75
Nikolay Muravev (1794-1866) –
mahalliy harbiy mutaxassis, 1812-1814
yillari Rossiyaning Eron va Turkiyaga qarshi olib borgan urushlarida ishtirok
etgan, 1816-1828 yillari Kavkaz armiyasida xizmat qilgan. 1819-1820
yillari rus
armiyasining Kavkazdagi bosh qo’mondoni general Yermolovning topshirig’i
bilan Boku - Kaspiy dengizi - CHelekan orli - Qoraqum orqali Xivaga borgan.
N. Muravev kuzaturvchan odam edi. Mazkur safari haqida yozib qoldirgan
asarida
(«Путешествие в Туркмению и Хиву
гвардейского генерального
штаба капитана Николая Муравьёва», ч.1-11;-Москва: 1822) Xiva xonligi
haqida muhim harbiy, iqtisodiy, tarixiy va etnografik ma’lumotlar to’plagan.
Asarda Xiva xonligining hududi, yirik shaharlari, xalqi va uning mashg’uloti
va mudofaa sadohiyati (harbiy qudrati) haqida diqqatga sazovor ma’lumotlar
keltiriladi. Unda xususan quyidagilarni o’qiymiz:
«Xiva xonligi shimolda Orol dengizi va uning shimolida joylashgan cho’l
bilan
chegaradosh. CHo’lda qozoqlar istiqomat qiladilar. SHimoli-g’arbiy tarafi cho’l va
qumliklardan iborat. Bu hududda turkmanlarning Taka qavmi istiqomat qiladi.
G’arbiy tarafi 800 verstga cho’zilgan sahro bo’lib, u yerlarda Kaspiy dengizi
atrofidagi qavmlar istiqomat qiladilar».
Xiva xonligining beshta katta shahari bor. Ular Xiva,
Yangi Urganch, SHovot, Kot
va Gurlan.
«Xiva»-
poytaxt shahar. Aytishlaricha, qadimda Xivaq deb atalgan. Amudaryo o’z
o’zanini o’zgartirmasdan avval, bunyod etilgan . U katta shahar. Mashhur
imoratlari madrasa, xon saroyi va ibodat qiladigan masjid bo’lib, masjid gumbazi
feruza rangli koshin bilan qoplangan. Xonning hovlisi ko’p hakm katta bo’lmay,
unda ham bir necha kichik masjid mavjud. Uylari loydan qurilgan, ko’chalari tor.
SHaharda bir necha kichik do’konlar ham bo’lib, (bozorida)
haftada ikki marta
oldi-sotdi bo’ladi. (Xivada) 3000 ga yaqin xonadon bo’lib, xalqi 10 000 jon
atrofida. SHahar xonlikdagi boshqa shaharlar singari, ekinzorlar va katta bog’-
rog’lar bilan o’ralgan. Bog’ o’rtasida kichik-kichik qal’alar va uylar joylashgan».
Yangi Urganch
– shu kunlarda xonlikning yangi poytaxti, xon noibi Qutli Murod
inoqning turar joyi. U Xivadan kattaroq, xonlikning tamom savdo-sotig’i shu
yerga
76
to’plangan, aholisining ko’pchiligini sartlar tashkil qiladi. Do’konlari ko’p va
gavjum bo’lgan bu shaharda SHarq mamlakatlarida yetishtiriladigan har xil
qimmatli matolar, zeb-ziynat mollarini xarid qilish mumkin. Haftada bir necha kun
savdo-sotiq bo’ladi. Yangi Urganchliklar boshqa
mamdakatlarga va xonlikning
boshqa shaharlariga ham o’z mollarini olib borib, savdo-sotiq qiladilar.
Yangi
Urganch mustahkam devor bilan o’ralgan».
«
Do'stlaringiz bilan baham: