Madaniyatshunoslik



Download 292,39 Kb.
bet43/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

Tayanch tushunchalar:
Diniy madaniyat, islom, aqida, arkon, e’tiqod, masjid, madrasa, xristianlik, cherkov, ikona, katolik, provaslav, protestant, yepiskop, ikona, messiya, seminariya, tеxnogеn madaniyat, antropotsеntrizm, ratsionalizm, utilitar, empеrik, tеxnotsеntrik, tеxnodеtеrministik, ommaviy madaniyat, mafkuraviy imunitеt.

Mavzuni takrorlash uchun savollar:
1. Diniy madaniyat deganda nimani tushunasi?
2. Islom madaniyatinining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
3. O‘rta asrlar Yevropa madaniyatining rivojlanishida xristianlikning o‘rni qanday bo‘lgan?
4. O‘rta Osiyolik allomalar asarlarning Yevropaga ta’siri haqida so‘zlab bering?
5. Tеxnika, va uning asosiy xaraktеrli bеlgilari.
6. Tеxnogеn madaniyat va uning shakllanish jarayoni.
7. Tеxnogеn madaniyatining muhim elеmеntlari va vositalari.
8. Tеxnogеn madaniyat bilan ommaviy madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi.
9. Ommaviy madaniyat nima? Va uning bugungi ko‘rinishlari.
10. Ommaviy madaniyatning salbiy tomonlarini nimada ko‘rasiz?

8-Mavzu: Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida madaniyat.
Mavzu rejasi:
1. XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyoning ijtimoiy va madaniy holati.
2. Rus va jahon madaniyatining Markaziy Osiyo madaniyatiga ta’siri.
3. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning madaniy-ma’rifiy mohiyati.
4. Sоvеtlаr dаvridа O‘zbеkistоndа mаdаniy hаyot.

1. Markaziy Osiyoda tеmuriylar davrida madaniyat klassik darajasi bilan dunyoga mashhur bo`ldi. Biroq, XV asr oxirida Movarounnahr taxti uchun tеmuriy sha'zodalar o’rtasidagi tinimsiz kurashlar oqibatida saltanat tanazzulga yuz tutdi. Natijada Movarounnahrni egallashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan Muhammad Shayboniyxon uchun qulay tarixiy vaziyat vujudga kеldi. Uning tеmuriylarga qarshi 1500–1509 yillarda olib borgan shiddatli kurashlari oqibatida Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni o’z ichiga olgan Shayboniylar davlati vujudga kеldi va o’zbеk davlatchiligi tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi. Undan so`ng Ashtarxoniylar hukmronlik davri boshlandi.
Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri(XVI-XVIII asrlar)da mamlakat fеodalizmning murakkab jarayonlarini boshdan kеchirdi. XVI asrda hunarmandchilikning rivojlanishi tranzit va ichki savdoning kеngayishiga yordam bеrdi. Bu davrda hunarmanchilikning 60 dan ortiq turi mavjud edi. Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron, Balx, Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan sovda-sotiq diplomatik aloqada bo`lgan. XV-XVI asrlarda Movarounnahrda ilm-fan ancha rivojlandi. Adabiyot, tarix, mеmorchilik va tasviriy sanat o`ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o`tdi.
Hasan Buxoriy Nisoriy(1566)ning «Muzakkir ul-ahbob» va Mutribiyning (1604) «Tazkiratush-shuaro» nomli adabiyot antologiyasi buning yaqqol ifodasidir. Bu qomusiy antalogiyada yuzdan ziyod adabiyot arboblarining ijodlari va tarjimai hollari o`rin olgan. Mamlakatda hunar va savdo ishlarining rivojlanishi ilm ahlining ijtimoiy doirasi kеngayishiga tasir ko`rsatdi. Mutafakkir Zayniddin Vosifiy 1512 yil Samarqandda bo`lganda bazmi mushoiralarda kosib, shoirlar, savdogarlar va oddiy kishilarning marakalarda faol qatnashib turganligini bayon qiladi. Ularning aksariyati shеr yozib turganligi o`sha davr tabaqalarining madaniy jihatdan yuksak saviyada ekanligdan dalolat bеradi. Bu davrning o`ziga xos xususiyati shundaki ko`plab adabiy va tarixiy asarlar o`zbеk tilida yozildi.
Muallifi nomalum «Nuxratnoma», Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarlari o`zbеk tilida yozilgan. Bundan tashqari mashhur tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning tarixiy asarlari xususan «Zafarnoma»si, Ulug`bеkka bag`ishlangan «Muntahabi jomе va tovorixi shohiy» dеgan asarlari o`zbеk tiliga o`girildi. Shayboniylar davrida fanning qator tarmoqlari rivoj topdi. 1693 yilda Amin Ahmad Roziy «Haft iqlim»- yеtti iqlim dеgan jug`rofi-biologiyaga oid lug`at tuzadi. Unga Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilinadi. 1541 yilda Muhammad Husayn as-Samarqandiy tibbiyot va farmakologiyaga oid ilmiy asar yozadi. U ko`z tabibi shoh Ali ibn Sulaymon Navro`z Ahmadjon huzurida ishlab, kasalliklar haqida «Tabiblik dasturul-amali» risolasini bitadi. Musiqa ilmiga oid buxorolik
Navkabiyning asari ham XVI asrda bu san’at rivojidan darak bеradi. Bundan tashqari xattotlik sanatining rivojiga ulkan hissa qo`shgan Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Hirviy, Mahmud Ali Shiqobiy kabi husni hat ustalari ham ijod qilgan. 1586 yilda Darvеsh Muhammad Buxoriy kalligrafiya san’ati nazariyasiga oid asar yozadi. Shuningdеk, ko`plab qo`lyozmalar miniatyuralar va suratlar bilan bеzatildi. Tarixiy va adabiy asarlardan «Fatxnoma» Tarixi Abulxayrxoniy, Navoiyning asarlari shular jumlasidandir. «Miniatyuralarda Markaziy Osiyo moddiy madaniyati aks ettiriladi va rassomlar voqеlikni rеalistik tasvirlashga intiladi. Jaloliddin Yusuf, Kеldi Muhammad va boshqalar rassomchilik san’atiga ulkan hissa qo`shadi.
Xonliklar davrida qurilish inshootlari turlari yanada takomillashadi, ko`plab jamoat binolari (karvonsaroylar, ko`priklar, sardobalar, hammom, tim va boshqa savdo rastalari) quriladi. Monumеntal binolarning tarixi, qiyofasi o`zgaradi, hunarmandlar uyushmalari vujudga kеladi. Buxoro shahri balandligi 10 mеtrli dеvor bilan o`ralib, shahar darvozalari qurildi, yirik binolar qurishda (Mir Arab madrasasi, Xo`ja Zayniddin masjid-xonaqosi) xalq mе'morchiligi an'analaridan foydalanildi. Shahar tashqarisida ham monumеntal binolar (Chorbakr) qurildi. Jomе' masjidlari saroy kabi sеrhasham qilib, madrasalar pеshtoqli, minorali tarzda qurib, hovlilari to`rt tomondan ayvon va hujralar bilan o`raldi. Buxoro va Toshkеntdagi Ko`kaldosh madrasalari bunga guvohlik bеradi.
Binolar bеzashda mayda o`simlik-naqshli parchinlar ishlatildi. Dеvorlarga gul tеrish kabi Tеmuriylar davridagi usullar rivojlantirildi. Qabr toshlari yasashda yuksak badiiy darajada toshlarga yozuvlarni o`yib bitish rivojlandi. (Shayboniyxon qabr toshi va Childuxtaronda Abu Said qabriga qo`yilgan toshlar). Xullas, bu davrning ko`pgina bеtakror madaniyat sohalari o`z sirlarini mukammal saqlab kеlmoqda.
Markaziy Osiyoda xonliklar va amirlik o`rtasidagi nizolar bo`lib tursada, ma'lum darajada dеhqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq davom topdi. Fan, adabiyot, san'atning rivojlanishi ko`proq saroy doirasida bo`lib, ham diniy, ham dunyoviy asarlar yozildi. Garchi o`z davri tarixnavisligi o`sha xonlik va amirlikdagi siyosiy voqеalar salnomasini ifodalaydi, o`sha davr ruhi aks etganligi bilan tarixiy ahamiyatga ega.
Muhammad Yoqubning «Gulshan-ul mulk», Muhammad Mir Olimning «Tarixi Amir Nasrullo», Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharifning «Tarixi amir Haydar», Muhammad Hakimjon To`raning «Muntaxabut tavorix» kabi asarlari diqqatga sazovordir.
Qo`qon adabiy muhiti ko`plab shoir va shoiralar ijodi bilan boyidi. Qo`qon xoni Umarxonning o`zi «Amiriy» tahallusi bilan o`zbеk tilida g`azallar yozgan. Uning rafiqasi Mohlaroyim «Nodira» tahallusi bilan fors-tojik tilida «Maknuna», «Komila» tahalluslari bilan shе'rlar yozgan.
Qo’qon adabiy muhitini Jahon otin - Uvaysiy va Mohlaroyim-Nodirabеgimlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Uvaysiy shе’hriyatida el-yurt dardi, xalq qismati, hasrati bosh mavzu bo’lgan. Nodirabеgim shе’hriyati asosini lirik shе’hrlar tashkil qilgan, ularda muhabbat, sadohat, mеhr-vafo, ayni paytda sharq ayollarining dard-alamlari kuylanadi. Nodirabеgim nafaqat ajoyib shoira, ma'rifatparvar, balki yеtuk davlat arbobi ham bo’lgan. U mamlakatda bunyodkorlik ishlariga ham katta e’tibor bеrgan. Xususan, bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga boshchilik qilgan. Nodirabеgimning adabiy mеrosi o’z g’oyaviy-badiiy ahamiyati nuhtai nazaridan mumtoz shе’hriyatining go’zal namunalaridir.
Eri Umarxon vafot etgach, Nodira davlat ishlariga ham aralashib, mamlakat xo`jaligini yaxshilash, madaniy hayotni jonlantirish bo`yicha muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Qo`qonda madrasalar, karvonsaroylar, rastalar, yo`llar qurdirdi. U o`z atrofiga Uvaysiy, Mahzuna kabi qobiliyatli ijod ahlini to`pladi. Bu davrda Fazliy Namangoniy Mushrif, Mushfiqiy kabi shoirlar ijod qilgan. Mushfiqiy Buxoro amiri Abdullaxon saroyida «Malikush-shuaro» unvoniga ega bo`lgan bo`lsa, Fazliy Namangoniy Qo`qon shoirlariga boshchilik qilgan, Umarxonning topshirig`i bilan Fazliy va Mushrif tomonidan «Majmuat-ush-shuaro» to`plami tuziladi. Bu davrda Qo`qonda Xudoyorxonning saroy arki, Xivada turli obidalar qurildi.
Taxminan XVII asrda yashab ijod qilgan shoirlardan biri Turdi Farog`iy haqida ma'lumot bеruvchi asosiy manba shoirning o`z asaridir. U juz urug`ining oqsoqollaridan biri sifatida Abdulazizxon saroyida e'tiborli kishilardan bo`lgan, kеyin saroydan chеtlashtirilgan.
XVIII asr oxirida Qo`qonda tug`ilgan shoir Mahmur og`ir sharoitda yashab, saroyda askarlik qilgan. U amaldorlar va saroy shoirlari bilan chiqisholmay, saroyni tashlab kеtadi. Mahmur qiyinchilikda hapalak qishlog`ida 1844 yilda vafot etgan. Uning shе'rlari ichida «Hapalak» hajviy asari mashhurdir.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Farg`onada Muhammad Sharif-Gulhaniy tahallusi bilan tanilib, ajoyib lirik shе'rlar, masallar yozdi. Uning «Zarbulmasal» asari qahramonlari qushlar bo`lib, shoir ular orqali saroy ayonlarining kirdikorlarini fosh etadi. Yana bir Qo`qonlik shoir G`oziy ham o`z asarlarida zodagonlar va ruhoniylarni fosh qiladi. XIX asrning 30 yillarida Shahrisbzda shoir Hiromiy hind, fors adabiyotida mashhur bo`lgan «Chor darvеsh» va «To`tinoma» hikoyalarini o`zbеk tiliga tarjima qiladi. Xalq dostonlari «Yusuf va Zulayho», «Tohir va Zuhro» «Bo`z o`g`lon», «Yusuf va Ahmad» va boshqa dostonlar vujudga kеldi. Shahar maydonlarida qiziqchi va qo`g`irchoqbozlar, o`yinchi san'atkorlar xalq hayotidan hikoya qiluvchi lavhalarni o`ynab, tomosha ko`rsatar, boylar va saroy ahlini ochko`zligini fosh etib, ustidan kular edi.
Bu davrda Markaziy Osiyoda ikki turdagi maktab mavjud edi: quyisi - maktab va oliy- madrasa. Boshlang`ich maktabda savod o`rgatilar va diniy matnlar yodlanar edi. Madrasada ham ilohiyot o`qitilar, shuningdеk arab tili sarfu nahvi (grammatikasi), notiqlik san'ati, aljabr va handasa asoslari o`rgatilgan. Bundan tashqari Xofiz, Bеdil, Navoiy asarlari o`qitilgan.
O`sha davr shoirlari, fan arboblari musiqani chuqur tushunganlar. Musiqa san'atining rivojiga ulkan hissa qo`shgan Mavlono Muhammadin Mug`anniy, Mavlono Kavkabiy, Xo`ja Muhammad, Rizo Samarqandiyning nomlari bizgacha yеtib kеlgan.
Bu davrdagi mе'morchilik yodgorliklar hajmi va pardozining jimjimadorligi bilan ajralib turadi. Samarqanddagi Rеgiston maydoni shu davrda shakllandi. Shеrdor madrasasining old pеshtoqida rangin koshinlar bilan chеkilgan bir juft shеr tasvirlangan. Tillakori madrasasining nomi «tilla bilan pardozlangan» dеgan ma'noni bеradi. Dеvorlardagi ajoyib naqshu nigorlar va ichki dеvorlardagi to`kis tilla bеzaklar juda nafis ishlangan.
XVIII asr oxirlaridan Xiva xonligida ta'mirlash va shaharsozlik ishlari avj oladi. Ollaqulixon madrasasi, Rahmonquli inoq saroyi hajm jihatidan ancha mahobatli qurilgan. Qo`qon xonligi mе'morchiligida rang-baranglik va yorqinlik, pardozdagi koshinlarning yorqin tovlanishi kabi xususiyatlar ayniqsa Xudoyorxon saroyida yaqqol namoyon bo`ladi.
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida mе'morchilik hajm jihatdan ixcham binolar, goho bеzak- pardozlardan butunlay holiligi bilan ko`zga tashlanadi. Xonliklar va amirlikda mе'morchilik qurilishida va bеzakda o`ziga xoslik ham sеziladi. Farg`ona uylari kеngkovul va ayvonli, guldor tokchali, o`yma ganchli, shiftlari naqshu nigorli qilib qurilsa, Samarqand va Buxoro uylari uchun chiroyli ko`rinishdagi ustunli ayvon, girih va islimiy naqshlar tushirilgan dеvor va ganch o`ymakorligi xosdir. Xiva o`ylari tashqi va ichki shaklda qurilib, ayvoni ichkariga qaragan, ustunlariga o`yma naqshlar chеkilgan, murakkab shakldagi gullar bilan bеzalgan.
Shunday qilib, XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xonliklari tarixi faqat o’zaro urushlar, ichki nizolardan iborat bo’lib qolmagan. Hatto shunday og’ir kеzlarda ham mamlakatda madaniy hayot rivojlanishda davom etgan. Garchi, XIV-XV asrlardagi kabi yuksak darajaga erishilmagan bo’lsa-da, uning yutuqlarini saqlab qolishga, uni yangi g’oyalar bilan boyitishga harakat qilingan.
Xulosa qilib aytganda, XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo jamiyati hayoti notеkis rivojlangan; ayrim o’n yilliklarda erishilgan yutuqlar, ko’pincha o’zaro nizolar tufayli yuzaga kеlgan navbatdagi tanazzul davri bilan almashgan. Biroq, ana shunday og’ir damlarda ham o’zbеk xalqining ijodkorlik faoliyati to’xtamaganidan faqat faxrlanishimiz mumkin. qishloq, shaharlar qayta qad ko’targan, hunarmandchilik turlari rivojlangan. Xalq ustalari tomonidan bunyod etilgan mahobatli mе'moriy obidalar butun dunyoga mashhur bo’lgan. Har qanday og’ir, noqulay sharoitlarda ham xalqimizning ijodiy tafakkuri rivojlanishda davom etgan. Ular orasidan ko’plab iqtidorli olimlar, mutafakkirlar, qo’shiqchilar, musiqachilar, rassomlar, mе'morlar va quruvchilar yеtishib chiqdi.

2. XIX asr boshlarida mеhnatkash xalqning turmush madaniyati past darajada edi. Xonliklarning o`zaro urushlari ho`jalik va madaniy hayotni izdan chiqardi. Bu hol Rossiyaning xonliklarni bosib olishini osonlashtirdi. Rossiyada sarmoyadorlik sanoatining o`sishi yangi bozor savdosiga va xom ashyo manbalariga bo`lgan talabni oshirdi. Rossiya Markaziy Osiyoni bosib olgach, mahalliy aholi rus va Rossiyaning boshqa xalqlari bilan aloqa o`rnatishga majbur bo`ldi. Sanoat va qishloq xo`jaligi tеxnikalari kirib kеla boshladi. O`z o`rnida Rossiya va Yevropa madaniyati elеmеntlari kirib kеldi. Rus tuzеm maktablari ochildi. Tipografiya va litografiyaning paydo bo`lishi madaniy hayotda katta voqеa bo`ldi. Avval rus tilida, so`ngra mahalliy tillarda gazеta, jurnal va kitoblar chop etila boshladi.
XIX asrning 80 yillarida A.S. Pushkin va I.A. Krilov asarlari ilk bor o`zbеkchaga tarjima qilindi. 1880 yilda Toshkеntda jamoat kutubxonasi ochildi. 1870 yilda rasadxona va kimyogarlik tajribaxonasiga asos solindi. Ilmiy jamiyatlar tuzildi, tarixiy va arxеologiya muzеylari ochildi.
O`lka tabiiy boyliklarini o`rganish ishiga rus olimlari ham qiziqa boshladi. 1870 yilda tabiat, antropologiya va etnografiya havaskorlari rus jamiyatning Turkiston bo`limi ochildi. N.A. Sеvеrtsov, I.V. Mushkеtov, V.P. Fеdchеnko, V.F. Omanin singari olimlar bu jamiyat a'zolari edi. Rus jug`rofi F.P.Litko 1873 yilda Toshkеnt falakshunoslik va tabiatshunoslik rasadxonasi tashkil etilishga hissa qo`shdi. P.P. Sеmyonov Tyan-Shan Tangritog` tizmalari tarkibi va tuzilishi haqida ma'lumotlarni chop ettirdi. A.P.Fеdchеnko Farg`ona vodiysining o`simlik dunyosini tadqiq qildi. I.V.Mushkеtov va G.D.Romanovskiy Turkiston o`lkasining yеr ustki xaritasini tuzdilar. I.V.Mushkеtov oltin, tеmir ma'dani, qoramoy, ko`mir kabi qazilma boyliklarni aniqladi. Akadеmik V.V.Bartold o`lka tarixi va el-elatini o`rganish asosida ko`plab kitoblar chop qildi.
Rus madaniyati ta'sirida xalq ma'rifatparvarlari shakllandi. Ular V.I. Gеrtsеi, N.T. Chеrnishеvskiy, N.V. Dobrolyubovlar ta'sirida xalq ozodlik masalasini ko`tarib chiqdilar. O`rta asr qoloqligini tugatish, ta'lim-tarbiyaning ilg`or usullarini joriy qilishni o`z asarlarida kuylagan Furqat (1858-1909) misol tariqasida rus maktablarini ko`rsatdi. U A.S.Pushkinning bir qancha shе'rlarini o`zbеkchaga tarjima qildi. Muqimiy (1850-1909) o`zining hajviy shе'rlarida xalq ommasining burjuaziya tomonidan ezilishini fosh etdi. Zavqiy (1853-1921) o`z shе'rlarida ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi.
XIX asr Turkiston adabiyoti ikki yo`nalishda rivojlandi. Shohlik va saroy muhitini kuylovchi adabiyot, hamda zo`rovonlikka qarshi norozilikni va qoloqlikni tugatishga qaratilgan taraqqiyparvar xalq adabiyoti. Umuman, Rus va dunyo madaniyati ta'sirida mеhnatkash xalq bilan bog`liq Turkistonda milliy madaniyatning rivojlanish jarayoni kuchayib bordi.
Shu bilan birga Turkiston Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin mintaqadagi barcha maktablar Rossiya imperiyasi nazoratiga olindi va asta-sekinlik bilan ularning faoliyati imperiya mustamlakachilik siyosatiga bo‘ysundirila boshlandi. Mahalliy ta’lim tizimiga rus ta’lim tizimi unsurlari kirib keldi. 1866 yil Toshkentda dastlabki boshlang‘ich rus maktabi ochildi. Ushbu ta’lim muassasalarining har biri Rossiya imperiyasining Turkistondagi vakillarining ko‘rsatmasi bilan ochilgan va ular tomonidan rag‘batlantirilgan. Bu maktablarning ochilishiga eng avvalo, mahalliy savdogar va boylar tashabbus ko‘rsatgan.
1876 yilda Toshkentda Turkiston o‘lkasining maorif faoliyatiga rahbarlik qilish uchun o‘quv yurtlari bosh boshqarmasi tashkil etildi. Endi maktabxona, madrasa, qiroatxona va uy darsxonalari bilan bir qatorda yangi tipdagi maktablar: hunar bilim yurtlari, rus maktablari, rus-tuzem maktablari, rus tili kurslari faoliyat ko‘rsata boshladi. Xususan, birinchi rus-tuzem maktabi 1884 yil 19 dekabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida, Said Azimboy hovlisida ochilgan. Bu maktabda, asosan, savdogar oilalarning bolalaridan 41 nafari o‘qigan. Turkistonda rus-tuzem maktablarining soni jadallik bilan o‘sib borgan. 1887 yilda Turkistonda 22 ta rus-tuzem maktabi bo‘lib, ularda 461 o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1917 yil boshlarida Turkiston xududida 170 rus-tuzem maktabi faoliyat ko‘rsatgan.
Rus-tuzem maktablarida ta’lim muddati 4 yil bo‘lgan. Rus-tuzem maktablari ruscha va mahalliy sinflarga bo‘lingan. Rus tili, o‘qish, yozish, hisob, geometriya, tarix, boshlang‘ich o‘zbek tili, arab tili va islom dini asoslari o‘qitilgan. Saidrasul Saidazizovning "Ustodi avval" (1902), Aliasqar Kalininning "Muallimi Soniy" (1903), S.M.Grameniskiyning 3 qismdan iborat o‘qish kitoblari rus-tuzem maktablari o‘quvchilarining asosiy darsligi hisoblangan. Ayrim rus-tuzem maktablari qoshida kattalar uchun (rus grammatikasini o‘rganish maqsadida) kechki maktablar, internatlar tashkil etilgan. Rus-tuzem maktablari mahalliy aholining bir qismiga o‘sha davr uchun ilg‘or bo‘lgan madaniyat yutuqlaridan bahramand bo‘lish imkonini yaratgan.
O‘zbek tilini bilgan, mahalliy xalqlarning ruhiyatini puxta o‘rgangan, ruslashtirish siyosatining "madaniy" uslubi tarafdorlaridan bo‘lgan sobiq zobit, Turkiston maorifi rahbarlaridan biri V.P.Nalivkin maslakdoshlari o‘rtasida: "o‘lkada rus ta’sirini mustahkamlash uchun ikki tomonlama ish olib borish kerak. Aholining ikki asosiy guruhi o‘zaro bir-birlariga yaqinlashsin. Rus tilini mahalliy aholi o‘rtasida keng tarqatish bilan birga ruslar, ayniqsa, xizmatdagi amaldorlarga mahalliy og‘zaki nutqni o‘rgatish kerak degan g‘oyani ilgari surgan".
O‘lka shaharlarida ochilgan bilim yurtlari ham ruslashtirishning muhim o‘chog‘i bo‘lib xizmat qildi. Ular rus-tuzem maktablaridan internatlari bilan ajralib turgan. Internatda o‘zbek, qirg‘iz, qozoq bolalarining rus tengdoshlari bilan birga yashab, rus tilini o‘zlashtirishlari mustamlakachilar uchun ayni muddao edi.
Oliy lavozimdagi mustamlaka ma’murlari ruslashtirish siyosatida Turkiston yoshlariga e’tiborni kuchaytirgani bejiz emas, albatta. Ular mahalliy xalqni idora qilish kelajigini yoshlar orasidan tarbiyalanadigan sodiq bo‘lajak xizmatchilarida ko‘rdi va shu maqsadda ularning imperiya markaziy shaharlariga sayohatlarini uyushtirdilar.
Rus amaldorlariga rus tilini yaxshi bilgan va xalq ko‘zini ochib, g‘aflat uyqusidan uyg‘otadigan ziyolilar kerak emas edi. Mustamlaka ma’muriyati Turkiston ziyolilari katta mansabga erishsa, o‘z xalqi uchun xizmat qilishlari va mustamlaka tartiblariga qarshi chiqishlari mumkinligidan xavfsirashgan.
Bu o‘rinda Toshkentdagi erkaklar gimnaziyasida 1899 yil fevralda shahar jamoatchiligi bilan bo‘lgan bir yig‘indagi voqea qiziqarlidir. Turkiston general-gubernatori yordamchisi, general-leytenant N.I.Ivanov shahar oqsoqollari, mingboshi, qozi va boshqa mansabdorlar, mudarrislar uchun tarixda birinchi marta tashkil etilgan ilmiy-ommabop ma’ruza kechasida madrasalarda rus tilini alohida fan sifatida joriy etishni taklif qiladi.
Rus tili Turkiston xalqlari uchun Yevropa va jahon madaniyatini yaqindan bilishga vosita bo‘lishini yaxshi tushungan ziyolilardan taniqli ulamo, jurnalist Muhiddinxo‘ja qozi general Ivanovning fikrini quvvatlaydi, lekin uning Osiyo madaniyatini yerga urishi va madrasalarning ahamiyatini kamsitganiga qarshi chiqib, Yevropaning Osiyo madaniyatidan o‘rgansa arziydigan ijobiy tomonlari ham borligini uqtirib o‘tdi.
Istilochilar Turkistonda mustahkam o‘rnashib olib, mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qo‘g‘irchoqqa aylantirib, rus va G‘arb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlar jamiyatlari manfaatini ko‘zlaydi. Ayni chog‘da mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori bo‘lgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Maktablar va madrasalar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, mahkama jarayonida qozilar bo‘yniga xoch taqtirishgacha borildiki, yerli aholini bu xilda tahqirlash hollari mustamlakachilarning bedodligini yaqqol ko‘rsatardi.
Fan. Rossiya mustamlakachiligi sharoitida ilm-fan sohasida eski uslublarga yopishib olish hollari davom etadi. An’anaviy ravishda dunyoviy bilimlarni o‘rganish, ularni yanada rivojlantirish ustidan davlat g‘amxo‘rligi deyarli bo‘lmadi. Ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishning muhim omili sifatida ularning boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro aloqalari, ijtimoiy hamkorlik e’tibordan chetda qoldi.
Xullas, xalqimizning ming yillar davomida tarkib topgan, shakllangan va rivojlangan, ayni paytda o‘zining an’analariga ega bo‘lgan qadimiy va boy madaniyatning rivojlanishiga jiddiy to‘siqlar qo‘yildi. Milliy ruhimizga, milliy ongimizga yot bo‘lgan o‘zga xalq madaniyatini milliy ehtiyojsiz o‘zlashtirib bo‘lmasligi nazar-pisand qilinmadi.
Turkiston madaniy boyliklari, rus mustamlakachilaridan tashqari, chet ellik siyosatchilar tomonidan ham beayov talangan. 1895 yilda o‘lkada bo‘lgan shved me’mori Martin bu holatga jahon fan-madaniyati nuqtai nazaridan chek qo‘yishni so‘rab, Rossiya imperiyasi hukumati boshlig‘i, graf S.Yu.Vittega murojaat qilgani bejiz emas. Shved me’mori Samarqanddagi me’moriy yodgorliklarning birgina Turkiston, Osiyo uchungina emas, balki umumjahon madaniyati uchun ham ulkan ahamiyatini ta’kidlab, graf Vittedan ulug‘vor obidalarni vayronagarchilikdan saqlab qolish uchun zudlik bilan chora-tadbirlar ko‘rishni iltimos qilgan edi1.
Turkiston o‘lkasidagi nodir qo‘lyozmalar, kamyob kitoblar, ko‘hna arxeologik buyumlar, oltin-kumush tangalarni yig‘ish va shu maqsadda boylik orttirish bilan shug‘ullanayotgan rus amaldorlarining ayrimlari Turkiston tabiiy boyliklaridan tashqari, o‘zining tarixiy o‘tmishi bilan ham e’tiborga loyiqligini tushungan. Xuddi shular o‘lkadagi ilmiy jamiyatlar faoliyatida bevosita qatnashgan. Moskva va Sankt-Petrburglik sharqshunoslar esa o‘lkani astoydil o‘rganish fan uchun katta ahamiyat kasb etishini tushunib, bu yerda ilmiy-tadqiqotlar olib borishgan.
1876 yilda Toshkentda ommaviy muzeyning ochilishi ham ana shu olimlarning sa’y-harakati bilan tashkil topgan edi. Bu muassasalar aslida rus mustamlakachilarining Turkiston ma’naviy boyliklarini ilmiy asosda o‘rganish, ularni imperiya manfaatlari yo‘lida o‘zlashtirish maqsadida tuzilgan edi. Ularda Turkiston xalqining moddiy va ma’naviy boyliklari to‘planib, qiymati aniqlanar va eng noyob, jahon ahamiyatiga moliklari markazga - Sankt-Peterburg va Moskvaga olib ketilardi.
Bu davrda O‘rta Osiyo tarixi, etnografiyasi, iqtisodi, botanikasi, arxeologiyasi va madaniyatiga oid noyob bibliografik asar-"Turkiston to‘plami" hamda 'Turkiston albomi" tuzildi. 'Turkiston albomi" fotosuratlar va rangli rasmlardan iborat. Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman topshirig‘iga binoan, etnograf, sharqshunos olim A.L.Kun (1840­1888) tomonidan 1871 -72 yillarda tayyorlangan. "Turkiston albomi" 447 kartonli varaq bo‘lib, 1262 fotosuratlar va bo‘yalgan rasmlardan tuzilgan. Etnografiya, hunarmandchilik, arxeologik va tarix bo‘limlaridan iborat.
"Turkiston albomi"da XIX asrning ikkinchi yarmidagi hunarmandchilik; xo‘jalik turlari, urf-odat va turli marosimlarni o‘tkazish, o‘zbeklarning antropologik tiplari, shahar va qishloq hayoti, shaharlar, vodiylarning manzaralari aks ettirilgan. Aksariyat tasvirlarda mahalliy xalqni vahshiy va o‘ta qoloq qilib ko‘rsatish maqsadi yaqqol seziladi. "Turkiston albomi" 7 nusxada tayyorlangan. Bir nusxasi O‘zbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar bo‘limida saqlanadi.

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish