2)
Ssenariy to‘qimasi ustida ishlash (mavzu, g‘oya, material, shakl).
3)
Ssenariy yuzasidan ish rejasini tuzish.
4)
Hujjatli materiallami to‘plash.
5)
Badiiy materiallami
to
‘plash.
6 ) Ta’sirchan vositalami tanlash.
7)
Ssenariy janrini aniqlash.
8 ) Ssenariy sujeti ustida ishlash.
9)
Ssenariy yo‘li (rang-barang hujjatli materiallami yagona
«o‘q» atrofiga uyushtirish) ustida izlanish.
10) Turli xil sahnaviy usullardan foydalanish (illyustrlash, teat
rlashtirish kabi).
11) Ssenariyning to‘liq adabiy matnini qog‘ozga tushirish.
Yuqorida aytib o ‘tganimizdek, madaniy tadbirlar ssenariysi-
ning eng muhim xususiyati - hujjatlilikdir. Hujjatlilik so‘nggi yil-
lar san’ati va adabiyotining asosiy negiziga aylanib qoldi. Badiiy
adabiyot, tasviriy san’at, kino va teatr san’atida hujjatlar tili bilan
so‘zlayotgan noyob asarlarni ko‘rishimiz mumkin. Biroq, san’at
asarlarida aniq hujjat va faktlardan foydalanishning o‘ziga xos usul-
lari bor. Madaniy-ma’rifiy muassasalarda o ‘tkaziladigan ommaviy-
badiiy tadbirlari ssenariysida hujjat va faktlami umumlashtirishning
muhim xususiyatlari mavjud. Fakt va hujjatlardan foydalanishda
madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariylari mualliflarining ma’suliyati
jumalistlar ma’suliyatidan kam emas. Madaniy-ma’rifiy muassasasi
xodimi ham mavjud faktlar, hujjatlami badiiylashtirib, tadbimi tash
kil etishga e’tibor qaratadi.
Hozirgi zamon sharoiti madaniy-ma’rifiy muassasa xodimlaridan
madaniy tadbirlar ta’sirchanligini oshirishda tajribada sinalgan va
yangi ish shakllari, uslublaridan foydalanishni, yoshlar qalbida Vatan-
ga bo‘lgan muhabbat, milliy iftixor tuyg‘usini yanada uyg‘ota olish
mahoratini egallashni taqozo etmoqda. Bu ayniqsa, tadbir ssenari-
ysida hujjatlilik qonun-qoidalariga rioya qilish, fakt va hujjatlami
o‘rinli ishlatish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan faktlami madaniy-
ma’rifiy muassasa faoliyatiga olib chiqish masalalari bilan bog‘liq.
Madaniy-ma’rifiy muassasalarda madaniy tadbirlari ssenariysi
hayot voqea -hodisalari bilan hujjatli faktlaming organik qo‘shiluvi
38
natijasida vujudga keladi. Shu m a’noda madaniy-ma’rifiy muassasa
ssenariysi badiiy-publitsistik xususiyatga ega. Voqelikni bir tomon-
dan badiiy vositalar orqali tadqiq etsa, ikkinchi tomondan mavjud,
aniq, o ‘ylab chiqarilmagan faktlar vositasida aks ettiradi.
Fakt va hujjatlar o‘z tabiatiga ko‘ra kishilarga m a’rifiy va tar-
biyaviy jihatdan ta’sir qilishda keng imkoniyatlarga ega. Faktning
ta’sirchanligi aniqligi, emotsional kuchi, ishontirish quvvati, avvalo
tomoshabinga psixologik ta’sir etadi. Ikkinchidan, faktning bunday
imkoniyatlari uning u yoki bu g‘oyalarga, kishilar shaxsiyatini shakl-
lantirishdagi rolini yanada kuchaytiradi. Ayni zamonda fakt va huj
jatlar kishilaming voqelikdan ta’sirlanishiga, unga aktiv munosabat
bildirishiga, uni baholashiga ko‘mak beradi. Sahnada talqin qilina-
yotgan hayotiy va tarixiy faktlardan, hujjatlardan tomoshabinning
hayajonlanishi - uning hayotda, jamoada yashash, ishlash, o ‘qish,
rivqjlanish kabi tushunchalariga ijobiy ta’sir etadi.
Madaniy-ma’rifiy muassasalaridagi madaniy tadbirlar ssenariy-
lariga ham shu talablar qo‘yiladi. Zero, madaniy-ma’rifiy muas-
sasada o'tkazilgan birorta tadbir yo‘qki, unda fakt va hujjatlardan
loydalanilmagan bo‘lsin. Umuman, voqelikni hujjatli-publitsistik
il'odalash usuli - madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariysining ham
inuhiin xususiyatidir.
Aniq fakt muhim tarbiyaviy va tashkilotchilik, safarbarlik xu-
*UHiynligii ega, Mavzu va g‘oyani talqin etuvchi muhim faktni tan-
lity biliNli kullii san’atdir. Konkret (aniq) fakt birinchidan, mavzuni
!o'liu|ittili ilodalaydi. ikkinchidan, fikrini, mulohazani, muammoni
kiichuyliradi. In’kidluydi, cluiqurlashtiradi. Aniq fakt hamisha ijti-
moiy, iqtisodiy va madaniy bilimlarni boyitadi.
Ssenariyda fakt tali I i 1 i muhim ahainiyatga ega. Masalan, biror ish-
lub-chiqarish tashkilotining mehnat yutuqlari haqida gap ketganda,
qator ju/.’iy va umumiy faktlar keltiriladi. Ana shu faktning iqtisodiy
samarasi aytilganda, ana shu samaraga qanday erishilgani, qaysi usul-
lardan loydalanilgani tahlil etilgandagina fakt-natija auditoriyada
muayyan tasavvur paydo qiladi. Bu esa bilimdir.
Faktlar ummonidan eng muhimlarini tanlash, ulami ilmiy, izchil
nsosda bayon qilish targ‘ibot va tashviqotning, jumladan madaniy-
39
m a’rifiy muassasa madaniy-ma’rifiy ishlarining ishontirish, asoslash
quvvatini ta’minlaydi.
Fakt - ishontirish san’atidir. Zero, har qanday fakt «tag-tomirida»
aniq - voqea-hodisa, obyektiv reallik harakat qiladi. Haqiqat va sox-
talik fakt- dalil orqali o‘zligini namoyon etadi.
Tadbirlar fikr va faktlami jonli, ehtirosli bayon qilish, ijobiy va
salbiy hodisalami aniq fakt-dalil orqali qiyoslash, qiyoslashning turli
usullari: tarix va zamonaviy, ilmiy va amaliy, badiiy va hayotiy fakt-
lardan mohirona foydalanish kerak boiadi. Lekin ko‘pgina tadbir
larda kishilar nutqi zerikarli, siyqasi chiqqan, ishontirish quvvati kam
faktlardan tarkib topadi. Teatrlashtirish yoki badiiylik mezonidan
chetga chiqib, go‘yo hisobot yoki ehtirossiz m a’ruzaga o‘xshaydi,
majlis nutqiga o ‘xshaydi. Bunga sabab esa tadbir ssenariysining
puxta ishlanmaganligi, ssenaristning notiq bilan ijodiy hamkorlik
o ‘matmaganidir. Konkret faktlar asosidagi jangovar, otashin nutq
auditoriyada hayajonli kayfiyat hosil qiladi, bilim beradi. Odamlarga
hayotiga yakin faktlar targ‘ib qilinayotgan paytda tinglovchi yoki to-
moshabinlaming qiziqishlari ortadi, ammo notiq tinglovchilaming
qiziqishlari bilan b o g iay olmagan misollar paydo boiishi bilanoq bu
e’tibor so‘nadi. Agar tinglovchilaming ishlab chiqarish, ijtimoiy yoki
shaxs hayoti uchun faktlaming qanday amaliy ahamiyatga egaligi
ko‘rsatilsa, faktlardan foydalanish samaradorligi ortadi.
Hujjat va faktlami madaniy tadbirlar ssenariysi asosiga singdirish
uchun avvalo tadbir o ‘tkazilayotgan joy (shahar, tuman, korxona)
ning shart-sharoitini, demografik xususiyatini, geografik muhitini
yaxshi bilish va chuqur o ‘rganish, o ‘sha joyga xos xarakterli faktlami
to‘plash, ular mazmunidan madaniy tadbiming mavzu va g ‘oyasini
topish, sujet voqealarini belgilash, konkret voqealar, real (aniq) fakt
lar, hujjatlar, raqamlar haqida hikoya qilish kabilar ssenariyning mu-
kammalligiga xizmat qiladi.
Ssenariyning mazmunidan kelib chiqib, hujjatlilik tadbir mav-
zusining diqqat markazida turm ogi lozim. Tadbir ssenariylarining
maxsus xususiyatini belgilaydigan hujjatlar va faktlar ma’no va me-
zon jihatdan bir xil tushunchalardir, degan noto‘g‘ri xulosa chiqar-
maslik kerak. Fakt va hujjat tushunchalari analogik mazmunga ega
40
emas. Fakt - bu aniq tarixiy hodisadir. Hujjat esa fakt haqidagi sha-
hodatnomadir. Demak, fakt va hujjat tushunchalari ichki mazmuniga
ko‘ra bir-birini to‘ldiradi.
Kino, televidenie, radio va teatr dramaturgiyasi hujjatliligidan
madaniy tadbirlar ssenariysi hujjatliligining farqi shundaki, unda
aniq shahar, tuman, viloyat, korxona, shuningdek, ijtimoiy faoliyat
bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilaming ijodiy mehnati, shaxsiy turmushi,
ma’naviy-axloqiy fazilatlari haqida hikoya qilinadi. Real (aniq) qah-
ramonlaming taqdirlarini teatr qonun-qoidalari orqali ko‘rsatish,
tarixiy va hayotiy voqea-hodisalar, faktlami aniq ommaviy audi-
toriya oldida namoyish qilish, zamondoshlarimizning yoki tarixiy
shaxsning obrazli-publitsistik qiyofasini xarakterlash - madaniy
tadbirlar ssenariylari hujjatliligini ko ‘rsatuvchi asosiy mezonlardir.
Har bir ssenariy asosida biror aniq fakt yoki hodisa yotadi. Ular
tomoshabinni qiziqtira olishi kerak. Ssenariyning hujjatliligi haqi
da gapirilganda, uning spetsifikasi va mohiyati haqida gapirgan
boiam iz. Masalan, odam savdosiga qarshi kurash mavzusi, giyoh-
vandlikka qarshi kurash mavzularini olaylik. Bunda, ko‘pgina yosh
yigit-qizlarimiz o ‘z yurtlarida ota-onasi, Vataniga foydasi tegishi
o'rniga o ‘zga yurtlarga borib katta daromad qilishni orzu qiladilar.
Ammo, ularni o‘zga yurtlarda nimalar kutayotganligini tasavvur
ham qilmaydilar. Tadbirlarda keltirilgan faktlar, hujjatlar va dalillar
asoslangan lutlda namoyish ctilishi kerak. Insonlarni o ‘zga yurtlar
da yurib katta mablag1 topish xomxayol ekanligi, u yerlarda insonga
mardikor sil'atida qaralishi, turli fojialar hamma -hammasi faktik
materiallarga asoslanishi tomoshabin ongiga ta’sir qilishning eng
zo‘r usullaridandir. Yoki, giyohvand uchun kelajak yo‘qligi, kimki
bunday ishlar bilan shug‘ullansa oxiri voy boiishini yorqin misol-
larda tasvirlash ssenaristdan katta mahorat talab qiladi.
Madaniyat muassasasida o ‘tkazilayotgan teatrlashtirilgan to-
moshalar, bayramlar, tantanali marosimlar va boshqa tadbirlar bevo-
sita hujjatli materialni adabiy qayta ishlash asosida ro‘yobga chiqadi.
Madaniy tadbirlari ssenariysining hujjatliligi haqida gapirganda
ikki sifatga e’tibor berish kerak, ya’ni quyidagilami ssenariy uchun
hujjat b o iib xizmat qiladi, desak to‘g‘ri boiadi:
41
Birinchidan, tadbir voqeasiga, qahramonlar taqdiriga, to-
moshabinga bevosita aloqador, ijtimoiy ahamiyatga ega boigan,
tadbir o ‘tkazish munosabati bilan yozib olingan videolavhalar, xat-
lar, kundaliklar, xotiralar, memuarlar, rasmiy hujjatlar (farmonlar,
buyruqlar, qarorlar, tavsiyanomalar, ruxsatnomalar, bayonnomalar),
prezident nutqlari, olimlar, yozuvchilar, shoirlaming so‘zlari yozib
olingan tasmalar, fotohujjatlar (davlat va shaxsiy arxiv materialla-
rining suratlari, tarixiy va hayotiy suratlar, kishilaming portretlari);
kinohujjatlar (kinolardan olingan fragment kadrlar) va boshqalar.
Ikkinchidan, ssenariy hujjatliligini badiiy materiallar (musiqa,
xoreografiya, drama, proza, poeziya va boshqa asarlardan olingan
fragmentlar) ta’minlaydi. Ssenariydagi bunday hujjatlilik hamisha to-
moshabinni ishontiradi. Ayni vaqtda bu hujjatlilik ssenariyni mahalliy
sharoit, milliy kolorit bilan o ‘zaro bog‘laydi.
Bir so‘z bilan aytganda,tadbiming kompozitsion qurilishini to‘g ‘ri
tuzish tadbiming tempo-ritmini ushlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |