Dmitriy Gladishev va Ivan Muravinlar Xiva xotiralari
81
Sirdaryoning quyi oqimidagi shahar va qishloqlar, Orol dengizini o’rganish
uchun 1740 yili davlat arbobi va tarixchi olim V.N.Tatishchevning tashabbusi
bilan Xivaga poruchik D.Gladishev va kontr-admiral, yer o’lchovchi I.Muravinlar
yuborilgan.
Orskda olgan ko’rsatmaga binoan, ular 1717 yili Pyotr I zamonida Rossiya
tobeligiga o’tgan Kichik Juz xoni Abulxayrxon (1695-1748 yy.) bilan uchrashishi
zarur edi. Lekin, bu paytda Abulxayr Orolda edi. Mamlakatni esa Eron podshohi
Nodirshoh bosib olgan edi. SHuning uchun Gladishev bilan Muravin
Abulxayrxonning inisi Nurali va tog’asi Niyoz bilan birga Orolga jo’nab ketdilar
va xon huzuriga yetib bordilar. Ertasi kuni Xivaga bordilar. O’sha vaqtda Abulxayr
xon deb e’lon qilingan edi. Gladishev bilan Muravin SHovotda 9 noyabr kuni
Nodirshoh huzurida bo’lganlar va unga Abulxayrxon bilan Xiva Rossiyaning
tabaqalari ekanligini aytib, Xivaga mehru shavqat qilinishini so’raganlar.
Zobitlarning so’zlariga qaraganda, ularning iltimosi ijobat topgan. Lekin ular
Abulxayrxon bilan uchrasha olmaganlar. SHunday bo’lsa-da, Abulxayr shlhdan
cho’chib 12 noyabrda rus zobitlari bilan birga Orolga qochib ketdi. Bu yerda ko’p
tortishuvdardan keyin Nurali xon deb e’lon qilindi. Abulxayr Gladishev bilan
Muravinni olib Odam ato arig’i bo’yida joylashgan eski o’rdasiga qaytdi.
Gladishev va Muravin 1741 yilning aprel oyida u krdan Orskka qaytib keldilar.
Ularning mazkur sayohati paytida to’plagan ma’lumotlari «Gladishev – Muravin.
Poezdki iz Orskka v Xivu i obratno 1740-1741 godax poruchikom Gladishevim i
geodezistom Muravinim, IRGO, vip.1U, -SPb.,1850, s.519-599» deb atalgan.
Gladishev va Muravin to’plagan ma’lumotlarning ahamiyati shundaki, ularda Orol
dengizining sohillari, Xorazmning Xiva, SHohtemir, Xojayli, Xonqa va SHovot
shaharlari haqida, shuningdek, o’zbek, qozoq, qoraqolpoq va turkman aholisi
haqida ayrim ma’lumotlar keltirilgan.
Bulardan ba’zilari keltirildi:
Gladishev hamrohlari bilan Xivaga kelishi bilan uni xon qarorgohiga olib bordilar.
Unda xon bilan birga Orol biylari va xonning amirlari o’ltirishgan ekanlar. Xon
Gladishevdan so’radi: «Sen qaerdan bo’lasan?» Gladishev javob qildi: «Meni
82
imperator hazrati oliylari jo’natdilar, marhamatli maktub bilan»,- dedi va maktubni
xonga uzatdi. Xon maktubni olib, muhrini peshonasiga surdi va uni yozib
(kotibiga) uzatib, «hammaning huzurida o’qi!» deb buyurdi. Maktub o’qib
bo’lingach, huzurida o’ltirganlarga qarab dedi: «Ko’rdilaringmi, umid bog’lab
turgan oldimdagi chirog’ni ko’ryapsizlarmi? SHu nur yordamida sizlarni
(Nodirshohdan) himoya qilmoqchiman». SHundan keyin menga qarab dedi:
«Sening haqingda eshitganman. Yo’lda senga ozor yetkazibdilar. Huzurimga eson-
omon yetib kelishing uchun odam bilan maktub yubordim. CHunki, ma’lumki,
Eron podshosi Nodirshoh Xiva shahrini egallash uchun kelayotir. Men esam o’zim
ham, bu shahar ham men kabi imperator hazratlarining qo’l ostida bo’lishni
istaymiz. Men uning huzuriga bormoqchiman. Sening ham uning huzuriga
borishingga to’g’ri keladi. Imperator hazratlarining sen olib kelgan maktubini
Xivadan unga yuboramiz, toki shaxsan men bilan janjallashib yurmasin».
