Pigmentlar. Ular bo’yoqlarga rang beradi va xossalarini yaxshilaydi. Pigmentlar mineral va organik turlarda bo’ladi. Mineral pigmentlar kimyoviy barqaror, atmosferaga chidamli bo’lgani uchun sirtqi yuzalarni bo’yashda ishlatiladi. Pigmentlarning bekituvchanligi, ranglash kuchi, maydalik darajasi, atmosferaga chidamliligi aniqlanadi.
Mineral pigmentlar oq (bor, ruxli, qo’rg’oshinli va titanli belila, litopon) sariq (oxra, qo’rg’oshin kroni) ko’k (ultramarin, lazur) yashil (xrom oksidi, qo’rg’oshin-xrom), qizil (tabiiy va sun’iy mo’miyo, qo’rg’oshinli surik), jigarrang (temir surigi, umbra), qora (qurumlar, grafit, marganets peroksidi) turlariga bo’linadi.
Oq pigmentlar interer yoritilishini kuchaytiradi, rangli bo’yoqlarni ochroq qiladi, sanitariya-gigiena talablarini qondiradi.
Arxitektura yodgorliklari bo’yoqlari asosan tabiiy mineral pigmentlar asosida olingani uchun restavratsiya ishlarida aynan shunday bo’yoqlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |