Tayanch so'z va iboralar Tabiat, madaniyat, inson, shaxs, jamiyat.irq, etnik, milliy, madaniy, sotsial umumbashariy, sivilizatsiya, yevrotsentrizm, oriyentalizm, romantizm, realizm.
Adabiyotlar ro‘yxati
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin farovon turmush-pirovard maqsadimiz. T.8. T.: «O‘zbekiston», 2000 y.
Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat. T.14. T.: “O‘zbekiston” 2006 y.
Karimov I.A. YUksak manaviyat-engilmas kuch. T.: "Manaviyat", 2008.176 b.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T,: «O‘zbekiston», 2000 y.
Abdullaev M. Madaniyatshunoslik asoslari T.: «Turon» 2006 y.
Boboev H., Hamroev T., Alimasov V. Madaniyatshunoslik. T.: «YAngi asr avlodi», 2001
Boboev H., Hasanov S. «Avesto» manaviyatimiz sarchashmasi. T.: «Adolat», 2001 y.
Jabbarov I. O‘zbek xalq etnografiyasi. T.: «O‘qituvchi», 1994 y.
Ibrohimov A va boshqalar. Vatan tuyg‘usi. T.: «O‘zbekiston», 1996 y.
Kaykovus. Qobusnoma. T.: «Istiqlol», 1994 y.
Komilov N. Tafakkur karvonlari. T.: «Manaviyat», 1999 y.
Madaniyatshunoslik. Maruza matni. Gulmetov e. va boshqalar. T.: DITAF, 2000 y.
Manaviyat yulduzlari. T.: 1998 y.
Mustaqillik. Ilmiy-ommabop lug‘at. T.: 1998 y.
Umarov E. «Madaniyatshunoslik». Yangi asr avlodi 2005 y.
Xayrullaev M. O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri madaniyati. T.: «Fan», 1995y.
mavzu. Qadimgi davr Markaziy Osiyodagi diniy madaniyat.
Diniy dunyoqarashning murakkablashuvi natijasida tabiat hodisalariga nisbatan dualistik qarashlar shakllana boshlagan. Insonga foydasi tegadigan, inson uchun hayot manbayi bo'lgan hodisalarning o'z xudolari yoki homiylari mavjud degan tushunchalar vujudga kelgan.Eramizdan avvalgi II ming yillik oxirlariga kelgach, Eron va Markaziy Osiyoda Quyoshga sig'inish ancha takomillashib, uning zaminida insonga quyoshdek yorug'lik va issiqlik in'om etuvchi olovga sig'inish — otashparastlik e'tiqodi vujudga keladi. Olovni quyoshning yerdagi o'g'li, degan tasavvurlar chuqurlashadi va Quyosh xudosi Mitra, suv xudosi Anaxita va boshqalarga e'tiqod qilish otashparastlik e'tiqodiga qo'shilib ketadi. Eron va Markaziy Osiyoda otashparastlik dini — zardushtiylik hukmron dinga aylanadi. Zardushtiylik dinining kelib chiqish sabablari nimalardan iborat? Birinchidan, bizningcha, u kishilarning tabiat hodisalari, mavsumlarning, kecha va kunduzning almashinuvi hamda uning sabablarini bilib olishga bolgan intilishlari natijasida paydo bolgan. Kishilar qadimda tabiat kuchlari oldida ojiz bo'lganlar. Ularning turmushi, kiyim-kechak, turarjoylari ham, oziq-ovqat ishlab chiqarishi ham nochor holda bolgan. Kishilar tasavvuriga kora bahordan boshlab yorug' kunlar kela boshlagan, ya'ni kunlar isib, tabiatda ezgulik ko'paya borgan, o't- o'lanlar, qurt-qumursqalar, hayvonlar uyg'ona boshlagan, butun tabiat jonlana borgan. Bularning barchasini ilohiy kuch — Quyosh xudosi Ahuramazda boshqaradi, deb o'ylashga olib kelgan. Ko'pgina falokatlar, o'lim, kasallikning xuruj qilishi esa kechalari ro'y bergan. Natijada inson va boshqa tirik jonzodlarga zarar keltiruvchi kuchlar haqidagi tasavvurlar ham shakllangan. Demak, sovuq kunlar va qorong'ilik kishilarga ko'plab kulfatlar keltirgan. Shu sababli kishilar o'zlariga zarur bolgan issiqlik va yorug'lik manbayi hisoblangan quyoshga va uning yerdagi zarrasi deb tasavvur qilingan olovga topinganlar.
Ikkinchidan, kishilar qo'rquv va o'z ojizliklari o'rnmi to'ldirish uchun, bir-biriga qarama-qarshi kuchlar va ularning xudolari haqidagi tasavvurlarga ega bo'la borganlar. Zardushtiylar ezgulik, yaxshilik, yorug'lik, issiqlik, tiriklik, Hilolat xudosi Ahuramazda va unga qarama-qarshi kuch — yomonlik, yovuzlik, qorong'ilik, sovuq, o'lim va adolatsizlik xudosi — Axriman haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirganlar.Uchinchidan, mahalliy qabilaviy dinlar endigina shaklanib kelayotgan (davlatchilik asoslariga, jamiyatning ham moddiy, ham ma'naviy taraqqiyotiga to'sqinlik qila boshlagan edi. Turli qabilalar o'rtasida urush-janjallar ko'payib ketgani uchun qabilalarni birlashtirishga xizmat qiluvchi yangi mafkura
dinga zarurat paydo bo lgan. Bu vazifani endigina shakllanayotgan va birmuncha tizimga tushib ulgurgan zardushtiylik dini bajara boshlagan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da ham (ayniqsa, Yasna va Yasht kitoblarida) ilohiy kuch-qudratga ega bo’lgan Quyosh barcha narsalarga jon va kuch-quvvat beruvchi oliy iloh ekanligi ta'kidlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |