10-rasm. Qulupnay
Piyoz (Allium) — loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik va koʻpyillikoʻtsimonoʻsimliklar turkumi, sabzavot va manzarali ekin. Shim. yarim sharda 500 ga yaqin turi maʼlum. Eng koʻp turlariOʻrtaOsiyo, Kavkaz, Sharqiy Sibirda, kamroq turi Yevropada va UzoqSharqda uchraydi. Oʻzbekistonda P.ning doyra piyoz (qirqbarg piyoz), piskom P. (togʻ piyoz), koʻrimsiz piyoz, gʻadir-budur piyoz, havorang P. (gulpiyoz), yovvoyisarimsoq P., sarimsoq P. (sarimsoq), Shubert P.i (choʻchqa piyoz), qoratov piyozi (choʻchqaquloq), novcha piyoz (anzur piyoz), chimyon P., Seversov P. i kabi 15 yovvoyi turi usadi. Asosan, 6 turi — osh P. (vatani Oʻrta Osiyo va Afgʻoniston), batun P. (vatani Sharqiy Sibirning janubi), porey P. (vatani Oʻrtadengizboʻylari) va b. ekib yetishtiriladi.
Eng koʻp tarqalgan turi osh P. (A. cepa L.) tuproq unumdorligiga gʻoyat talabchan, sovuqqa chidamli va oʻta namsevar sabzavot ekini. Oʻrta Osiyodan tashqari AQSH, Bolgariya, Ispaniya,Misr, Fransiya, Italiya va Yaponiyada koʻp ekiladi. Oʻzbekistonda 2 yillik, ayrim mamlakatlarda 2 va 4 yillik ekin. P. boshlari yapaloq, uzunchoq yoki yumaloq. Tarkibida (navlariga qarab) 2,4—14% qand, 2—13,9 mg% S vitami-ni, efir moyi, bargida esa 19—57,7 mg% S vitamini, shuningdek, A, V,, V2 vitaminlari va 1,3—5,9 mg% A pro-vitamini, limon va olma kislotalar, fitonsidlar va b. bor.
11-rasm. Piyoz
Sholg'om O'rta Osiyo xalqlarining eng sevimli sabzavotlaridan biridir .Sholg'om o'zida kishi salomatligiga tirgak bo'luvchi nuqra elementlar . Juda ko'p miqdorda C vitamini va o'ziga hos xid ufurib turuvchi glyukozid saqlaydi . Sholg'om pishirilganda shifobaxshligi ortadi . Chunki pishirilish jarayonida undagi glyukozid xantal moyiga aylanadi . (Xantal 1 yillik o'simlikdir) U ishtahani yaxshilab ,asab tolalarini uyg'otadi . Sholg'om xalq tabobatida o'pka, nafas yo'li kasalliklarida ,jarohat xuruj qilgan paytlarda ,yurak betoqatlanganda qo'llaniladi . Balg'am ko'chiruvchi ,nazla haydovchi sifatida xalqimiz undan qaynatma sho'rva qilib ichadi. Dimlangan sholg'om esa me`da ichak yo'li faoliyatini uyg'unlashtiradi . (A.Alimov)
Qishning sovuq kunlarida inson organizmini zarur darmondorilar bilan to‘yintirish va boyitishda sholg‘omning alohida o‘rni bor. Ushbu sabzavotdan turli taomlar, salatlar va konservalar tayyorlash mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sholg‘omning tarkibida natriy, kaliy, kalьtsiy, magniy, temir, yod kabi elementlar uchraydi. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino sholg‘om urug‘idan tayyorlangan dorilar bilan qovuq, ko‘z va teri kasalliklarini davolagan. Xususan, bu sabzavotni ko‘rish quvvatini yaxshilashda, terining sovuqdan yorilishlarini davolashda tavsiya etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |