Din inson ongining eng yuksak va so’nggi sohasidir. U shunday sohaki, inson unga mutloq haqiqat olamiga kirgan kabi qadam qo’yadi.
F. Gegel.
Kirish
Inson o’zligini tanishi bilan , tabiatda nimadir xamma narsani xarakatga keltirishi va Borliqqa sabab bo’lishini tushunib , yararuvchi manba sifatida Iloxiy kuch - Xudoni tan oladi va unga sig’ina boshlaydi Iloxiy kuch tushunchasi turli xalqlarda muayan muxitga yarasha ma’no kasb etib, bir avlod umri davomida shakllangan g’oya o’zga avlod xayotida o’z ma’nosini yo’qotishi xam mumkin. Diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishida tabiiy va inson omillaridan tashqari, davlatchilikning turi ham ahamiyatga ega bo’lgan. Shunisi diqqatga sazovorki, davlatchilik taraqqiy eta borgani sari diniy e’tiqodlar xam murakkablashib, markazlashib borgan. Diniy ramzlar kichik sodda shakllardan yirik maxobatli ma’budxona va ibodatxonalar miqyosiga ko’tarilgan. Bu jarayonlar albatta odamlar ongiga kuchli ta’sir ko’rsatgan, natijada ba’zi etiqodlarning ramz va marosimlari zamonlar o’tishi bilan urf odatga aylanib, xatto o’zining diniy moxiyatini ham yo’qotadi, ayrimlari ertak va afsonaga aylanadi, boshqalari esa vaqti-vaqti bilan qayta tiriladi ham yoki asrlar davomida nafaqat moxiyatini balki shaklini ham o’zgartirmaydi. Chunki ota bobolarning udumlari, an’ana va qonun sifatida xalq ongiga singib o’tadi. Ana shunday jarayonlar natijisida madaniyat va din uyg’unligi asosida diniy madaniyat shakllanadi va rivojlanib boradi. Xususan qadimda mamlakatimiz xududida turli madaniyatlar va diniy e’tiqodlar mavjud bo’lib, ayrimlari olov uchqunidek bir chaqnab ko’xna tarix qa’rida nom-nishonsiz so’ngan bo’lsada, ularning qoldiqlari u yoki bu ko’rinishda hozirgi kungacha yetib kelgan. Masalan ibtidoiya e’tiqodlarda shakllangan ajdodlarga sig’inish, ularni xotirlab taom tortish odati zardushtiylikda ham saqlangan va keyinchalik islomga o’tadi. Eng qizig’i, hozir xalqimiz bu odatlarni islom dini kiritgan deb o’ylaydi. Har bir davrning o’ziga xos xalq e’tiqodi mavjudligi va ana shu e’tiqod namoyon bo’lgan iloxlari va ramzlari aynan shu davr uchun xosligi barchaga ma’lum. Bu jarayonda esa har bir xududda turli xalqlarning kirib kelishi yoki boshqa sabablar bilan turli e’tiqod va madaniyatlar kirib kelgan. Yurtboshimiz Islom Karimovning “Tatixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasidagi “Tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko’plab etnik guruhlar, el-elatlar o’z ulushini qo’shgan. Bu tabiiy hol. Chunki, hech qachon, hech qayerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo’lmaydi. Har qanday sivilizatsiya ko’pdan - ko’p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining maxsulidir. Bir so’z bilan aytganda, ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi,uning madaniyati abadiy yashaydi2”.
Ta’limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashib borishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotining muhim yutug‘idir. Bugungi kunda gumanistik ideallarni, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni tiklash umumbashariy ahamiyatga ega. Madaniyatning nazariy muammolari va tarixiga umuminsoniy qadriyatlar nuqtayi nazardan, har bir davr va har bir xalq madaniyatiga hurmat nuqtayi nazardan yondashuvchi madaniyatshunoslik fani «madaniyatlararo muloqot»ni amalga oshirishga, gumanistik g‘oyalarning uyg‘onishiga yordam beradi.. Aynan shu fan madaniy-ma’naviy sohalardagi unutilgan qarashlarni, zo‘ravonlarcha poymol etilgan qadriyatlarni aniqlash, qayta tiklash va yangi ma’no-mazmun bilan boyitish kabi faoliyatga ko‘maklashadi.
Fanning tadqiqot obyekti turli xalqlarning ko‘p asrlik madaniy hayoti, o‘ziga xos jihatlari va umumiy ildizlarini, Sharq va G‘arb madaniyatining taraqqiyot bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari va mushtarakligini, milliy va mintaqaviy madaniyat-ning jahon madaniyati ravnaqiga ta’sirini, madaniyatning tarkibiy tuzili-shi, madaniyatlararo muloqot muammolari, ularning insoniyat hayotidagi rolini o‘rganishdan iborat. Qolaversa dinning jaholat, aqidaparastlik, o’zgalar fikriga toqatsizlik, ijtimoiy taraqqiyotga to’sqinlik qiluvchi kuch ekanligi haqidagi noto’g’ri tasavvurlarga qarshiligi to’g’risidagi ijtimoiy fikrni shakllantirishga, talaba yoshlarda falsafiy-nazariy dunyoqarashni shakllanishiga erishmog’imiz darkor. Chunki dinlar - xoh islom dini, xoh xristian dini bo’lishidan qat’iy nazar insonlarni ezgulikka, poklikka, Vatanga, yaqinlariga muhabbat va sadoqatga o’rgatadi. Mazkur qo’llanmada qadimgi va o’rta asrlarda madaniyat va diniy e’tiqod uyg’unligi xamda san’at, adabiyot , me’morchilik , xalq og’zaki ijodi va boshqa soxalarda ushbu uyg’unlik aks etgan jarayonlarning nafaqat shakli balki mazmunini xam ochib berishga xarakar qilinadi. Tarixda din xalqlarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Insonlarni ahloqiy jihatdan sog’lom, pok, diyonatli bo’lishlikka chaqiruvchi dinlar har doim ta’lim- tarbiyaning ajralmas qismi bo’lib kelgan. Dunyoviy taraqqiyot yo’lini tanlagan O’zbekistonda millatlar o’rtasida tinchlik, hamjihatlik va o’zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantirishda barcha imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Bu esa yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash va dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |