O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“MADANIYAT VA DIN” MADANIYATSHUNOSLIK fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun o’quv-uslubiy
NAMANGAN - 2016
qo‘llanma
SH. Abdullayev, N.Valiyeva
Madaniyat va din. O‘quv qo‘llanma 2016. bet.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada Madaniyat va dinning o’zaro aloqadorligi milliy va jahon dinlarining madaniyat taraqqiyotiga qo’shgan hissasi ochib berilgan. Unda qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha davrda jahon xalqlari madaniyati taraqqiyoti, mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy tiklanish jarayoni va madaniyat ravnaqi masalalari yoritilgan.
O‘quv qo‘llanma Namangan davlat universiteti qoshidagi Oliy o‘quv ilmiy-uslubiy Kengash majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2016-yil aprel -son majlis bayoni).
Mas’ul muharrir: t.f.n. N. G’ofurov
Taqrizchilar: f.f.n. D.Rahimbayeva
f.f.n. A. Hakimov
Namangan Davlat universiteti "O’zDJQNA" kafedrasining 2016 yil mart -yig‘ilishida muhokama qilingan.
Xulosa
Mustaqilligimiz sharofati bilan xalqimiz o‘zligini chuqur anglay boshladi. Vatanimiz o‘tmish madaniyatini mukammal o‘rganishiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Yangi jamiyat qurilishi ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy va manaviy sohalarda chuqur o‘zgarishlarni taqozo etadi. Bu o‘zgarishlarni asosiy mezoni milliy-manaviy qadriyatlar, sharqona ruhiyat va madaniyat hisoblanadi.
"Xalqning ma’naviyati-degan: I.A Karimov - uning haqiqiy tarixi va uning xosligini qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljishda hal qiluvchi tabir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir".
Madaniyatshunoslik kursi jahon Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati taraqqiyoti qonunlari, o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari, madaniyatning jamiyat va inson hayotida tutgan o‘rni va roli to‘g‘risida baxs yuritadi. Milliy ma’naviyat, qadriyatlar madaniy meros va an’analarga tayangan xolda kishilarning madaniyatni shakllantirishga ko‘maklashadi.
Talabalar bu kursni o‘rganish jarayonida o‘zbek xalqi va buyuk allomalarimiz,
Mazkur fan jahon madaniyati va sivilizatsiyasi, milliy madaniyat, ma’naviy- ma’rifiy qadriyatlar haqida keng yoritishni o‘zoldiga asosiy maqsad qilib olgan.
O‘z navbatida demoqratik, xuquqiy, insonparvarlik jamiyatini barpo etishda ulkan ahamiyat kasb etadi.
Har bir talabada madaniyat tushunchasi, uning nazariy asoslari to‘g‘risida obektiv ma’lumotlar olishda bu seminar ishlanmasi katta ahamiyatga ega.
Ushbu madaniyatshunoslik fanidan seminar mashg‘ulotlari uchun tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan 2011 yil 17sentyabr kuni tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejasi 2011 yil 8 kuni BD - 105 son bilan ro‘yhatga olingan “Madaniyatshunoslik” fanidan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlangan.
Har bir amaliy mashg‘ulotga pishiq puhta tayyorgarlik ko‘rish jarayonida talabalar darsliklardan tashqari Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlaridan, Respublika hukumati, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan muhim qonun, qaror va farmoyishlardan keng foydalanib borish tavsiya etiladi.
Ushbu qo‘llanma universitet talabalari va o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, "Madaniyatshunoslik" kursini o‘rganishda dastlabki harakatdir. Qo‘llanma yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar mualliflar tomonidan bajonidil e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |