zgartirmay,
ma’nosini o‘zgartirish
g) matn ma’nosini o‘zgartirmay turib,
uning shaklini o‘zgatirish *
34) Bir ustunlik matnni bir necha ustunlik matnga aylantirish imkonini beruvchi buyruq?
a) «формат» menyusining «список»
buyrug‘i
b) «формат» menyusining «анимация»
buyrug‘i
v) «формат» menyusining «границы и
заливка» buyrug‘i
g) «формат» menyusining «колонки»
buyrug‘i *
35) Abzatsni markazlashtirish uchun qanday klavisha ishlatiladi?
a) Ctrl + L b) Ctrl + R
v) Ctrl + E * g) Ctrl + J
d) Ctrl + A
36) Sahifa o‘lchamlarini o‘rnatish uchun qaysi buyruqdan foydalanamiz?
a) Свойства b) Параметр страницы*
v) Создать v) Закрыт
d) Открыть
2 variant
1) Atrof-muhitdagi hodisalarni tahlil qilganda quyidagilardan qaysi birlari zarur?
a) modda
b) energiya
v) axborot
g) yuqoridagilarning hammasi*
2) Axborotni o‘rganish bilan bog‘liq masalalar noosferaning qaysi bo‘limini paydo bo‘lishiga olib keldi?
a) texnosfera b) ergosfera
v) infosfera * g) hammasi
3) Bit – bu…
a) mantiqiy element
b) 1yoki 0 tushunchali minimal axborot
birligi *
v) 0 tushunchali minimal axborot birligi
e) 1 tushunchali minimal axborot birligi
4) 1GBAYT necha baytga teng?
a) 2^10 b) 2^15 v) 2^20 g) 2^30 *
5) O‘zbekistonda Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasini tashkil etishda o‘z hissasini qo‘shgan va uzoq vaqt boshqargan akademik kim?
a) N. A. Mo‘minov b) O. S. Sodiqov
v) V. Q. Qobulov * g) H. N. Negmatov
6) O‘zbekiston Respublikasining Axborot-lashtirish konsepsiyasi qachon tasdiqlangan?
a) 1993 yil, dekabr b) 1992 yil, dekabr
v) 1994 yil, may g)1994 yil, dekabr*
7) Mikro EHM tezkor xotira sig‘imi necha Mbayt?
a) 4-256 Mbayt* b) 4-512 Mbayt
v) 64-10000 Mbayt g) 2000-10000 Mbayt 8) Katta EHM razryadligi necha bit?
a) 64-128 b) 32-64* v) 16-64 g) 128
9) Plotter qanday qurilma?
a) axborotni skanerlash qurilmasi
b) grafik axborotni hisoblash qurilmasi
v) chizmalarni qog‘ozga chiqarish
qurilmasi *
g) kiritish qurilmasi
10) Kompyuterdagi qo‘shimcha qurilmalarni ko‘rsating?
a) doimiy xotira, operativ xotira, qattiq
magnit disk
b) disk yurituvchi, monitor, klaviatura,
skaner
v) skaner, modem, printer*
g) klaviatura, monitor, sistemali blok, disk
yurituvchi
11) Pozitsion sanoq sistemasi:
a) raqamlar o‘zining miqdoriy qiymatini,
ularning sondagi joylashishi
o‘zgarganda, o‘zgarmaydi
b) har bir raqamning miqdoriy qiymati
uning sondagi joyiga (pozitsiyasiga)
bog‘liq bo‘ladi.*
v) rim raqamlariga asoslangan sanoq
sistema
g) 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlariga
asoslangan sanoq sistema
12) Ikkilik sanoq sistemasidagi 100110 sonni
o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazing.
a) 38* b) 36 v) 48 g) 42
13) Sakkizlik sanoq sistemasiga berilgan 524
sonni ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazing.
a) 101 010 100* b) 101 110 100
v) 101 001 100 g) 101 011 100
14) 1011101101,1011011012 ikkilik sonni o‘n oltilik sanoq sistemasida ifodalang
a) 2DE, 6B8 b) 2ED,B68 *
v) E2D,B66 g) 2DE,B68
15) 1010 soniga 1011 sonini qo‘shishganda yig‘indini ko‘rsating?.
a) 101010 b) 10101*
v) 100011 g) 101010
16) O‘n oltilik sanoq sistemasida 8+5 soni yig‘ingisi nechaga teng?
a) 13 b) C v) D* g) B
17) Belgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o‘zaro bog‘langan majmuasi nima deb ataladi?
a) axborot tizimi *
b) kompyuter tizimi
v) axborot texnologiya
g) tizim
18) Qo‘llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini qanday sinflarga ajratish mumkin?
a) ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish
va boshqarish
b) loyihalashtirishni avtomatlashtirish
v) tashkiliy jarayonlarni boshqarish
g) texnologik jarayonlarni boshqarish
d) yuqoridagilarni hammasi *
19) Axboriy ma’lumotni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko‘rinishga keltirish, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayoni nima deb ataladi?
a) axboriy jarayon
b) axborot tizimi
v) dasturiy ta’minot
g) axborot texnologiyasi*
20) Axborot texnologiyasi rivojining 1-bosqichiga tegishli vositalarni toping?
a) pero, siyohdon, EHM
b) pero, siyohdon, kitob *
v) kompyuter
g) yozuv mashinkasi, telefon, diktofon
21) XX asr oxirida qanday axborot texnologiyasi yaratilgan?
a) elektron b) elektromexanik
v) kompyuter* g) mexanik
22)Kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan berilganlar va ular ustida aniq amallarni bajarishga imkon beradigan ma’lumotlar yig‘indisiga …… nima deb ataladi?
a) ma’lumotlar ombori *
b) ma’lumotlar omborini boshqarish
tizimi
v) mantiqiy ma’lumot
g) to‘g‘ri javob yo‘q
23) Ekran betlarini yuqoriga varaqlashda qanday klavisha ishlatiladi?
a) Home b) Ctrl + Home v) Ctrl + ↑
g) Page Up* d) Page Down
24) Word matn muharririda jadval qanday yaratiladi?
a) «Таблица»- «Удалить» - «Таблица»
b) «Таблица»- «Строка» - «Таблица»
v) «Таблица»- «Вставить» - «Таблица»*
g) «Таблица»- «Выделить» - «Таблица»
25) Exselda tayyorlangan hujjat nomining standart kengaytmasini aniqlang?
a) .doc b) .txt v) .xls *
g) .bas d) .bat
26) MS Exsel 2000 elektron jadvalida qancha qator va ustun bor?
a) 65536 qator, 256 ustun *
b) 65356 qator, 256 ustun
v) 65536 qator, 255 ustun
g) 65563 qator, 256 ustun
d) 65653 qator, 256 ustun
27) Bir necha yacheykadan tashkil topgan guruhga …… nima deb ataladi?
a) kitob
b) varaq
v) yacheyka
g) diapazon*
d) barcha band to‘g‘ri
28) Menyuga kirish uchun klaviaturadan qaysi tugmachalardan foydalaniladi?
a) F11 tanlanib, Enter tugmasi bosiladi
b) F8 tanlanib, Enter tugmasi bosiladi
v) F10 tanlanib, Enter tugmasi bosiladi *
g) F12 tanlanib, Enter tugmasi bosiladi
d) F9 tanlanib, Enter tugmasi bosiladi
29) MS Exseldan chiqish uchun qanday tugmachalar majmuasidan foydalaniladi?
a) Ctrl + F3 b) Alt + F3
v) Shift + F4 g) Alt +F4 *
d) Shift + Alt + F4
30) Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga …… deyiladi?
a) lokal tarmoq
b) global tarmoq
v) kompyuter tarmog‘i*
g) mintaqayiy tarmoq
31) Aloqa kanali bo‘yicha diskret axborotni uzatish tezligi nimada o‘lchanadi?
a) bod (bit/s)* b) bayt
v) bit g) Mbit
32) World Wide Web deganda nimani tuchunamiz?
a) xalqaro o‘rgimchak to‘ri*
b) xalqaro pochta tarmog‘i
v) xalqaro aloqa tarmog‘i
g) xalqaro munosabat tarmog‘i
33) Web-sayt nima?
a) internetdagi adres*
b) Web-sahifalar to‘plami;
v) Web sahifadagi matn
g) Web sahifani saqlash
34) Deskriptor yoki teg so‘zlari qaysi dasturga tegishli?
a) Word b) Excel
v) HTML* g) Paint
35) Browser so‘zining ma’nosi-…
a) ko‘rishni ta’minlash, ko‘rsatish* b) darg‘a, boshqaruvchi
v) axborot g) taqdimot
36) Internet da TCP/IP nimani anglatadi?
a) Ma’lumotlarni uzatish qoidalari-
internet protokollari deb ataladi*
b) Ma’lumotlarni qayta ishlaydigan
protokollari deb ataladi.
v) Mavjud emas
g) To‘g‘ri javob yo‘q
3 - variant
1) Axborot qanday xossalarga ega bo‘lishi kerak?
1) uzliksizlik 2) cheksizlik 3) foydalilik
4) ishonchlilik 5) aniqlilik
a) 3, 4, 5 * b) 1, 3
v) 1, 2, 3, 4, 5 g) 3, 5
2) Informatika bu – quyidagilardan qaysi birini o‘rganuvchi fan?
a) axborotga ishlov berish usullarini
b) kompyuterlarni
v) axborotlarni tasvirlash, saqlash, ishlov
berish va uzatish usullarini*
g) yangi axborot texnologiyalarini
3) 1 bayt quyidagilarni qaysi biriga teng?
a) 10 bit b) 10 kbayt
v) 8 bit * g) 1bod
4) «MEGABAYT» so‘zi necha bitdan iborat?
a) 8 b) 32 v) 64 * g) 24
5) ……….- ko‘pchilik ish bilan band aholi axborotni izlash, saqlash, qayta ishlash va tahrir qilish bilan shug‘ullanadigan - bu?
a) axborot texnologiyalari
b) axborotlashgan jamiyatda *
v) axborotli jarayonlarda
g) to‘g‘ri javob yo‘q
6) Sonli va harfli ko‘rinishdagi axborotlarni uzatish va qabul qilib olish uchun ishlatiladigan chop qilish telegraf apparati …
a) teletayr * b) kseroks
v) skaner g) uyali telefon
7) Nopozitsion sanoq sistemasi:
a) sondagi raqamlar qiymati turgan o‘rniga
bog‘liq bo‘lmagan sanoqsistemasi
b) sondagi raqamlar qiymati turgan o‘rniga
bog‘liq bo‘lgan sanoq sistemasi *
v) ikkilik sanoq sistemasi
g) to‘g‘ri javob ko‘rsatilmagan
8) O‘nlik sanoq sistemasida berilgan sonni 78,25 ikkilik sanoq sistemasida ifodalang.
a) 1001111,01 b) 1001110,11
v) 1001110,1 g) 1001110,01*
9) O‘n oltilik sanoq sistemasida berilgan sonni 1FA,C ikkilik sanoq sistemasida ifodalang.
a) 111111011,1101 b) 011111011,1100
v) 111111011,1100 g) 111111010,1100*
10) Yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar majmuasiga nima deb tushuniladi?
a) axborot tizimi b) tizim *
v) kompyuter tizimi g) texnologiya
11) Axborot tizimlari qachon paydo bo‘lgan?
a) 80-yillar oxirida b) 70-80-yillarda
v) 50- yillarda g) 60-yillarda *
12) «Texnologiya» so‘zi nechanchi yilda fanga kirib kelgan?
a) 1874 yil b) 1872 yil*
v) 1782yil g) 1878 yil.
13) Kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan berilganlar va ular ustida aniq amallarni bajarishga imkon beradigan ma’lumotlar yig‘indisiga …… nima deb ataladi?
a) ma’lumotlar ombori *
b) ma’lumotlar omborini boshqarish
tizimi
v) mantiqiy ma’lumot
g) to‘g‘ri javob yo‘q
14) Ma’lumotlar omborining qanday turlari bor?
a) relyasion
b) ierarxik, semantik
v) relyasion, ierarxik, semantik *
g) relyasion, semantik
15) MBBS ning faylida qanday kengaytir-gichdan foydalaniladi?
a) .doc b) .xls v) *.mdb* g) .txt
16) Accessda asosiy obyektla nimalar hisoblanadi?
a) «Таблицы» (Jadvallar)
b) «Запросы» ( So‘rovlar)
v) «Формы» (Shakllar)
g) «Отчёты» (Hisobotlar)
d) «Макросы» (Makroslar)
e) «Модули» (Modullar), «страницы»
(sahifalar)
k) yuqoridagilarning hammasi*
17) Menyuga kirish uchun klaviaturadan qaysi tugmachalardan foydalaniladi?
a) F11 tanlanib, Enter tugmasi bosiladi
b) F8 tanlanib, Enter tugmasi bosiladi
v) F10 tanlanib, Enter tugmasi bosiladi *
g) F12 tanlanib, Enter tugmasi bosiladi
d) F9 tanlanib, Enter tugmasi bosiladi
18) «Сохранить» buyrug‘ini klaviaturadan qanday tugmalar orqali amalga oshirish mumkin?
a) Ctrl + S* b) Ctrl +X v) Ctrl + Z
g) Ctrl + C d) Ctrl + V
19)….. – tarmoq abonenti bo‘lib, u o‘z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanish-ga berib, lekin o‘zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi.
a) server* b) mijoz
v) konsentratorlar (hub) g) ko‘priklar
20) ….. bir nesha tarmoq qismlarini birlashtirib, bir butun tarmoq hosil qilishga xizmat qiladi.
a) konsentratorlar (hub)* b) transiverlar
v) repiterlar g) ko‘priklar
21) Uskunalar panelidagi qaysi tugma yordamida hujjatni ochish mumkin?
a) 1-tugma b) 3-tugma
v) 6-tugma g) 2-tugma*
22) Uskunalar panelidagi qaysi tugma yordamida joriy hujjatni elektron pochta orqali jo‘natish mumkin?
a) 1-tugma b) 4-tugma
v) 5-tugma* g) 2-tugma
23) Microsoft Word dasturiga yuklangan joriy hujjatda «Ctrl+End» tugmalar birikmasi bosilsa nima sodir bo‘ladi?
a) kursor hujjat boshiga o‘tadi
b) kursor hujjat oxiriga o‘tadi*
v) kursor hujjat o‘rtasiga o‘tadi
g) to‘g‘ri javob yo‘q
24) Kursorni bir abzast pastga siljitishda qanday klavisha ishlatiladi?
a) Backspase (¬) b) Ctrl + ¯*
v) Ctrl + ↑ g) Ctrl + ®
25) Hujjat betlariga raqam qo‘yish buyrug‘i qaysi menyuda joylashgan?
a) «файл» b) «Правка»
v) «Вид» g) «Вставка» *
26) Dastur interfeysining rasmda belgilangan qismlari qanday ataladi?
a) menyular qatori b) sarlavha qatori
v) ustun va satr* g) formulalar qatori
27) Microsoft Excel dasturini yopish tartibi to‘g‘ri keltirilgan javoblarni ko‘rsating)
a) ALT+F4 yoki файл –выход yoki
darchaning sarlavha satridagi x belgisi*
b) ALT+F3
v) ALT+Delete
g) Delete
28) Microsoft Excel dasturida ish kitobini ochish qanday amalga oshiriladi?
a) CTRL+N b) CTRL+O*
v) CTRL+ P g) CTRL+ S
29) Excel ish kitobiga yangi sahifa (list) qanday qo‘shiladi?
a) «вставка» → «лист» buyruqlarini
bajarish orqali
b) sichqonchaning o‘ng tugmasini varaq
yorlig‘i ustiga olib borib, kontekst
menyidan «вставить» buyrug‘ini
tanlash orqali
v) Shift + F11 tugmalarini barobar
bosish orqali
g) barcha band to‘g‘ri *
30) Microsoft Excel jadvallarida formulalar yozish qaysi belgidan boshlanadi?
a) = (teng) b) Fx
v) – (ayirish) g) + (qo‘shish)
31) Microsoft PowerPoint dasturi yordamida yaratiladigan hujjatlar qanday nomlanadi?
a) yulduzcha nuqta doc
b) yulduzcha nuqta pas
v) yulduzcha nuqta xls
g) yulduzcha nuqta ppt*
32) Microsoft Word dasturi yordamida yaratiladigan hujjatlar qanday nomlanadi?
a) dokument, DOC (Ixtiyoriy nom bilan
nomlanadi)*
b) kitob
v) ma’lumotlar ombori
g) taqdimotlar
33) Dastur interfeysining rasmda belgilangan qismi qanday ataladi?
a) стандартная uskunalar paneli*
b) форматирование uskunalar paneli
v) рисование uskunalar paneli
g) базы данных uskunalar paneli
34) Microsoft Word dasturiga yuklangan hujjatni yopish tartibi to‘g‘ri keltirilgan javobni ko‘rsating
a) файл →закрыть* b) файл →открыть
v) файл → создать g) файл →сохранить
35) Hujjat betlariga raqam qo‘yish buyrug‘i qaysi menyuda joylashgan?
a) «файл» b) «Правка»
v) «Вид» g) «Вставка» *
36) Tanlangan belgilarning tagiga bitta chiziq chizish uchun qanday klavisha ishlatiladi?
a) Ctrl + B b) Ctrl + D
v) Ctrl + Shift +D g) Ctrl + U *