Gladishev xonga javob qildi: «Men sizning huzuringizga yuborilganman. SHunday
bo’lgach, sizning amr-farmoningizda bo’laman».
SHundan keyin (Abulxayrxon) Gladishev odamlaridan ikki kishini, xususan yer
o’lchovchi Muravin bilan tarjimon Usmon Arslonovni ajratib olib va imperator
oliy hazratlari jo’natgan maktubni qo’llariga berib, ularga maktub bilan to’rt
odamni – orollik bir qoraqalpoq va bir qozoqni qo’shib, Eron podshohi huzuriga
jo’natdi. SHoh o’sha vaqtda Xivadan 35 verst narida joylashgan Xonqada turgan
edi. Ular shohga «Abulxayr)xon imperator hazratlarining tabaqasidir, ushbu
shaharni ham u o’z tobeligiga qabul qildi», dedilar. Xon eshitdiki, Eron shohi
Rossiya imperiyasi bilan ittifoq tuzmoqchi emish. SHu sababdan u Xivani va unga
qarashli yerlarni talon-taroj qilmaydi», degan xabarni yetkazishlari lozim edi».
D.Gladishevning Xivada istiqomat qilib turgan rus asirlari haqida keltirgan
ma’lumotlari ham o’ta muhimdir. U yozadi: «O’sha yerda asirda bo’lgan Yoyiq
kazagi
Andrey
Borodindan
eshitdimki,
Xivada
Bekovich-CHerkasskiy
ekspeditsiyasidan asirga tushib qolgan ruslar, qalmoqlar va boshqa yerliklarning
soni 3 000 kishiga yetadi. U (Andrey Borodin) ularni yaxshi biladi. Bahorda ularni
Xiva tevaragidagi ariqlarni tozalashga haydab boradilar. Orolda shunday asirlar
83
soni 500 kishi. Taxminan shugcha asir Qozoq va Qoraqalpoq o’rdalarida yashab
turibdilar...»
SHeldeltog’da ham rus asirlari turadilar. O’sha tog’da kumush va oltin konlari bor.
Qazilgan rudalarni tekshirib qaraganlarida uning uchdan bir qismi sof oltin bo’lib
chiqdi. Buni aniqlangan odam SHerg’ozixonga borib aytdi. Xon uni tiriklayin
ko’mib tashlashni buyurdi, «toki u bu gapni boshqa birovga borib aytmasin, deb».
Xivaliklarning kasb-kori haqida ham Gladishev ayrim ma’lumotlar keltirgan:
«Ular,-deb yozgan edi u,-bo’g’doy, arpa, jo’xori, tariq, kunjut, paxta va tamaki
ekadilar. Yeri, ba’zi yerlari qumloq, ba’zilari loyqadan iborat, sug’orib ekadilar.
Uni ho’kiz bilan haydaydilar...
CHorvalari: tuya, ot, mol, arg’umoqlar va oddiy otlar, eshak, qo’y, echki.
Qushlari: o’rdak, tovuq.
Mevadan: olma, anor, uzum, tut, shaftoli, jiyda, olmurut.
Poliz ekinlaridan: qovun, tarvuz, turp, sholg’om, karam, piyoz yetishtiriladi.
Daraxtlar: sada qayrag’och, terak, tol ...o’sadi. SHuningdek, tut meva beradi, bargi
bilan pilla qurti boqiladi.
Xivada mis pul zarb qilinadi, miltiq dori tayyorlanadi...
Qamish va beda yetishtiriladi.
Daryolarida: Sirdaryo, Quvondaryoda, Ulug’ daryoda kechuvlar bor. Ikki sajenlik,
ikki yarim sajenlik qayiqlar mavjud. Ularda 5 boshgacha ot yuklab o’tish
mumkin...Sirdaryo bilan Ulug’ daryoda baliq ko’p.
Qamishzorlarda bars, bo’ri, shag’ol,tulki kabi yirtqich hayvonlar yashaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |