Mafkuraviy tahdidlar va ularni bartaraf etish zarurati



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana01.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#424271
1   2   3
Ключевые слова: 
Globallashuv, mafkura, mafkuraviy tahdid, milliy madaniyat, bozor 
iqtisodiyoti, diniy ekstremizm, “ommaviy madaniyat”, beqarorlik, kompleks yondashuv, ommaviy 
axborot vositalari, migratsiya, yoshlar ongi.
 
Bugungi dunyoning shiddat bilan rivojlanishi, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, mafkuraviy sohada 
kechayotgan globallashuv jarayonlari rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi 
tafovutlarning chuqurlashib borishiga hamda o‘ziga xos tarzda tahdidlarning paydo bo‘lishiga sabab 
bo‘lmoqda. Jilovlanmagan ayg`ir kabi shiddat bilan harakatlanayotgan axborot shaxs, jamiyat, 
davlat hayotiga, xalqlarning milliy mentaliteti, madaniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayapti. Bugungi 
kunda dunyoning ayrim nuqtalarida sodir bo`layotgan notinch vaziyatlarni muayyan mafkuraviy 
markazlar tomonidan uyushtirilayotganligi kishini o`yga toldiradi. Mafkuraviy tahdidlarning 
kuchayishi har bir mamlakat, ayniqsa yosh va rivojlanayotgan davlatlar oldiga o`ziga xos milliy 
himoya tizimini ishlab chiqish, mafkuraviy xavfsizligini ta’minlashga diqqatli bo`lishdek 
vazifalarni qo`ymoqda.
Jamiyati taraqqiyoti va globallashuv jarayonlari hamda unda namoyon bo‘layotgan tahdidlar 
siyosatchi, faylasuf, tarixchi, olimlarning e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. 
Globallashuv va tahdidlar masalasi Rossiyalik olimlar Kuznetsov V.N., Mitraxin V.I., YAnovskiy 
R., KravchenkoA.I.[1]. kabi olimlarning tadqiqotlarida o‘rganilgan bo‘lsa, O‘zbekistonlik 
olimlardan S.Otamuratov, U.Saidov, A.Ochildiyev, Umarov B. va boshqalar tomonidan uning turli 
jihatlari tadqiq va tahlil etilgan. Mazkur tadqiqot ishlari tahlilidan anglashiladiki ularda 
globallashuv va millat, shaxs, madaniyat va qadriyatlar, ma’naviy, mafkuraviy tahdidlar tadqiq 
qilingan


120 
Tadqiqotni olib borishda tarixiy, mantiqiy, tizimli-tuzilmaviy, qiyosiy, ilmiy manbalarni kompleks 
tadqiq etish, induksiya va deduksiya kabi usullar qo‘llanilgan. 
Globallashuv dunyoni kichik bir maydonga aylantirgandek go`yo. Insoniyat turli ziddiyatlar, 
tahdidlar, mafkuraviy o`yinlar girdobida hayot kechirishga to`g`ri kelmoqda. Axborot 
almashuvning chegara bilmas darajada tezlashuvi siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlarga 
o‘zining ta’sirini o‘tkaza boshladi.
Qariyib 20% dunyo aholisi yoshlardan iborat. Yoshlardagi qiziqqonlik, beqarorlik, yangilikka 
o‘chlik, ijtimoiy muammolari mavjudligi ulardan turli maqsadlarda osongina foydalanish 
imkoniyatini beradi.
Bugungi tahlikali dunyoda yoshlar qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy kurashlar kuchayib 
borayotgan sharoitda turli ko‘rinishda ham tashqi, ham ichki xavf-xatarlar namoyon bo‘lmoqda. 
Ularni o‘z vaqtida anglash va oldini olish eng muhim maqsad-muddaoga aylanmoqda. O‘nglab 
bo‘lmas darajada zarar etkazishi mumkin bo‘lgan zimdan olib borilayotgan bunday ofatga qo‘l 
qovushtirib qarab turib bo‘lmaydi, unga qarshi barcha imkoniyatlarni sarflab faol kurashishni davr 
taqazo etmoqda.
Odamzot hayotiga internetni kirib kelishi bilan yumushlari yengillab, uzog`i yaqin bo`ldi. Lekin, 
tangani ikkinchi tomoni bo`lganidek, chegara bilmas, keng auditoriyaga egaligi g`arazli maqsadni 
amalga oshirish niyatidagi g`alamislarni e’tiborini tortmay qolmadi.Ular internetdan vayronkor 
g`oyalarini tarqatishda foydalanishayotkanligi uni judayam xatarli tahdid ekanligidan dalolat 
beradi. 
Bugungi kunda biron bir mamlakatga harbiy texnika va qo‘shin kiritib uni tobe, qaram qilish shart 
emas, balki, o‘sha xalqning ongiga ta’sir etuvchi axborotlarni kiritish, tarqatish orqali maqsadga 
erishish mumkin.
Bugungi kunda televizor, radio, kompyuter, telefon kabilar orqali mafkuraviy tahdidlar biz va 
farzandlarimiz hayotiga kirib kelmoqda.
Ayrim davlatlar axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib borayapti. Buning uchun milionlab 
dollar mablag‘ sarflayotgani hammaga ayon. Eng yomoni, yoshlarning 90 foizi asosiy axborot 
manbai sifatida internetga murojaat qilishadi. Ayni paytda o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini 
targ‘ib qiluvchi 9 mingdan ortiq saytlar mavjud, 49 foiz kompyuter o‘yinlari zo‘ravonlik va 
yovuzlikni targ‘ib qilayotir. 41 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn orqali tarqatiladigan pornografiya 
ta’siriga butunlay qaram bo‘lib qolgan. Xalqaro ekspertlar dunyo miqyosida 38 foiz bola 
zo‘ravonlik ruhidagi saytlarni, 26 foiz bola millatchilik xarakteridagi veb-sahifalarni muntazab 
kuzatib borishini aniqlashgan. 
Globallashuv ilm-fan, texnologiyasi rivojlangan, iqtisodiy jihatdan barqaror bo`lgan mamlakatlar 
foydasiga xizmat qilmoqda. Endi rivojlanayotgan davlatlarga esa moddiy qiyinchiliklar bilan birga,
rivojlangan davlatlarga qaramligini kuchayishiga sabab bo`lmoqda. Moddiy ko`mak, investitsiya, 
yangi texnologiyalarni kiritish zamirida ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar ham suqulib kirib 
kelmoqda. Jimjimador g`oyalar yoshlarimizni o`ziga jalb qilib ularni ongini boshqarishga harakat 
qilyapti. 
Uch ming yillik milliy madaniy tarixiga ega vatanimiz qadimdan milliy qadriyatlar shakllangan 
maskan hisoblanadi. Tobora shiddatli tus olayotgan globallashuv sharoitida ommaviylikdan 
saqlanib, milliy o`zligimizni saqlab qolishga jon-jahdimiz bilan intilishimiz zarur. 
Bugun internetning hayotimizga kirib kelib, axborotlarni soniyalarda dunyoning istalgan nuqtasiga 
tarqatayotgani, foydali ma’lumotlardan tashqari axloqiy buzuqlikka, shafqatsizlik, behayolik, 
zo`ravonlik kabi illatlarni tarqig`ib etayotganligini ham aytish joiz. 


121 
SSR parchalangach Markaziy Osiyo mamlakatlariga o`zidan janjalli “meros” – ya’ni milliy 
chegaralanish bahonasida uzoqqa m`o`ljallangan siyosati natijasi janjallarga sabab bo`lishi mumkin 
bo`lgan muammoni qoldirdi. Bunday vaziyatdan foydalanishga urunishlar, qo`shni davlatlar 
o`rtasida urush chiqarishga harakat qiluvchi kuchlar payt poylab turibdi. Haligacha chegaralar 
muammosi to`liq hal qilinmaganligi, to`liq yechimini topmaganligi havotirga sabab bo`ladi. Qulay 
fursat tug`ildi deguncha arzimagan bahonani haspo`shlab, urush o`chog`ini yaratishga urinishlar 
bo`lishi mumkin.
Chegaralanishning yana bir oqibati suv zaxiralariga egalik qilish masalasida ham namoyon bo‘ladi. 
Mustamlakachilarning ayyorona “ bo‘lib tashla va hukmronlik qil” siyosati Markaziy Osiyo 
davlatlari o‘rtasida nizoni boshlash va chuqurlashtirish uchun dastak bo‘lib xizmat qilishi hech gap 
emas. 
Insoniyatning aqli, ongi, intelektal salohiyati inson farovonligi va baxt-saodati, tinchligi ortishiga 
xizmat qilish o‘rniga, o‘zini o‘zi halokatiga sabab bo‘ladigan texnika, texnologiya va qurollarni 
ishlab chiqarishga sarflanayotgani g‘oyat achinarlidir. Yirik davlatlar o‘rtasida tabiiy resurslar 
uchun zimdan kurash kechayotganini, milliardlab dollar mablag‘ qurollanishga sarflanayotgani 
insoniyat kelajagini xatarga qo‘ymoqda. “...globalashuvdan asosiy manfaatni ko‘rayotganlar, 
ko‘rishga harakat qilayotganlar ham unga mahliyo bo‘lib, oxir-oqibatda, bu jarayon o‘zlarini ham 
nimalarga olib kelishini xayolga ham keltirmayotganliklaridir. Chunki globallashuv butun 
insonlarning ongi, dunyoqarashi va miyasidan butun tanasigacha etib keldi hamda uni dunyoda 
faqat taraqqiyot omili deb qarash ustuvor darajaga ko‘tarilib, uning salbiy ta’sirlari haqida bosh 
qotirishni xohlamayotganlar salmog‘i oshib bormoqda. Haqiqatdan ham fan, texnika va 
texnologiyaning tayyor yutuqlaridan foydalanib, moddiy hayotini yaxshilashni barcha xohlaydi. Har 
bir mamlakat ularni o‘z kuchi bilan rivojlantirish imkoniyatiga ega emas. Bu vazifani globallashuv 
amalga oshiradi” [2;5]. 
Bugungi murakkab sharoitda mamlakatimizning taraqqiyoti, barqaror rivojlanishi mafkuraviy 
xavfsizlikni ta’minlashga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. 
Bu birinchidan, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida qulay geostrategik o‘rinda joylashganligi, 
boy xom ashyo resurslariga egaligi; 
Ikkinchidan, mintaqada keskin etnik majorolar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlar mavjudligi 
va agressiv millatchilik xavfi saqlanib qolayotganligi; 
uchinchidan, diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalarini mamlakatimizga olib kirishga 
urinayotgan kuchlarning faol harakat qilayotgani; 
to‘rtinchidan, axborot oqimining globallashganligi, OAVda “ommaviy madaniyat ko‘rinishidagi 
beozorgina ko‘ringan pinhoniy tahdidlarning mavjudligida namoyon bo‘lmoqda. 
Hozirgi davrning muhim xususiyatlaridan biri – kishilarning ongi va qalbini egalllash uchun 
kurashning kuchayganligi to‘g‘risidagi fikrni keltirib chiqaradi. Bu borada endilikda ochiqdan – 
ochiq ko‘rish va sezish qiyin bo‘lgan ko‘proq g‘oyaviy – mafkuraviy vosita, qurol va maxsus 
texnologiyalar qo‘llanmoqda. Aynan shuning uchun ham mafkuraviy tahdid bu salbiy fenomen 
bo‘lib, u qanday ko‘rinishda bo‘lmasin baribir jamiyatdagi normal turmush tarziga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi.
Shu ma’noda O‘zbekiston ham bu jarayondan, muammolardan chetda emas. Bu esa globallashuv 
sharoitida har bir fuqarodan o‘ta mas’uliyatli, aqllilik va onglilikni talab qiladi. Globallashuv 
jarayonida mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda texnologik yondashilganda o‘zining ijobiy 
samarasini beradi. Bunda asosiy e’tiborni quyidagi jihatlarga qaratish maqsadga muvofiq: 


122 
Birinchidan, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyilidan kelib 
chiqqan holda yoshlarni milliy qadriyatlar va an’analar ruhida tarbiyalashga e’tibor qaratish kerak. 
Buning uchun oilada milliy ruhni saqlash va kuchaytirish, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini 
shakllantirish, bolada yoshlikdan shu millat vakili ekanligidan faxrlanish, g‘ururlanish hissini 
uyg‘otish lozim; 
Ikkinchidan, “ommaviy madaniyat”ning tahdididan himoyalanish uchun yoshlarning internet bilan 
muloqotini nazoratga olish, internetdan faqat maqsadli foydalanishga o‘rgatish, ularning 
dunyoqarashi va ongining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har qanday holatga murosasiz 
munosabatda bo‘lish; 
Uchinchidan, ta’limning sifatini oshirishga, o‘quvchi va talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va 
samarali tashkil etishga alohida ahamiyat qaratish, oila, maktab, mahalla hamkorligini keng yo‘lga 
qo‘yish. Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirlaridan himoyalash, ularda mehnatga ijobiy 
munosabatni shakllantirish ko‘nikmasini uyg‘otish; 
To‘rtinchidan, milliy telekanallarda tomashabop, qiziqarli, kishilarni o‘ziga jalb qila oladigan g‘arb 
OAV orqali taqdim etilayotgan telemahsulotlar bilan raqobatlasha oladigan ko‘rsatuv, film va 
h.k.larni namoyish qilish; 
Beshinchidan, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini uzluksiz oshirib borish, shu bilan 
birga aholini ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish, tahlil etish va bartaraf etish mexanizmini 
takomillashtirib borish, chunki yot ta’sirlarga tez berilayotgan, osongini o‘ljaga aylanayotgan 
yoshlar bu ijtimoiy-iqtisodiy muammosi borlar ekanligi hech kimga sir emas. 
Oltinchidan, yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, buning uchun ularning bilimli, 
kuchli va etuk shaxs bo‘lib shakllanishiga etarli shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish, ularni 
birovning qo‘liga osongina o‘lja bo‘lib tushushiga yo‘l qo‘ymaslik, buning omillarini o‘rganish, 
tahlil qilish va mexanizmlarini ishlab chiqish lozim; 
Yettinchidan, aholini mafkuraviy tahdidlardan himoyalashning eng ta’sirli omili bu ishsizlikni 
bartaraf etish, ularni doimiy muqim ish o‘rinlari bilan ta’minlash, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi migratsiyasini shu yo‘l bilan tartibga solish maqsadga muvofiq. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish