Madaniyat instituti vahobjon rustamov ssenariynavislik mahorati


 Rustamov V.Sahnaviy ifoda vositalari, Т., 2007y,35-bet



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/146
Sana02.02.2022
Hajmi4,74 Mb.
#425978
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   146
12 Rustamov V.Sahnaviy ifoda vositalari, Т., 2007y,35-bet
29


Drama hamma vaqt o‘z qahramonlarini yaratadi. Badiiylik qa- 
chonki yangi muammolar, yangi sujetlar, yangi ziddiyatlar asosiga 
qurilgandagina o ‘z jamolini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yoshlar hayotiga 
bag‘ishlangan tadbir ssenariysi asosida kuchli muammolar yotishi 
kerak. Chunki, o‘smirlik davri - inson umrining burilish nuqtalaridir. 
Ular turmushning ildizi, chuqur masalalari bilan qiziqadilar. Yoshlar 
hayotiga bag‘ishlangan ko‘pgina tadbirlar ssenariysida o‘tkir zid­
diyatlar yetishmaydi. Mahoratli ssenarist o‘z asarida yoshlar hayo- 
tidagi muammolami ifodalaydigan mahalliy faktlardan, shuningdek 
adabiyot va san’at asarlaridan foydalanib, o‘tkir dramatik vaziyat­
lar yaratadi. Bular so‘zga chiquvchilaming gaplari, turli lavhalar, 
ko‘rinishlar, illyustrativ materiallar tarzida ssenariyga, u asosidagi 
tadbirga ta’sirchanlik bag‘ishlaydi, uni mazmundor qiladi.
Madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariysining sujeti - uning bevosita 
mazmunini tashkil etgan, o‘zaro bogiangan va rivojlanib boruvchi 
hayotiy dalillar va voqealardir. Sujetda ssenariy orqali talqin etilayot- 
gan voqealar ichidagi eng muhim to‘qnashuvlar, qarama-qarshiliklar 
va kishilarning o ‘zaro munosabatlari aks etadi.
Tadbir ssenariysini yorqin sujet asosida qiziqarli qilib yozish -
dramatik ijodning muhim talabidir. Ssenariy sujeti qiziqarli materi­
allar, hujjatlar, xotiralar, aniq asoslar, kishilar taqdiri asosida bay on 
qlinishi kerak. 
Sujet
- muhim hayotiy ziddiyatlami va xarakterlar- 
ning shakllanishida imkoniyatlar vositasidir. U yozuvchiga xarak- 
ter va shart-sharoit yaratish, odamlar orasidagi munosabatlar va 
ziddiyatlami yuzaga chiqarish imkonini beradi. Bunday vaziyatda 
asardagi qo‘yilgan maqsadga to iiq erishish va g‘oyaning ifoda 
etilishiga keng yo ‘l ochiladi. Sujet bir butunlik b o iib , aniq kompo­
zitsion tuzilishning tarkibiy qismlarini, y a’ni prolog, ekspozitsiya, 
tugun, kulminatsiya, voqealar qatori va yechim kabi tushunchalarni 
ham qamrab oladi.
Tanlangan sujet - ssenariydagi badiiy va publitsistik material- 
lami uyushtirishi, mavzu va g ‘oyani hissiyotli qilib ochishga xizmat 
qilishi lozim. Shunda sujet voqeadan-voqeaga qarab umumlashib 
boradi. Bunday sujetlar, xronologik va retrospektiv (o‘tmishga qa- 
ratilgan) sujet asosiga qurilgan tadbirlar ssenariysida qoilanadi.
30


Bunday usullar orqali tarixni, o‘tmishni va bugungi kun nazari bilan 
gavdalantirish mahoratini namoyish etiladi.
Har qanday tadbimi tashkil etishda avvalo uning ssenariysi uchun 
manbalar to‘planishi haqida yuqorida aytib o‘tilgan edi. Ssenariy dra­
matik asaming rejasi hamdir. Ssenariylaming yuqorida sanab o‘tilgan 
turlaridan tashqari, uning yana quyidagi shakllari haqida ham man- 
balarda ma’lumotlar berilgan: Masalan:
1. Kino san’ati tasviriy vositalari yordamida ekranda 
ko'rsatishga m o‘ljallangan adabiy asar;
2. Improvizatsiya - teatrida spektaklning sujet sxemasi (bun- 
da pyesa mazmuni dialog va monologlarsiz qisqacha bayon etilib, 
voqeaning muhim tomonlari, personaj laming sahnaga chiqishlari 
ko‘rsatilgan qo‘shimcha ko‘rinishlari aniq belgilangan bo‘ladi);
3. Balet sujetining batafsil bayoni;
4. Operada liberettoning dramaturgik rejasi. Bu kabi 
san’atlarda ssenariyning yozilishi o ‘ziga xos bo‘lgan yondoshuvni 
talab etadi. Aslida teatr san’ati uchun ssenariy emas, tayyor yozil- 
gan dramatik manba (pyesa)dan foydalanilishi haqida yuqorida aytib 
o'tgan edik.
Ssenariy - hozirgi zamon sharoitida madaniy-ma’rifiy muassa- 
salarning faoliyatini yaxshilashning ham asosiy mezoni bo‘lib qoldi. 
Minobarin. madaniy-ma’rifiy muassasalari ishini yanada takomil- 
liishlirishning muhim vazifasi - auditoriyaga goyaviy ta’sir qilishni 
kudiaylinslulan iboraldir.
Ssenariy rejasida improvizatsiya (improvizatsiya -(lot. Impro- 
visus) 
to'satdan, kulilmagan, tasodifan degan ma’noni bildiradi) 
xususiyatiarini hisobga olish zarur. Masalan, savol-javob, dam olish 
keehalarini olaylik. Ularda olib boruvchi - boshlovchi tadbir maz- 
munini, sahnada yoki auditoriyada bo‘layotgan jarayonni boshqarib 
boradi, kishilar diqqatini bir epizoddan ikkinchi epizodga jalb etadi, 
oldindan belgilangan munozara qiluvchilarga fikr almashishga im- 
kon beradi, tomoshabinlarga badiiy-publitsistik so‘z vositasida ta’sir 
ko‘rsatadi, so‘zga chiquvehilaming sahnaga yoki minbarga chiqish- 
larini uyushtiradi. Shunday qilib, dastur boshlovchisi (olib boruvchi 
suhandon) tadbir mazmuni, voqealari, epizodlari bilan oldindan tanish
31


bo‘lishi va shu asosda improvizatsiya qilishi mumkin. Olib boruvchi 
tadbir jarayonida vaziyat taqozosi bilan ssenariyni toidirishi, boy- 
itishi, jonlantirishi lozim. Ammo improvizatsiya ssenariyni inkor 
etmaydi. Ko‘pchilik madaniy-ma’rifiy muassasa tadbirlari, masa- 
lan, madaniy-ommaviy tadbirlar, badiiylashgan publitsistik kecha- 
lar, muallif tafakkuri asosida o ‘tkaziladigan tadbirlar uchun rnukam- 
mal ssenariy yozish shart. Bu tadbirlarda ham sahnalashtirishga oid 
barcha jarayonlar (rejissura, tasviriy san’at, musiqa, nur, shovqin va 
boshqa vositalar) dan keng foydalaniladi.
Har bir yangi, mustaqil ssenariy - ijodiy mehnat mahsulidir. U 
shu turdagi oldingi ssenariylaming nusxasi bo‘lmasligi kerak. Av- 
val yaratilgan ssenariylarni yangi mavzu va hujjatlar talabiga binoan 
o ‘zgartirish, mazmunan boyitish, tahrir etish, xullas, mumkin qadar 
yangilash -yangi manbani paydo boiishga sabab boiadi.
Har qanday tadbir o‘zining auditoriyasiga ega. Biror muassasada 
o ‘tkazilgan tadbimi ikkinchisiga aynan ko‘chirib boim aydi. Uni im- 
koni boricha o‘sha tashkilot, o ‘sha jamoa yoki mahalliy shart-sharoit- 
lariga moslashtirish 
katta
samara beradi.
Tadbirlarda berilishi lozim boigan ma’lumotlar badiiylashtirilgan 
holda berilsa maqsadga muvofiq boTadi. Aytaylik, biron-bir mashhur 
san’atkoming tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbirda ma’lumotlar faqat 
boshlovchilar tomonidan o‘qib berilgandan ko‘ra, uni sahnaviy ko‘rinishda 
yoki video lavhalar orqali namoyish etsa ta’sirchanligi yuqori boiadi.
Madaniy tadbirlarda tomoshabinlami tadbir ishtirokchilariga 
aylantirish muhim jihatlardan hisoblanadi. Tadbir ishtirokchilarining 
faolligi tadbiming tempo-ritmini belgilaydi hamda uning samarali 
tashkil etilganligidan dalolat beradi.
Madaniy tadbirlar ssenariysida ijtimoiy hayotning voqea-hodisa- 
lari tasvirlanadi.
Muallif ssenariy ustida ishlash davomida zamr hujjatli va adabiy 
materiallami tanlaydi va ulami tahlil qiladi, turli xil so‘rovnomalar va 
repertuar to‘plamlaridan foydalanadi, she’r, qo‘shiq, kinofilmlardan 
lavhalar oladi, rang-barang tarixiy materiallami ijodiy montaj qiladi, 
ulami muayyan mavzu, sujet tizimi va g‘oya asosida umumlashtirib 
tomoshabinga yetkazadi.
32


Badiiy-ommaviy tadbirlar ssenariysi muallifi mafkuraviy hayotni 
chuqur bilishi kerak. U o‘z ssenariysini shu kunning dolzarb masa- 
lalariga bag‘ishlab turli suhbat-intervyulami matnga singdiradi, res- 
publika miqyosiga ega b o ig an ko‘rgazmali material lar, raqamlar, il- 
lyustrativ vositalardan foydalanadi.
Yil davomida madaniyat va san’at sohasida ishlayotgan xodim- 
lar deyarli har oyda bir nechta tadbirlar o‘tkazish uchun ssenariylami 
yozishlariga to‘g‘ri keladi. Buni bayramlarimiz misolda ham aytib 
o ‘tish mumkin. Masalan, sentabr oyida “Mustaqillik”, oktabr oyida 
“Ustoz va murabbiylar” kuni, dekabr oyida Konstitusiya kuni, Yan­
gi yil, Alisher Navoiy, Bobur, Amir Temur kabi ulug‘ ajdodlarimiz 
tavalludlariga bag‘ishlangan yubiley kechalari, yanvar oyida Vatan 
himoyachilari kuni, mart oyida 8-mart Xotin-qizlar kuni, Navro‘z 
bayrami, 9-may “Xotira va qadrlash “kuni, iyun “Bolalami himoya 
qilish" kuni va boshqa bayramlar diyorimizni bayramlar mamlakati 
ekanligidan dalolat berib turibdi.
Madaniy tadbirlaming barcha shakllari uchun ham ssenariy yozili- 
shi bu ijobiy holdir. Madaniy-ma’rifiy muassasalari ssenariysi -
bo‘lg‘usi tomoshaning so‘zlar, dalilar orqali bayon etilgan mantiqidir. 
Madaniy tadbirlaming ba’zilari, masalan, tematik konsertlar, savol- 
javob uchrashuv, raqs kechalari, og‘zaki jumallar, askiya kechalari, 
“Quvnoqlar va /ukkolar” bellashuvlari kabilar lirik tabiatiga ko‘ra 
delallashlirilgan ssenariyni talab qilmaydi. Ular uchun ssenariy re- 
jasi (plani) luziladi. Bunday tadbirlarda kechada so‘zga chiquvchilar- 
ning nomlari, nomerlar, nima haqida so‘z borishi qisqacha yoziladi. 
Ssenariy rejasi - turli chiqishlarning qisqacha bayoni, aniq dramatik 
holatlaming qisqa qaydlaridir. Dastur masalan, madaniy tadbirlaming 
turlaridan biri boTmish davra suhbatlarida ko'proq ishlatiladi.
Ammo, ko‘pgina hollarda tadbirlar zo‘rma-zo‘raki tarzda tashkil 
etiladi. Tadbir tashkilotchilari yuqori tashkilotlardan olgan vazifalarni 
“tezroq o ‘tsab o ‘ldi” qabilida ish tutadilar. Tadbir o‘tdi, deb rasmlarga 
tushib, bayonnomalar tuzish bilan ish bitmaydi. Har bir tadbiming 
oldiga katta maqsadlami qo‘ygan holda o ‘tkazish kerak. Tadbiming 
katta yoki kichigi boim aydi. Bu faoliyatning barchasining vazifasi
- insonlarga to‘g ‘ri tarbiya berish, m a’naviy boyitish, bo‘sh vaqtlarni
33


to‘g ‘ri tashkil etish, uni mazmunli o ‘tkazish va boshqa ijobiy hislami 
jo etishga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish