3.3-jadval
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mahsulotlari raqobatbardoshligi strategiyasini solishtirish
Strategiya
|
Ustunligi
|
Bozor sharoiti
|
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish
|
Izdan chiqarish omillari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Mahsulot tannarxini kamaytirish
|
Mahsulot haj-mini o’sishi, foydani ko’payishi,
kirishdagi
to’siqlarni or-tishi, ta’min-lashda
narxni ortishi bilan bog’liq rezervlar
|
Bozordagi katta ulush, mahsulot-ga narx bo’yicha
talabni egiluv-
chanligi, narx-navo
raqobati, mahsulot standartlashgan
|
Ishlab chiqarishni optimal hajmi, yuqori darajadagi texnologik tayyorgarlik,
mahsulot tannarxini qat’iy nazorati
|
Texnologik
yangilikni kiritilish raqobatchilar
tomonidan
ko’zbo’yamachilik, talabdagi
o’zgarishlar, yangi mahsulotlar
|
Mahsulot tabaqalashuvi
|
Mahsulot
|
Iste’molchilar tomnidan tovarning jihatli
xususiyatlari
tushunarli va
qadrlanadi, raqobat asosan narx bilan bog’liq bo’lmagan
|
Moslashuvchan
ishlab chiqarishni
mavjudligi, yuqori darajadagi
kenstruktorlik
tayyorgarligi,
salohiyatli mar-keting
xizmati
|
Tovarning obro’liligi uchun sarflanadigan
harajatlar, narxning o’sishi,
raqobatchilarning
noqonuniy hattiharakati
|
Bozorni segmentlash
|
Sotish hajmini o’sishi, foydani ortishi, aniq
segmentga har
tomonlama xizmat ko’rsatish
|
Iste’molchilar-ning aniq belgilangan guruhlari
|
Moslashuvchan
ishlab chiqarish,
kichik seriyadagi ishlab chiqarish turi
|
O’xshash tovarlar-ga narxni kamay-tirish, raqobat-chilar
segment-larning
ma’lum qismini o’z tomo-niga og’dirishi
|
Bozor ehtiyojiga
zudlik bilan ta’sir qilish
|
Foydani oshirish, mijozlar ehtiyojini hisobga oluvchi
|
Mahsulotga talab egiluvchan emas, bozorga kirish va undan chiqish
uchun to’siqlarning kamligi,
raqobatchilar sonini kamligi
|
Uzoq muddatga mo’ljallanmagan yuqori rentabelli
loyihalar bo’yicha marketing xizmati
|
Xarajatlarning yuqori ulushi, tashqi muhitning barqarorsizligi
|
Yangiliklarni joriy etish
|
Monopol baho hisobiga yuqori foyda olish
|
O’xshash mahsulotni
yo’qligi, yangi
mahsulotga talabni mavjudligi
|
Xodimlarning yuqori fan-texnika malakasi, boshqarish tarkibi
|
Moliyalashtirishning katta hajmi,
nogironlik xav-fi, raqobatchilar
tomonidan yangi mahsulot chiqar-
ganligi to’g’risi-dagi noto’g’ri ma’lumot.
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 7 iyuldagi “O’zbekiston savdo-sanoat palatasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni bugungi kunda xususiy kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida zaruriy shartsharoitlarni yaratish, biznes muhitini takomillashtirish, respublika tadbirkorlarining salohiyatli xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlash, mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga faol olib chiqilishi, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlab beruvchi ishlab chiqarish sohalarini texnik qayta qurollantirish va modernizatsiya qilinishini ta’minlash maqsadida respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni bartaraf etishda muhim omil bo’lib xizmat qildi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida raqobatni rivojlantirish tamoyillaridan yana biri - sog’lom raqobatni ta’minlashga yo’naltirilgan meyoriy-huquqiy asosning yaratilishi hisoblanadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish masalasidir. Xorijiy investiyalarni jalb etmay, ayniqsa etakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas.
Shuning uchun har bir mamlakat jumladan, O’zbekiston ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishning tashqi manbalari bilan bir qatorda, moliyalashning ichki manbalaridan ham oqilona foydalanishga harakat qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat strategik ahamiyatga ega bo’lgan hamda kam foyda keltirsada, milliy iqtisodiyotimiz uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi ob’ektlarni moliyalashtiradi. Lekin shunday bo’lsada, xususiylashtirishning kengayishi hamda xususiy sektorning rivojlanib borishi bilan davlat byudjeti mablag’lari evaziga investitsiyalash kamayib boradi. Bunday hollarda bozor iqtisodiyotiga endigina o’tib borayotgan davlatlarda, jumladan O’zbekistonda ham davlat byudjeti tomonidan tibbiyot, sog’liqni saqlash, fan va madaniyat, maorif va boshqa ijtimoiy sohalar loyihalari moliyalashtiriladi va bu maqsadga muvofiqdir. Bunga misol qilib, keyingi paytlarda mamlakatda keng miqyosda qurilib foydalanishga topshirilayotgan sog’liqni saqlash muassasalari, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Bunday maqsadlar uchun davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar hamda boshqa manbalardan mablag’lar ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |