Madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/153
Sana08.12.2022
Hajmi10,85 Mb.
#881948
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   153
Bog'liq
jjj kkkk

 
 
A.Aliqulov va uning hamkasblari. “Jadidchilik harakati va 
 
1892 yildagi Jizzax qo‘zg‘aloni”. 2001 yil. Lavha.
 
Devoriy surat markazida yozuvchi A.Qodiriy yonida Mahmudxo‘ja Behbudiy 
(1875-1919) tasvirlangan. U buyuk mutafakkir, jadidchilik harakati yetakchisi, taniqli 
ma’rifatparvar va siyosiy arbob bo‘lgan edi. Buyuk mutafakkir qo
musiy bilim sohibi 
Mahmudxo‘ja Behbudiy Samarqand shahrida muftiy oilasida tug‘ildi. Dastlab u o‘

amakisi Muhammad Siddiq qo‘lida o‘qidi. So‘n
gra eski usul maktabi va madrasada 
tahsil oldi. Arab, fors, rus va boshqa tillarni bilgan. Mirza va qozi vazifalarida ishladi, 
Samarqand yaqinidagi Jomboyda muftiy mansabida xizmat qildi. Muftiy nima bilan 
shug‘ullanardi? Arab tilidan muftiy fatvo beruvchi, di
niy bahslarni hal qiluvchi 
ma’nolarini beradi.
169
Алимова Д.А. История как история, История как наука.


149 
“Muftiy, 
- deb yoziladi 2004 yili Toshkentda nashr qilingan Islom 
ensiklopediyasining 171-betida, - huquqiy muammolarni talqin qiluvchi 

tushu
ntiruvchi ma’nolarini anglatadi va u diniy masalalar bo‘yicha yakuniy qaror 
chiqarish huquqiga ega... Mahmudxo‘ja Behbudiy 1900 yili Makkaga xaj qiladi. 1903
-
1904-
yillar u Moskvada yashadi, so‘ngra Sankt
-Peterburgga bordi. 1914 yili Turkiya, 
Misr va boshqa 
davlatlarga sayohat qildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy Qur’onni savodli 
talqin qilardi, ammo, eng muhi
mi ma’rifat masalasi uning diqqat markazida bo‘ldi. U 
yangi usul maktabi asos
chilaridan biri, o‘qituvchilar uchun darslik va o‘quv 
qo‘llanmalar mual
lifi hisob
lanadi. Turkiston muxtoriyati maqomi g‘oyasini 
birinchilardan bo‘
lib ilgari su
rdi”
170
.
“U o‘zining murojaat maqolasida “Sart majhuldir”, dedi va boshqalarida ta’
lim, 
madaniyat, turmush va diniy ongdagi konservativ diniylik, reaksion an’a
naviylikni 
tanqid qildi. M.Behbudiyning ma’rifatparvarlik g‘oyalarini hamfikrlari qo‘llab
-
quvvatladilar va gazeta, jurnal, yangi usuldagi maktablarda tar
g‘ibot qildilar”
171

Devoriy suratda u bor bo‘y
-
basti bilan tasvirlangan. Qo‘l 
kaftlari bir-
biriga qo‘yilgan. 

uzun choponda, boshida oq salla. Ko‘rinishi qat’iy. Portret murakkab yorug‘lik
-soya 
o‘yinida ifodali ishlangan. Ko‘zoynak taqqan ko‘zlari to‘g‘riga qaragan. Mahmudxo‘ja 
Behbudiy obrazi Munavvar Qori va Abdulla Qodiriy obrazlari bilan bir qatorda devoriy 
suratdagi markaziylardan hisob
lanadi, lekin bu guruhda ikkilamchi obrazning o‘zi 
yo‘q. Ularning barchasi o‘z xalqi, yurti, O‘zbekistoni uchun o‘zining hayoti, butun 
iqtidori va mehnatini qur
bon qildi. O‘ng tomon chetda shoir Abdulhamid Cho‘lpon 
(1897-1938) tasvirlangan. U yan
gi o‘zbek adabiyotining asoschilaridan biri 
hisoblanadi. Devoriy suratda Abdulhamid Cho‘lpon figurasi jadidlar guruhining 
o‘ngida chetda joylashti
ril
di. Chap qo‘li ko‘kragida tasvirlandi. 
Yuzida murakkab kechinmalar ifodalangan, negaki bunday ifodasi bilan u erkinlik, 
o‘z xalqiga muhabbat haqidagi she’rlarini o‘qishi mumkin. U oq ko‘y
lakka babochka 
taqilgan yevropacha kostyum kiyib olgan. Shamolda kostyum etaklari bari chetga 
chiqib keskin siluet hosil qilgan. Shoir boshdan-oyoq qora libosda, devoriy suratda 
uning o‘rni yaxshi to
pilgan. Jadidlar foni yuqori
sida ko‘tarilayotgan quyosh 
tasvirlangan, bu dav
latchilik ramzidir. Qo‘zg‘alonchi xalq boshida yangi hayot va 
erkinlik ramzi bo‘lgan Semurg‘ qushi uchib y
uribdi.
O‘zR Fa tarixi davlat muzeyidagi A.Aliqulov va hamkasblari ishlagan maho
batli 
devoriy surat yangi obrazlar va timsollarga boy bo‘ldi. Bu timsollar keng tomoshabin 
doirasiga xizmat qiladi, ularni ma’naviy va madaniy jihat
dan boyitadi. Rassomlar 
asarlarining tarixiy mazmuni davr talabi bilan belgi
landi. O‘z tarixiy ildizini yaxshi 
biladigan barkamol avlodni tarbiyalash bu asarning vazifasi hisoblanadi. Mustaqil 
O‘zbekiston madaniyatidagi tasviriy san’atning tarixiy janri ri
vojining alohida 
ahamiyati sababini bu janrda shakllangan butunlay yangi g‘oya
viy, tematik-mazmun 
sharoitidan va muhim XX asr boshida ro‘y bergan tari
xiy voqealarni aks ettirishiga 
yangi ijodiy yondashuvlardan, ma’rifatparvar jadid
lardan iborat tarixiy shaxslarning 
ishlaridan qidirish kerak. A.Aliqulov ijodidan tarixiy shaxslar obrazini yaratish va 
mamlakati
mizda o‘tgan yuzyilliklarda yuz bergan voqealarni aks ettirish asosiy o‘rin 
170
Алимова Д.А. История как история, История как наука. 
171
Каримов Н. Маҳмудҳўжа
Беҳбудий. –
Т.: “Ўзбекистон”, 2011. б. 
16.


150 
egal
lagan. Har bir davrga xos bo‘lgan liboslar, kishilarning tashqi qiyofasi va
muomala 
madani
yati o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiyatlar bilan aks ettirilgan. Asosan ras
somlar 
bu odamlar yashagan muhitni tasvirlashga intilganlar. O‘sha davrlar liboslari 
fotografiyalarini devoriy surat ishlangan O‘zR FA tarixi davlat muzeyi arxi
variusi 
taqdim etdi. Bulardan tashqari rassomlar o‘sha davrlardagi yozma manbalardan 
foydalandilar.
Masalan, 1892-1900-
yillari xalq qo‘zg‘alon ko‘tarishiga sabab bo‘lgan ma
halliy 
aholini Rossiya imperiyasidagi mardikorlik ishlariga jalb qilish haqidagi podsho 
farmonlari bunga misol bo‘la oladi. Bu yillar qo‘zg‘alon qah
ramonlari yonidagi 
raqamlar bilan belgilangan. O‘zR FA tarix davlat muze
yida A.Aliqulov va uning 
hamkasblari tomonidan jadidlar harakatiga bag‘ish
lab yaratilgan kompozitsiya 
markazida tasvirlangan jadidlar yuz ifodasi
ning jur’atliligi va mag‘rurligi ma’lum 
bo‘ladi. O‘z Vatanining ma’rifatparvari va Vatanparvari bo‘lgan jadidlar o‘z kela
jagini 
oldindan sezdi va o‘z xalqi erkin
ligi uchun joni
ni fido qilishga tayyor bo‘ldilar. 
Ularning barchasi 40-45 atrofi
dagi balog‘at yoshida bo‘lishgan, o‘lim xavfiga 
qaramasdan ular o‘zlarining ma’rifat
parvarlik va siyosiy maqsadlaridan qaytmaganlar. 
Jadidlar ma’rifatni mavjud bosqinchilik hukmronligi usullari rad etish
ga 
asoslangan 
madaniy va ma’naviy hayot sohasidagi harakat sifatida tal
qin etganlar. 
Jadidizm qudrati feodal tarbiya an’anasini rad etishda va demokra
tik pedagogikani 
shakllantirishi, rivojlantirishida ko‘rinadi. Jadid ma’ri
fatparvarlar bir nechta xorijiy 
tillarni bilar edi va yangi usuldagi maktablarni tashki
lotchilari bo‘lib qoldilar. Bu 
maktablarda diniy bilimlardan tashqari matematika, rus tili, geografiya singari 
fanlardan dunyoviy ilm
lar ham o‘rgatil
gan. Jadidlar yoshlarni xalq ijtimoiy hayotini 
yaxshilash uchun inson ongidan foy
dalanishini o‘rgatdilar. Ta’lim ma’rifat va sog‘lom 
fikr g‘oyasi jadidizmning oliy maqsadi bo‘lib qo
l
di. Ularning g‘oyalari 
ma’rifatparvarlar o‘z hisobidan nashr qilgan turli yo‘
nalishdagi adabiyotlar, gazeta va 
j
urnallardagi ommaviy chiqishlarida o‘z aksini topdi. Jadidlar adabiyotini yorqin 
ifodalangan yuksak fuqorolik oliy maqsadlar ajratib turdi. Ularning estetik va ijtimoiy 
g‘oyalari O‘zbekiston yangi adabiyotining ma’naviy asosi bo‘lib xizmat qildi, 
M.Behbud
iy, A.Cho‘lpon, A.Qodriy, A.Fitrat, A.Avloniy singari ma’rifatparvar 
adiblar bu adabiyot
ning asoschilari va yirik vakillari bo‘lib qoldilar. Muqimiy shunday 
yozgan edi: “

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish