Madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/153
Sana08.12.2022
Hajmi10,85 Mb.
#881948
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153
Bog'liq
jjj kkkk

Aziza Mamatova
23

“Men 1974 yili “Mexanizator qizlar” asari
mni chiza boshla-
dim. Asar O‘zbekiston xalq shoiri To‘rob To‘laning she’
ri taassuroti ostida vujudga 
keldi. Zamiraxon, Anorxon va Ma

rifatxonlarning jasorati va qahramonligi, ichki va 
tashqi go‘zalligi shoirga o‘xshab meni ham maftun etdi. Asarda o‘z hayoti va 
20
Каменский А.А. Документальный романтизм. // Творчество. №10, 1982.
с. 21.
21
Каменский А.А. Умарбеков Джавлон. 
[
Эл.ресурс]. Режим доступа: 
http://babanata.ru/?p=18008 html
22
Роузенталь Ф. Торжество знания. 

М.: «Наука», 1978. с. 342.
23
Маматов У. История
 
одной жизни. // 
GISAP: Culturology, Sports and Art History. 
№5, 2014. 


23 
mehnatini paxta yetishtirish va uni “Zangori kemalarda” terib olishga bag‘ishlagan uch 
qiz obrazi tasvirlandi. Ular 
o‘z 
sharafli mehnat
lari bilan O‘zbekiston tarixiga o‘z 
nomlarini yozib qo‘ydilar. Yangi 1968 yil s’
ezdiga SSSR rahbariyati kommunizm 
qurishning yetti yillik rejasini ishlab chiqdi, shundan keyin xalq yorqin kelajakda 
yashay boshlaydi
, deya va’da berildi

 
 
A.Mamatova. 
“Mexanizator qizlar”

1974 yil. 
 
Butun mamlakat bo‘ylab targ‘ibot kompaniyasi boshlab yuborildi, xalqni o‘zi
ning 
kommunistik mehnati bilan bu yorqin kelajakni yaqinlashtirishga da

vat etildi. 
O‘zbekiston qishloqlaridagi qizlarni paxtani qo‘lda 
terayotgan hamqishloqlarining 
og‘ir mehnatini yengillashtirish uchun paxta terish mashinalarini boshqarishga da’
vat 
etildi. Ko‘p joylarda mexanizatorlar kurs
lari ochildi. Kurs
larni tugatgandan so‘ng 
qizlarga kombenzon va kirza etiklar berildi va ular paxta terish mashinalarini 
boshqardilar. Shoir Tu
rob To‘la yozgan “Popning popuk qizlari” qo‘shig‘i butun 
O‘zbekistonda mashhur bo‘lib ketdi, uni radio va televid
e
niyeda taniqli qo‘shiq
chilar 
ijro etdilar. O‘z mehnatiga “Mehnat qahramoni” degan unvonga sazovor bo‘lgan 
Tursunoy Oxunova mexanizatorlar hayotining yorqin qiyofasi bo‘lib qol
di.


24 
Mavsum davomida u 400 tonna paxta terdi. Natijada 40 yoshga kirgan chog‘i
dayoq 
onkologik dardga chalindi. 
A.Mamatova: “Mana shu reklama kompaniyasi tufay
li men 
1973 yil kuzida Namangan viloyati Pop tumaniga borib 
mashhur qo‘
shiq qahramonlari 
bilan tanishish va ular haqida asar yaratishga qaror qildim. 
Ko‘z oldimda 
cheksiz paxta 
maydonlari namoyon bo‘ldi, bu maydonlardagi g‘o‘zalar
ga mashinada paxta terishni 
osonlashtirish uchun ularning bargini to‘kish maq
sadida kichikroq samolyotlarda 
zaharli dorilar (defoliyantlar) sepilgan edi. Shu dalalarda yosh qizlar (19-20 yoshda) 
mashinani boshqarib paxta terayotgan edi. Idoraga kelib, bu yerdagi navbatchiga men 
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tomonidan sov
xoz rahbari nomiga 
yozilgan xatni berdim. Bu xatni menga sovxozga ketishimdan avval u yerdagi 
rahbariyatga taqdim etish uchun bergan edi. Suratda markazda tasvirlangan Anorxon 
ismli qiz sovxoz direktorining yordamchilaridan biri edi. Uni idoraga chaqirishib 
menga hamrohlikni topshirishdi. Xatning mazmunini Anorxon menga gapirib berdi, 
uning aytishicha men O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi va rassomlar uyushmasi 
tomonidan mexanizator qizlar xaqida a
sar chizish uchun material to‘plashga yubo
rish-
gani va eng muhimi meni T
oshkentga o‘z vaqtida eson
-omon qaytarib yuborishlari 
to‘g‘risida yozilgan edi. Men bu paytda asarim qahramonlaridan biroz kattaroq 25 
yoshda edim. 
Paxta terish mavsumi paytida dala
larda ishlash jadvali qat’iy belgilab qo‘
yilar edi. 
Ertalab soat 5 da qizlar mashinalarg
a o‘tirar
di va ishni kechki soat 6-7 da tamomlardi. 
Erta tongdan tun 
qorong‘usigacha ishla
shar edi. Ular
ning ko‘tarinki kayfiyati, o‘zining 
og‘ir mehnati bilan 
mamlakatning yorqin kelajagini yaqinlashtirayotganligiga ishonchi 
meni hayratga solardi va bularning barchasi ularni asarda asrlarga 
muhrlab qo‘yishga 
arzirdi. Ular o‘zgacha go‘zal edi!
Tu
rob To‘laga o‘xshab meni ham ular
ning tashqi va 
ichki go‘zalligi
, shonli mehna
ti va o‘z mehnati va Vataniga sodiqligi bilan asir etgan 
edi. Men ular bi
lan do‘st bo‘lib qoldim. Kuz davomidagi paxta mavsumida men ularni 
diqqat bi
lan kuzatdim. Ularning har birining o‘ziga xos xarakteri bor edi, ular
ning 
shaxsiy v
a kundalik hayoti, o‘zlarini tutishiga e’
tibor berdim. 
Anorxon bilan xayrlashi
sh qiyin bo‘ldi. U o‘zining shaldiroq mot
osiklida qizlar 
mehnat qilayotgan rayo
n chegarasigacha olib chiqib qo‘ydi, “U yog‘iga o‘zingiz 
ketaverasiz, Qo‘qon
-
Toshkent avtobusiga o‘
tirasiz va u bilan poytaxtga yetib olasiz, 
biz esa rayo
n chegarasidan chiqishimiz mumkin emas”, 
- dedi. Biz quchoqlashib 
xayrlashdik, Anorxon motasiklga o‘tiriboq tezlikni oshirdi va qishloq yo‘
lini changini 
ko‘tarib 
tez haydab ketdi. Dekabrda men Leningrad shaxriga ketdim, u yerda oliy 
o‘quv yurtlari peda
gog
lari malakasini oshirish kurslarida o‘qishni davom ettirdim. 
“Mexanizator qizlar” asariga ishlangan tasviriy materialni o‘zim bilan olib ketgan 
edim. U yerda professorlar Mixail Mixaylovich Devyatov va Boris Mixaylovich 
Lavrenko rahbarligidagi rassomlik ustaxonasida bu asarni chizdim. 
Asar xajmi 160x140 bo‘ldi, u moybo‘yoq bilan ishlandi. Asar kompozitsiyasi 
murakkab emas. Kombenzon kiygan uch qiz paxta terish mashinasi yonida tomosha-
binga qarab turibdi. Lekin ularning har birida qanchalik hissiyot va iliqlik seziladi. 
Chapda turgan Zamiraxon nozik ozg‘in gavdali, qarashlari jiddiy va o‘y
chan. 
Anorxonning yuzida yorqin 
tabassum, uzoqlarga tikilib turibdi. Uning chap qo‘li 
pishiq qomatli Ma
’rifatxonning yelkasiga qo‘yilgan. Ma’
rifatxonning yuzida ham 
yoqimli tabassum. Men ularni shunday eslab qoldim va tasvirladim.


25 
Deyarli yarim asrdan keyin buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludiga 575 yil to‘lishi 
munosabati bilan o‘tkazilayotgan ilmiy anjuman tanaffusi paytida o‘rta yoshlardagi 
odam yonimga keldi va olimman deb o‘zini tanishtirdi. U shunday dedi: “Aziza opa

men “Mexanizator qizlar” asaringizga tasviriy material yig‘gan joydan kelganman. U 
bilan bo‘lgan suhbatdan ma’lum bo‘ldiki, suratda 
tasvirlangan qizlar keyinchalik uzoq 
kasal bo‘lganlar. Bu mamlakati
miz
da “rivo
j
langan sotsializm” payti edi. “Mexanizator 
qizlar” O‘zbekiston
ning 70-90-
yillar tarixiy davri yoshlarining yorqin vakillari bo‘lgan 
edi. Keyingi yillarda rassom qishloq ayollari haqida turkum asar yaratishda davom etdi.

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish