O.Muinov. “Bibixonim”. 1996 yil.
Ta’kidlash joizki, tasviriy san’atdagi
tarixiy janrda portret yaratish anchayin
qiyinchilik tug‘diradi, negaki
bunda nafaqat
tarixiy
materialni,
balki
etnografiya,
arxitektura va asar qahramonlari yashagan
davrni ham bilish talab qilinadi. Yozuvchi
Ilya Erenburg ta’kidlaganidek, shoir
lardan
farqli “
Rassomlar daraxtlardek sekinroq
o‘sadi
”. Sa’atshunos G.Temurova
o‘z
maqolasida shunday yozadi: “Rassom
O.Muinov izlanishlar jarayonida shakllandi,
buning ma’nosi shundaki u tasviriy tizim
-
ning syujetli-bayoniy asosini ramziy-
majoziyga o‘zgartirdi”
147
. 1996 yili rassom
malika
Bibixonim
obrazini
yaratdi.
Sharafiddin Ali Yazdiy va Arabshohning
yilnomalari
dan ma’lumki, u hukmdor Amir
Temurning suyukli zav
jasi, uning o‘g‘illari
va nevaralarining tarbiyachisi bo‘lgan. Portretda yuz ifodasi, qo‘llar harakati barcha
si
uyg‘un. Ayniqsa malika Bibixonimning ba
land, nozik egilgan, tovus patlari taqilgan,
qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, yosh ayol
ning boshiga chiroyli qo‘ndi
rilgan bosh
kiyimi ko‘rkam.
Malikaning obrazi va libosini yaratish uchun rassom boy tafakkurga
ega bo‘
li
shi zarur edi. Shu ma’noda sirli va mo‘‘tadil yuz ifodasi eng e’tiborli joy bo‘lib
qol
di. Uning ko‘z qarashlari katta ma’noga ega. Nozik tashqi ko‘rinishi or
tida
Bibixonim
ning yengib bo‘lmas qudrati yashiringan edi, negaki hukmdor Amir Temur
uzoq harbiy safarlarga ketganda Movaraunnaxrni u boshqargan edi.
“Boborahim Mashrab
1657 yili Namanganda tug‘ildi, 1711 yili Balx shah
rida
vafot etdi. U o‘zbek adabiyoti klassigi, shoir va mutafakkir sufiylik ta
riqati oqimi vakili
va Naqshbandiya sufiylik tariqati darveshi (boshqa manbal
arga ko‘ra Mashrab
qalandarlar tariqatiga mansub bo‘lgan). Uning nomi Navoiy, Ogahiy, Muqimiy, Furqat
va Zavqiy singari o‘zbek adabiyotining taniq
li vakil
lari qatoridan joy olgan. U o‘zining
ijodi bilan XVII asr oxiri XVIII asr bosh
lari o‘zbek adabiyo
tining rivoji va
takomillashuviga sezilar
li ta’sir o‘tkazdi”
148
. “1992 yili Namangan shahri markazida
Mashrabga haykal o‘rnatildi (haykal
tarosh I.Jabborov). Haykal bosh darvozadan 30
metr ichka
rida park yo‘lagiga o‘rna
tildi. Haykaltarosh tanlagan shaxsiy izlanishda,
shakl-
shamoyilda o‘zining ramziyligi bor, kompozitsiyada ma’rifatga olib boradigan
uzoq yo‘lga otlangan, shahar darvozasiga qarab ketayotgan mutafakkir qiyofasi,
holatini berish maqsad qilingan. Haykaltarosh qahramonning holatiga ham, kiyimining
har bir bo‘la
giga ham diqqat bilan ishlov berdi, shu bilan uning harakatini ifodaladi.
147
Темурова Г. Певец женского образа. //
San
’
at
. №2,
-
Т., 2001. с. 36.
148
Машраб, Боборахим.
[
Эл.ресурс]. Режим доступа:
https://ru.wikipedia.org/wiki/
Машраб
,
_Боборахим
140
Do'stlaringiz bilan baham: |