O‘QUV KURSINI O‘QITISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR
Ma'lumki shaxsni shakllantirish uchun, ayniqsa maktabgacha va maktab yoshida u boshdan kechirayotgan inqirozlarning salbiy ta'sirlarini yumshatuvchi qulay sharoitlarni yaratish muhimdir. Bunday sharoitlarni yaratish faqat gumanistik yo'naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayoni bilan ta'minlanadi, bu uning individualligini hisobga olgan holda bolaning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Ijtimoiy-ruhiy tarbiya jarayoni uning ruhiy va jismoniy sog'lig'iga zarar yetkazmaligi kerak.
Maktab yoshidagi qizlarning ma'naviy - milliy madaniyatini shakllantirish insonparvarlik, valeologik, axloqiy, estetik va tashkiliy-pedagogik sharoitlar, tabiiy va ijtimoiy muhitga bosqichma-bosqich kirib borishiga asoslanadi.
Ijtimoiylashuvning muvaffaqiyati bola, o'smirning o'qish va mehnat faoliyatida faol ishtirok etishiga, uning dunyoqarashini kengaytirishda atrof- muhitning ta'siri, uning yosh va individual xususiyatlari qanday hisobga olinishiga, o'z-o'ziga ishonchi qanday rivojlanishiga bog'liq.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-
quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5938-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash borasida respublika miqyosida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, oilalardagi zo'ravonlik holatlarini oldini olish yoki uni bartaraf etish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 2019- yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida“gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida“gi qonunlarining kuchga kirgani bu boradagi tarixiy qadam bo'ldi.
Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli qiz bola nafaqat ota- onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi.
Demak, oila barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg'otish o'ta muhim hisoblanadi. Maktab yoshidagi qizlarni o'z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash mas'uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog'liqdir. Bunda nafaqat ota-onaning maktab, mahalla, qo'ni-qo'shnining o'zaro samimiy munosabati, ularning maktab yoshidagi qizlar bilan yaqin, do'stona munosabatda bo'lishi, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarning sog'-salomat voyaga yetishlari uchun asos bo'ladi.
Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo'lgan bo'lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko'nikmalari oz bo'lsa, bunday shaxs ba'zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo'l uradi.
Yaxshi tarbiya, ba'zilar o'ylaganidek, bir soatlik yoki bir kunlik ish emas. Maqsadli tarbiya tarbiyachidan chidam, matonat, katta bilim va tajriba talab qiladi. Demak, har bir ota-ona va o'qituvchi tarbiyaga oid bilim va malakaga ega bo'lishi shart.
Bolalar tarbiyasida tezda ijobiy natijalarga erishish uchun ularga bilim berish bilan birga, ma'lum mehnat jarayonlariga jalb etish, kasb va mutaxassislik sir- sinoatlarini qo'shib o'rgatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya ishining ba'zan samarasiz bo'lishiga asosiy sabablardan biri tarbiya jarayonida tartib- intizomning bo'lmasligidir. Shaxs qanchalik mehr-muhabbat va tartib-intizom muhitida voyaga yetsa, yomon xatti harakatlardan shunchalik uzoq bo'ladu.
Inson tarbiyasining murakkabligi shundaki, u hech qachon tugamaydi, ya'ni kishi tug'ilganidan to umrining oxiriga qadar zarur bo'ladi. Bundan tashqari, tarbiya ko'rgan avlod o'rniga kelgan farzandlarni yana qayta boshdan tarbiya qilish darkor bo'ladi. Bu esa tarbiyaning tinimsiz davriyligini va abadiyligini ko'rsatadi.
Yoqorida bildirilgan fikr va mulohazalar asosida “Maktab yoshidagi qizlar bilan ishlash” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturi yaratildi.
“Maktab yoshidagi qizlar bilan ishlash” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv
Do'stlaringiz bilan baham: |