Madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy


“Husayn Boyqaro portreti” XV asr. Kamoliddin Behzod



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/153
Sana08.12.2022
Hajmi10,85 Mb.
#881948
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   153
Bog'liq
jjj kkkk

“Husayn Boyqaro portreti” XV asr. Kamoliddin Behzod.
 
Kamoliddin 
Behzodning 
miniatyuralari 
shu 
kunlargacha 
uning 
hayoti 
va 
dav-ri 
haqidagi 
ma’lumotlarni yetkazib keldi. Liboslar, ichki ko‘rinishlar, 
miniatyuralardagi obrazlarning psixologik holati kabilar 
jonli tasvirlan
gan. Uni O‘rta Osiyoda portret janrining 
asoschilaridan biri deyish mumkin. Uning va shogirdla-
rining portret miniatyuralari tufayli shoirlar Alisher 
Navoiy, 
Abdurahmon 
Jomiy, 
Abdulla 
Xatafiy, 
shuningdek Hirot hukmdori Husayn Boyqaroning haqqo-
niy obrazlari bizgacha yetib keldi.
Bu asarlar nafaqat O‘rta Osiyo, balki jahon 
madaniyati durdonasi ham bo‘lib qoldi. Kamoliddin 
Behzodning asarlari miniatyura san’atining bebaho 
namunala
ri bo‘libgina qolmasdan, ularga haqqoniy 
hissiyotlar, tasvir yorqinligi va soddaligi xos xususiyat 
bo‘lib qoldi. Ularda umuminsoniy mohiyatga ega bo‘l
gan fikr va hissiyotlar jamlangan 
O‘rta Osiyo Uyg‘onish davrida Sakkokiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy singari mashhur 
shoirlar, shuningdek miniatyurachi rassom Kamoliddin Behzodning ijodida badiiy-
estetik mavzular markazi o‘rin tutdi. “Kamoliddin Behzod 1537 yili Hirotda vafot etdi, 
uning qabri Xotira nomli go‘zal bir go‘shadadir”
97
.
Kamoliddin Behzod ijodiga ingliz tadqiqotchisi Xilda Xukxem yuksak baho berdi, 
u o‘zining “Yetti koinot hukmdori” (1995) nomli tadqiqotida shun
day yoza
di: “XV 
asrni Temuriylar Uyg‘onish davri deyish mumkin, Hirot esa ajo
yib miniatyura maktabi 
vujudga kelgan joy bo‘lib qoldi, Kamoliddin Behzod maktabi ula
rdan eng mashhuri 
hisoblanadi”
98
. Bu maktab uchun afsona
dan haqqoniy hayot tasviriga o‘tish xos 
xususiyat bo‘lib qoldi. Miniatyura san’atida o‘z davrining yi
rik voqeligi kichraytirilgan 
xajmida yaratildi, bu esa katta iqtidorni talab qiladi. Ma’lumki, Amir Temur va 
temuriylar davri madaniyati insoniyat tarixi
da o‘ziga xos o‘rin egallaydi va jahon 
madaniyati rivojining muhim bosqichlari
dan biri bo‘lib qoldi.
96
Пугаченкова Г.А. Искусства Афганистана. Три этюда. –
М., 1963. с. 210.
97
Ашрафи М.М. Бехзод и развитие бухарской миниатюры 
XVI 
в. –
Д., 1983.
98
Хукхем Х. Властитель семи созвездий


Т., 1995. с.14. 


95 
Shunday qilib, O‘rta Osiyo portret san’atining shartlilik, mazmundorlik, be
zakdor-
lik, yorqin ranglili
k, ranglar va chiziqlar uyg‘unligi singari san’at ildizlari uyg‘unligi 
belgilandi. O‘zbek xalqining madaniy va badiiy merosi zamonaviy tasviriy san’at 
taraqqiyotida ulkan rol o‘ynadi. O‘zbek xalqi mada
niya
tining o‘ziga xosligi XX asr 
oxiri 

XXI asr bo
shlarida yaratilgan ma’na
viy-badiiy qadriyatlarda ayniqsa yorqin 
namoyon bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, XX asr oxiri –
XXI asr boshlaridagi O‘zbekiston 
mada
niyatidagi tarixiy janrlardagi ko‘pgina tasviriy san’at asarlari mahorat bi
lan va 
badiiy ifodali yaratilgan. Ular yangi tarixiy-
mavzuiy, ma’naviy maz
mun bilan 
yo‘g‘rilgan. Bu asarlar o‘zbek xalqining tarixidan bilim beradi, yoshlarda go‘zallik 
hissini uyg‘otadi va o‘z xalqi tarixiga hurmat hissini hosil qiladi, tasviriy san’atda 
buyuk tarixiy shaxsl
ar obrazlarini va o‘tgan asrlarda O‘zbekistondagi davlat qurilishi 
sohasidagi muhim voqealarni muhr
lab qo‘yadi. 
Tarixiy asarlarda yangicha g‘oyalar, mavzuiy va ijodiy vazifalarga, mamla
katning 
tarixiy o‘tmishiga yangicha qarashlar shakllantirildi, ul
ar zamonaviy tasvi
riy san’at 
ustalari uchun bebaho tarixiy bilim hisoblanadi. Tasviriy san’at us
ta
larining ko‘pgina 
tarixiy asarlarining g‘oyaviy
-tematik mazmunidan oli
nadigan xalq tarixiga, og‘zaki va 
yozma ijodiga asrab-
avaylab munosabatda bo‘
lish t
asviriy san’at tarixiy janrining 
istiqboldagi taraqqiyoti uchun mu
him omil bo‘lib qoladi. O‘zbekiston badiiy 
merosining ahamiyati faqat madaniy qatlamining xajmigagina emas, balki uni 
madaniyatshunos, faylasuf, tarixchi va san’atshunos olim
lar, eng muhimi tasviriy 
san’at ustalari tomonidan o‘rganilishi, o‘zlash
ti
rishi va ijodiy anglanishiga bog‘liq. 
O‘zbekistoning yirik tasviriy san’ati us
tasi Chingiz Axmarov Tilab Mahmudov bilan 
bo‘lgan suhbatda shunday degan edi: “San’at xalq badiiy madaniyat
i tarixi bilan 
chambarchas bog‘liq. O‘tgan asr
lar rassomlari ritm va bezakdorlikni nihoyatda nozik 
his qilganlar. Xalq og‘
za
ki ijodi, epos, san’atning tasviriy shakllari biz uchun cheksiz 
ilhom manbai bo‘ladi”
99
. O‘tgan asrlarda fan va texnika hozirgidek rivojlangan bo‘l
-
ganida edi, qadimgi va o‘rta asrlarda ishlangan san’at asarlari, foto va video nusxala
ri 
saqlanib qolgan bo‘lar edi.
Mustaqillik yillari O‘zbekistonda Amir Temur shaxsiyati, hayoti va fao
liyatini 
o‘rganish uchun sharoit yaratildi.
U hukmronlik qilgan paytda dehqonchilik, hunar-
mandchilik, savdo-sotiq, fan, madaniyat va mamlakatning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy 
sohalari keng rivojlandi. “Amir Temur nafaqat hukmdor, davlat arbobi, balki buyuk 
me’mor sifatida ham mashhur bo‘lib ket
di. 
Uning sa’y
-
harakatlari tufayli mo‘g‘il 
bosqini va feodal urushlari tufayli vayronaga aylangan Samarqand, Buxoro, Binkent, 
Kesh, Qarshi, Bog‘dod, Derbent, Boylakon singari shaharlar qayta tiklandi va obod 
qilindi. Bulardan tashqari u yangi katta v
a kichik shaharlar, qo‘rg‘onlar, kanllar va 
bog‘
-
rog‘lar qur
dirdi. Uning homiyligida fan va madaniyat gullab yash
nadi”
100
. “Amir 
Temur Yevropa va Osiyo xalqlariga katta xizmat qildi. Amir Temur Eron, Ozarbayjon 
va Iroqda feodal tarqoqlikka barham berib O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarini O‘rta 
Yer dengizi va Yevropa xalqlari bilan bog‘lab turgan qadimiy Buyuk Ipak yo‘
lini qayta 
tikladi. Shu tufayli ko‘plab mamla
kat
lar o‘rtasi
dagi savdo va madaniy aloqalar 
rivojlanib ketdi”
101

99
Махмудов Т. Нозик дидли санъаткор. // Совет Ўзбекистон санъати. №3, –
Т., 1979. с. 15
-17. 
100
Амир Темур

Унивирситет. Ташкент, 1999. с. 
3. 
101
Амир Темур

Унивирситет. Ташкент, 1999. с. 
3. 


96 

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish