3-rasm. Bug’doy
Bug’doy Old va Oʻrta Osiyo mamlakatlarida mil. av. 7—6 ming yilliklarda maʼlum boʻlgan. 17-a.dan boshlab Shim. Amerikada ekila boshladi. B. Yer sharida shim.da 66° sh. k.da (Shvesiya), Rossiyada esa tajriba maydonlarida 76*44’ sh. k.da (Murmansk viloyati); jan.da Avstraliya, Jan. Amerika, Afrikaning jan. chegaralarigacha ekiladi. Jahonda B. ekiladigan mayd.lar 250 mln. gektarga yaqin boʻlib, yetishtiriladigan donning qariyb 30% B.ga toʻgʻri keladi (oʻrtacha 360 mln. t dan ortiq). Asosiy gʻallakor mamlakatlar — Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada. Oʻzbekistonda 90-y.larning boshidan respublikaning gʻalla mustaqilligini taʼminlash uchun B. ekiladigan maydonlar kengaytirildi (1,2 mln. ga; 1999).
Botanik tavsifi. B.ning ildiz sistemasi popuk ildiz boʻlib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 180 sm gacha chuqurga kirib boradi. Poyasi — sidirgʻa boʻgʻimlarga boʻlingan somonpoya, boʻyi 40—130 sm. B.ning yotib qolishga chidami va hosildorligi poyaning balandligiga bogʻliq. Bargi poyani nayga oʻxshab oʻrab turadigan barg qini va lenta shaklidagi barg plastinkasidan iborat. Toʻpguli koʻpgulli boshoqchalardan iborat boshoq. B.da chetdan changlanish kam uchraydi, koʻproq oʻzidan changlanadi. Mevasi — don. Doni yalangʻoch (polba B.larda pardali), ovalsimon, tuxumsimon, choʻziq yoki sharsimon shaklda, qorin tomonida uzunasiga ketgan egatchali, oq yoki qizgʻishqoʻngʻir rangli boʻladi.
Tariq (Panicum L.) — boshokdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi; don ekini. Vatani Xitoy va Mongoliya. Osiyo, Amerika, Afrikada keng tarqalgan. Afgʻoniston, Hindiston, Jan. Yevropa, Rossiya, Gruziya, Armaniston, Qozogʻistonda katta maydonlarga ekiladi. 500 ga yaqin turi bor. T. qadimdan ekiladigan oʻsimlik. Osiyo, Yevropa va Shim. Amerikada (mil. av. 3ming yillikdan) oʻstirilgan, Xitoyda 5 ming yildan beri ekib kelinadi. Oʻzbekistonda koʻpincha bahorikor yerlarga doni uchun 1 turi — oddiy T. (P. miliaceum L) ekiladi. Oddiy T. roʻvagining shakliga qarab yoyiq,chochoq, siqiq, oval, yarim gʻuj v a gʻuj kenja turlarga boʻlinadi. Ildizi popuksimon, 150 sm chuqurlikkacha boradi. Poyasi — poxolpoya (20—150 sm ). Barglari nashtarsimon, tukli yoki tuksiz, yashil yoki qizgʻish, uz. 18—65 sm. Guli ikki jinsli. Doni qobiqli, shakli yumaloq, oval yoki choʻziq, rangi oq, sariq, qizgʻish, jigarrang; 1000 donasi vazni 4—9 g . T. issiqsevar, qurgʻoqchilikka, shoʻrga chidamli oʻsimlik. Urugʻi harorat 8—10° boʻlganda unib chiqadi, 12—15° da maysalari koʻkara boshlaydi. Oʻsuv davri 60—100 (120) kun. Lalmi yerlarga aprelning oxiri — may oyining boshlarida, sugʻoriladigan yerlarda aprel oxirida, takroriy ekin sifatida iyunning oxiri — iyulning boshlarida ekiladi. T. donida 10—15% oqsil, 50% uglevod, 3,8% moy mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |