Madaniyat instituti vahobjon rustamov ssenariynavislik mahorati


  С.К.Борисов. Основы драматургии театрализаванного действа



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/146
Sana02.02.2022
Hajmi4,74 Mb.
#425978
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146
13 
С.К.Борисов. Основы драматургии театрализаванного действа.
Челябинск.2007,126.
34


matn shaklida berilgan so‘zlami sahnaga ko‘chirish, tomoshabinning 
c ’tiboriga havola etish va buning natijasi sifatida olingan ijod mahsuli 
insonlarga ma’naviy, estetik ehtiyojlarini qondirishga, bo‘sh vaqtla- 
rini mazmunli o‘tkazishga, charchoqlarini chiqarishga va boshqa bir 
qancha maqsadlarni amalga oshirishga turtki bo‘lishi lozimligi haqida 
manbalarda m a’lumotlar berilgan. Tadbimi san’at darajasida tashkil 
etilishi bu ssenariyning to‘laqonligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Ssenariyni sahnaga olib chiqishda uning illyustratsiyalashtirish va 
tcatrlashtirilish usullaridan foydalanishi tadbimi mazmunli chiqishida 
katta samara beradi.
Madaniy tadbirlarida informatsion materialning san’at materiali 
bilan mantiqiy birikuvi 
illyustratsiyalashtirish
deyiladi. Ya’ni aniq, 
mavjud faktlami poeziya, proza, musiqa, kinoparehalar, suratlar bilan 
i/ohlashdir. Bu usulda barcha hayotiy va badiiy materiallaming mus- 
taqilligi saqlanadi, ular bir-biridan ayricha mustaqil harakat qiladilar.
Jllyustrlashtirish - bu san’at elementlarini u yoki bu shaklda 
madaniyat muassasasidagi targ‘ibot va tashviqotga singdirish de- 
mukdir. U tanlangan shaklga o ‘zgartirish kiritmaydi, balki, uning 
y'oyaviy-emotsionalligini kuchaytiradi, y a ’ni san’at element- 
lari so'/.ga chiquvchilar va boshqaruvchi so‘zi bilan parallel ra- 
vishda davom etib, tadbir mazmunini tomoshabinlarga yetkazadi, 
K'oyaviy fikrni yorqin ifodalaydi. lllyustrlashtirish usulida tayy- 
orlungnn Imlbii qismlarini m av/u va g ‘oyaviy fikr qovushtirib tu- 
uuli Hit so1/ hilun aytgaiula, tadbir mazmunini xilma-xil badiiy 
koiupoMcntliii orqali tomoshabinga yetkazish - illyustrlashtirish 
usulmiiig bosh va/ifasidir.
Tadbirdagi badiiy va xujjatli faktlarni teatr, dramaturgiya qo- 
min-qoiclalari asosida umumlashtirish teatrlashtirish usuli orqali 
amalga oshiriladi. Bu usul faqatgina tadbiming barcha kompo- 
nentlarini o ‘ziga bo‘ysundirib, umumlashtirib qolmasdan, balki 
u tadbir qatnashchilarining aktivligini oshiradi. Tadbirda tomo- 
sha, o'yin vaziyati yaratish ham teatrlashtirishning muhim xu- 
susiyatidir. Teatrlashtirish madaniyat muassasi ishining ijtimoiy- 
psixologik ish shakli hisoblanadi. U ssenariyda ikki y o ‘nalishda 
namoyon bo'ladi:
35


1) fakt va hujjatlami tashkil etadi;
2)
kishilaming xatti-harakatini uyushtiradi. Ular ssenariyda 
qorishiq, bir-biriga bo g iiq holda keladi.
Demak, har bir ssenariy asosida avvalo aniq, hayotiy material 
yotadi. Ssenariyga asos boig an bu materialni aniq (real) qahramonlar 
taqdiri orqali ko‘rsatish - teatrlashtirishning bosh vazifasidir. U to- 
moshabinni harakatga soladi, aktivlashtiradi, maqsadga yo‘naltiradi.
Teatrlashtirish deganda teatr dramaturgiyasi qonunlariga asoslan- 
gan holda yaratilgan kompozitsiyani tushunish mumkin. Teatrlashti­
rish - biror mavzu haqidagi o‘nlab informatsion faktlami aniqlashti- 
rish, kishilar taqdirini obrazli vositalar yordamida ko‘rsatish, mavzu 
va g ‘oyani yig‘ma va publitsistik umumlashtirish orqali ochishdir. 
Tadbimi aniq faktlar va qahramonlarsiz teatrlashtirib boim aydi. 
Teatrlashtirish - tadbir g ‘oyasi va mavzusining organik qo‘shiluvi 
bo‘lib qolmay, balki kompozitsion butunlikni namoyon qiluvchi usul- 
dir. Bu esa bayram qatnashchilarining o‘zlari teatrlashtirilgan omma- 
viy harakatning jamoa qahramoniga aylanishlarini talab qiladi. Bunday 
harakatda hamma vaqt aniq asoslar, qahramonlar mavjud. Ssenarist va 
rejissoming vazifasi esa ana shu aniq harakatni badiiy qolipga solish- 
dan, aniq obrazning emotsional jarangdorligini kuchaytirishdan iborat.
Tadbirlar ssenariysini yaratishda illyustrlashtirish va teatrlashtirish 
usullaming o‘ziga xos xususiyatlarini albatta hisobga olish kerak. Ular 
hujjatlilik,shartliylik, g‘oyaviylik, obrazlilik, badiiylik, hayotiy kon­
flikt (ziddiyat), tomoshabin faolligiga asoslagan holda yaratiladi.Tad- 
birlami tashkil etishda ssenaristda rejissorlik nuqtai nazari boTishi 
lozim. Ssenarist ssenariyni yaratish mobaynida ko‘z oldiga keltirgan 
narsasini qog‘ozga tushurishda katta bilimlar xazinasiga ega boiishi 
talab etiladi. Tadbir tashkilotchisi bergan topshiriq asosida ssenariy­
ni yaratishda ijodiy guruhning maqsad va vazifalarini aniqlab olish, 
uning mazmunli chiqishini ta’minlash va tadbiming yuqori saviya- 
sida tashkil etish ssenariynavisning mahoratida namoyon b o im o g ‘i 
lozim.
Ijod murakkab jarayon bo‘lib, u izlanishlar natijasidir. Dra- 
maturg uning voqealari, epizodlari ustida ko‘p o ‘ylaydi. Ssenariy 
qog‘ozga tushgunga qadar dramaturg uni ongida pishirib boradi.
36


Har qanday san’at asari singari madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariysi 
ham ma’lum bir mazmun ohangida dunyoga keladi.
Madaniy-ma’rifiy muassasasining yillik ish rejasi - madaniyat 
muassasasi dramaturgiyasi uchun mavzuiy asosdir. Bu rejalarda 
muassasalar ish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: vatanparvarlik, 
mehnatsevarlik, sadoqat, ekologik, jismoniy estetik tarbiya, dam 
olishni tashkil etish, bolalar va o‘smirlar bilan ishlash va boshqa 
masalalar belgilanadi. Bu tadbirlar madaniy-ma’rifiy muassasalarda 
dramaturgiyaga xos bilimlarga ega boiishni talab etadi.
Bayram tantanalarini mazmunli tashkil ssenariylarning mu- 
kammal yozilganligida o ‘z aksini topishi lozim. Mukammallik esa 
ssenariyning faktlarga boyligi, badiiy vositalardan unumli, san’at 
vositalaridan aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanilganligi, 
mazmunni to iiq ifodalab beruvchi matnning jozibadorligi, tanlangan 
manbalaming ishonchliligi va boshqa jihatlarda namoyon boiadi. 
Barcha ma’lumotlarni badiiylashtirish orqali tomoshabinga yetkazish 
vositalarini izlab topish ssenaristdan katta mahorat talab etadi.
I lar qanday madaniyat xodimi yoki san’atkor bir o ‘tirishda mu- 
kammal ssenariy yozishi mumkin emas, deb o ‘ylaydi. Ssenariy aniq 
o'ylangan, kuzatilgan, tajribadan o‘tkazilgan, faktlarga asoslangan, 
badiiy jihatdan qimmatli maiumotlarga boy b o ig an ijod namuna- 
sidir. Mukammal ssenariyning yaratilishi o ‘tkazilmoqchi b o ig an
Imlbiming yiiiim g'alabasidir, desak mubolag‘a boim aydi. Tadbir- 
nlng mu/muni, uning tomoshabinlarga ta’siri, tarbiyaviy, mafkuraviy 
lomoiilmi, nxloqiy va estetik jihatlarining ssenariyga singdirilishi - 
ssenaristning mnlmratini belgilaydi.
Ssenariyda quyidagi maqsadlar amalga oshirilishi lozim:
1) ssenariy hayotdagi muhim masalani ifodalashi;
2) hayot haqiqatini ko'rsatish;
3) yangilikni, ilg'or tajribani kashf etishi va uni xalqchil talqin etishi;
4 ) inustaqilligimiz qahramonlarining yorqin obrazini badiiy- 
publitsistik gavdalantirish lozim.
Adabiy ssenariy ustida ishlash bir necha bosqichlarda olib bo- 
riladi. Bu ijodiy jarayon quyidagilami o‘zida qamrab olishi zarur:
1) Ssenariy yozishidan maqsad (masalaning qo‘yilishi);
37



Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish