M. Y. Ayupova


Duduqlanyvchi bolalar bilan olib boriladigan logopedik



Download 16,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/289
Sana21.05.2022
Hajmi16,96 Mb.
#605768
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   289
Bog'liq
Logopediya Ayupova M.

Duduqlanyvchi bolalar bilan olib boriladigan logopedik
m ashg‘ulotlarning didaktik asoslari
Bolalar logopediyasining didaktik asoslari. 
Nutqiy kamchiliklarga ega 
bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy, ta ’limiy va korreksion ish 
tizimi umumdidaktik qonuniyatlar, tamoyil va m etodlar asosida tashkil etiladi.
Hozirgi zam on pedagogikasida quyidagi asosiy tam oyillar ajratilgan: 
individualizatsiya va jam oatchilik, sistemalilik va ketm a-ketlik (izchillik), 
ongli faollik, ko'rgazm alilik, m ustahkam lilik va boshqalar.
Bu tam o y illa rn in g jam i (m ajm uyi) va du du qlan uv chi bolalarga 
nisbatan ularning qo'llanilishining o ‘ziga xosligi korreksion o 'qitishning 
barcha tom onlarini, y a’ni m azm unini, m etodlari va tashkiliy shakllarini 
belgilab beradi.
Hozirgi vaqtda turli xil logopedik m etodik ishlarni mavjudligi nutq 
buzilishlarining shakllarini, bolalar yoshini, logopedik ish sharoitini hisobga 
olgan holda nazariy va korreksion o'qitishning asosiy to 'rin i aniqlash va 
ishlab chiqish zarurligini ko'rsatadi.
U m um iy nazariy o'qitish va xususiy logopedik m etodikalar so'zsiz 
bir-birini to'ldiradi.
Shunday qilib, asosiy didaktik qonuniyat va tam oyillar nutq faoliyatida 
kamchiligi bo'lgan bolalar bilan ishlashda asos bo'lib xizmat qiladi. Bu 
asoslarni bilish duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion- 
pedagogik ishlarning muvaffaqiyatli garovidir.
Duduqlanuvchi bolalarga individual yondashish. 
Duduqlanuvchi bolalar 
bilan olib boriladigan guruhli, jam oali logopedik m ashg'ulotlar k o 'p yillik 
am aliyotni ko'rsatishicha, o'zining ijobiy tom onini oqlab keldi.
Jam oa bilan m ashg'ulot o'tkazish ham m a bolalarning faol ishlashi 
uchun sharoit yaratadi. Individual yondoshish talablari shaxsni jam oaga 
qarshi qo'yilganligini bildirmaydi. Balkim, har bir bolani im koniyatlarini 
yaxshi bilgan holda jam o a ishini tashkil qilish m um kin.
Logopedik ishda individual yondashish bu h a r bir duduqlanuvchi 
bolani logopedik ishdan o ldin va logopedik ish jara y o n id a c h u q u r 
o'rganish, ularni psixologik xususiyatlari va nutq im koniyatlarini hisobga 
olgan holda korreksion-pedagogik ishlarni tanlashdir.
Duduqlanuvchining yoshi didaktik material va logopedik ish shakllarini 
aniqlaydi.
M aktabgacha va m aktab yoshidagi bolalar, o 'sm ir ham da kattalarning 
psixofizik xususiyatlari logopeddan "B og'chada o'qitish va tarbiyalash 
dasturi" va o'yin faoliyati; ikkinchidan m aktab dasturi va o 'quv faoliyati, 
uchinchidan turli xil m ehnat faoliyatlarini hisobga olishni talab etadi.
L ogopedik g u ru h n i jam lash (kom plektlash ) d u d u q lan u v ch ilarn i 
yoshini hisobga olib, guruhga bir xil yoshli bolalarni tanlash b o 'y ic h a
o'tkaziladi. G uruhda turli yoshdagi duduqlanuvchilarni borligi logopedik
ч
354


ishda alohida metodikalarni qo'llash zaruriyatini keltirib chiqaradi ham da 
duduqlanishni bartaraf etishda davolash pedagogik ishlarning tarkibini 
intensivligini o'zgartirishga to 'g 'r i keladi.
M asalan, m aktabgacha yoshdagi bolalarda o'y in shaklidagi nu tq
m ashg'ulotlari, tarbiyalash tadbirlari asosiy o 'rin n i, tibbiy davolash ishlari 
esa kam roq o 'rin n i egallaydi. O 'sm ir va kattalarda esa aksincha, asosiy 
diqqat tibbiy davolash vositalari, ya’ni, psixoterapiya (suggestiv m etod)ga 
kam roq pedagogik ishlarga qaratiladi.
D uduqlanuvchilar bilan olib boriladigan logopedik ishlarda individual 
y o n d o sh ish tam o y ilin i jo riy etish b o la la rn i b irlam ch i va d in am ik
o 'rg an ish d a (m ash g 'u lo tlar jaray o n id a) m uhim aham iyat kasb etadi. 
Logoped uchun lingvistik, psixologik va pedagogik kuzatuvlar zarurdir. 
B ular d uduqlanuvchilarga korreksion t a ’sir etish shakllarini tan lash 
im konini beradi.
Logopedik m ashg'ulotlarda sistem alilik va izchillik tam oyillari
D uduqlanuvchilar bilan o'tkaziladigan logopedik m ashg'ulotlarda 
sistem alilik va izchillik d idaktik tam oyili shu m ash g 'u lo tn in g logik 
m azm unida aks etadi. Bolalarda aniq bilim va to 'g 'ri nutqiy m alakalarni 
tarbiyalash q at’iy sistemalilik va izchillik tartibida olib boriladi.
U larning nutqiy im koniyatlarini hisobga olgan holda, butun ta ’lim 
jarayoni oddiydan m urakkabga, m a ’lu m d an n o m a ’ium ga, yengildan 
og'irga o'tish asosida am alga oshiriladi.
D uduqlanuvchining nutqiga uning m ustaqillik darajasi ta ’sir qiladi.
M u sta q il n u tq n in g riv o jla n g a n lik d a ra ja sig a q a ra b , n u tq n in g
murakkablashib boruvchi bir n echta bosqichini ajratish m um kin:
1. U yg'unlashgan nutq — duduqlanuvchining logoped bilan birgalikda 
yoki logopeddan so'ng jum lalarni takrorlashi. D uduqlanishning eng og'ir 
darajasida ham kishi erkin gapiradi, negaki o'zga odam ning jum lalari 
qaytariladi. Mustaqil nutq m inim al darajada bo'ladi.
2. Aks ettirilgan nutq — duduqlanuvchining logopedning ketidan 
jum lalarni qaytarishi. Bunda ham o'zg a odam jum lalarining tuzilishi 
takrorlanadi. Bu nutq turi ham barcha duduqlanuvchilarga qo'l keladi.
3. Keyingi duduqlanuvchilar uchun m urakkabroq hisoblanadigan nutq 
shakli — savollarga javob berishdir. Bu bosqichda ish aw al sodda, oddiy 
savollarga javob berish ustida ish olib boriladi, keyin esa m urakkab, 
kengaytirilgan savollarga javob berish ustida ishlanadi.
Bu bosqichning aks ettirilgan nutq bosqichidan farqi shundaki, bu 
bosqichda m ustaqil nutq nam o y o n b o 'la d i, savollarga javob berish 
d u d u q la n u v c h ila rg a m a ’lum b ir qu rilish g a ega b o 'lg a n g ap lard an
foydalanish im konini beradi. D uduqlanuvchilar u chun eng murakkabi 
savollarga kengaytirilgan holda javob berishdir.
4 . S o 'z l a b b e r is h — bu b o s q ic h n u t q j a r a y o n i n i y a n a d a
355


m urakkablashtiradi. Y a’ni bunda duduqlanuvchi bir, ikki jum la bilan 
chegaralanib qolm ay, balki so ‘zlab berishda undan ko‘proq jum lalardan 
foydalanishga to ‘g ‘ri keladi. S o ‘zlab berishda so‘zlash u chun osonlik 
to ‘g ‘diruvchi yordam chi vositalar ham mavjud: ertak, hikoya, ko‘rilgan 
kinofilm ini gapirib berish.
5. H ikoya, sayl, ekskursiyalar, rasm lar, m avzu b o ‘yicha olingan 
taassurotlarni mustaqil gapirib berish.
6
. M ustaqil nutq — duduqlanuvchilar uchun eng m urakkab nutq 
shakli. Bu nutq tabiiy sharoitda atrofdagilar bilan erkin m unosabatga 
kirishishi — savolllar, iltimos, m urojaat, fikr alm ashish, istak bildirish va 
hokazolarda nam oyon bo'ladi.
S h u n d a y q ilib , d u d u q l a n u v c h i l a r d a e r k in , m u s ta q il n u tq
m ashg'ulotlarda quyidagi izchillikda tarbiyalanishi mum kin:
1
) logoped bilan birga va logoped ketidan qaytariladigan nutq;
2
) nutqning savol va javob shakli;
3) so'zlab berish va hikoya;
4) mustaqil nutq.
D uduqlanuvchi nutqining holatiga ta ’sir qiluvchi om illardan biri, 
uning turli xil nutqiy tayyorgarlik darajasidir. Agar duduqlanuvchi m atnni 
yoddan bilsa yoki kerakli m aterialni oldindan takrorlab, u bilan tanish 
bo'lsa, nima dem oqchi ekanligini oldindan fikran o'ylab va uni qanday 
ketm a-ketlikda aytm oqchi ekanligini rejalashtirgan bo'lsa u oson gapiradi. 
D uduqlanishni kuchayishi notan ish m atn bilan ishlashda va fikran 
tayyorlanm asdan so'zlash vaqtida nam oyon bo'ladi.
N utqiy m ashqlar quyidagi ketm a-ketlikda olib boriladi:
1
) yod olingan m atn;
2
) o'qib eshittirilgan m atn;
3) fikran o'ylab qo'yilgan m atn;
4) notanish matn.
D uduqlanuvchida nutqiy pay tortishishlar ta ’sir qiluvchi om illardan 
biri, nutqiy tizim ning m urakkablik darajasi.
O datda, duduqlanuvchilar alohida tovushlarni k o 'p in cha unlilarni 
oson talaffuz qiladilar. B o 'g 'in lar so'ng so 'zlarn i talaffuz qilish unli 
tovushlarga nisbatan m urakkablashadi. U larda asosiy qiyinchilik fikrni 
bayon etishni boshlashda (so'zlashni boshlashdagi qiyinchilik) paydo 
bo'ladi.
D u d u q la n u v c h ila r n u tq in in g e rk in lig i va b a la n d lig i n u tq iy
m ash q larn in g a n iq k e tm a -k e tlig i aso sid a am alg a o sh irilad i: ovoz 
chiqarm ay, sekin, shivirlab, baland va odatlangan ovoz bilan gapirish.
D uduqlanuvchilar nutqiga nutqning ravonligi, bir m arom daligi ham
sam arali ta ’sir ko'rsatadi. Ashula aytishda, ritm ik sh e ’riy nutq va cho'zib 
so'zlash d a nutqiy pay to rtish ish lar an ch a kam ayadi, yoki b u tun lay 
y o 'q o la d i. N u tq iy so 'z la s h is h ritm ik h a ra k a tla r jo 'rlig id a b o 'ls a ,
356


duduqlanuvchi so‘zlash jarayonida m a’lum b ir yengillikni his etadi. 
Keyinchalik m uloqotda b o lis h ko'nikm alari bir m arom dagi n u tqdan h a r 
xil to ‘lqindagi oddiy nutqqa o ‘tiladi.
S h u n d a y qilib, d u d u q la n u v c h ila rd a n u tq n in g ra v o n lig i va b ir 
marom daligini quyidagi ketm a-ketlikda (izchillikda) tarbiyalash m um kin:
1) 
ashula; 2) ashula j o ‘rligidagi harakat; 3) ritm iklashgan nutq (she’r, 
keyinchalik proza (nasr)) harakatlar bilan; 4) ritm iklashgan n u tq (she’r, 
proza (nasr) harakatsiz; 5) unli tovushlarga tayanish; 6) turli t o ‘lqindagi 
nutq.
Duduqlanuvchilarda to ‘g ‘ri nutqni tarbiyalash vazifasi turli em otsional 
h o la tla r d a t o ‘g ‘ri s o 'z la s h n i m a sh q q ilis h d a n ib o ra t. L o g o p e d
duduqlan u v ch ilarg a tu rli kayfiyat, em o tsio n al h ay a jo n la n ish , ruhiy 
tu sh k u n lik larb o ‘lishidan q a t’iy nazar o ‘zini tu ta bilish va nutqini nazorat 
qilib borishga o'rgatadi. Inson nutqi va em otsional holatiga atrof-m u hit, 
un in g x a ra k te r fao liy ati va o d a m la r t a ’sir eta d i. S h u n in g u c h u n
m ashg'ulotlarda nafaqat nutqiy m ashqlarni balki, turli vaziyatlarni ham
asta-sekin m urakkablashtirib borishni k o ‘rib chiqm oq lozim .
Sharoitdan kelib chiqqan holda nutqiy m ashqlarni ketm a-ketligini 
(izchiligini) quyidagicha belgilash m um kin:
a) tanish, birlam chi sharoitda;
b) kam tanish bo'lgan;
d) tanish b o ‘lm agan, begona sharoitda t o ‘g ‘ri nutqni m ashq qilish.
Atrofdagi jam oatchilikni hisobga olib — yolg‘izlikda, yaqinlari va 
o ‘rtoqlari; tarbiyachilar bilan; kam tanish b o ig a n insonlar bilan; notanish, 
begonalar bilan, garchi bu yerda duduqlanuvchilam ing ishtirokchilar 
m uloqot sharoitiga qaratilgan reaksiyasiga bog‘liq ravishda, turli variantlar 
b o ‘lishi m um kin.
N ihoyat, duduqlanuvchi bola faoliyati quyidagilarga b o g iiq ravishda 
nutq sifatiga ta ’sir etishi mum kin:
a) uni ko‘rinishiga b ogiiq;
b) murakkablik darajasiga (elem entar harakatlar, harakatlar majmuyi);
d) vaqtga m unosabatiga b o g iiq (hozirni, o ‘tganni yoki kelajakni
t a ’riflash).
D uduqlanuvchi bola nutqi holatiga t a ’sir etuvchi turli xil om illarning 
mavjudligi, logopedga nutqiy tortishishiarning kelib chiqishi va oldini 
olishni, oldindan payqash uchun turli k o ‘rinishdagi nutqiy m ashqlar va 
vaziyatlarni qo'shish im konini beradi.
Sistemalilik va ketm a-ketlilik tam oyili duduqlanuvchilarga logopedik 
ta ’sirning faqat m antiqiy tom onini em as, balki, tashkiliy to m o n in i ham
o ‘z ichiga oladi, chunki m a’lum bilim, k o ‘nikm a va m alakalarni egallash 
sistemali tarzda, doim iy va reja b o ‘yicha am alga oshiriladi. Nevrozlarni 
davolash asosida yotuvchi nerv jarayonlarini doim iy m ashq qildirish faqat 
shu holda sodir etiladi.
357


Logopedik m ashg'ulotlar kursi duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan, 
vaqt, vazifa va m azm un bo'yicha yaxlit, tugallangan ish tizim idan iborat 
va davrlarga bo'linadi (tayyorlov, mashq qiluvchi, m ustahkam lovchi). Har 
bir davrda bir qator bosqichlarga ajratish m um kin (m asalan, gapirmaslik, 
uyg'unlashgan, aks ettirilgan nutq, nutq o'rgatuv tartibi va h.k.). Logopedik 
ishning h ar bir bosqichi o 'zaro bog'Iiq m ashg'ulotlardan tashkil topadi.
Tayyorlov bosqichi vazifalariga avaylovchi tartib yaratish, bolani 
m ashg'ulotlarga tayyorlash, to 'g 'ri nutq nam unalarini ko'rsatish kiradi.
Avaylovchi tartib quyidagilardan iborat: salbiy ta ’sir etuvchi om illardan 
bola psixikasini him oyalash; tinch, osuda m uhit, d o 'sto n a va to 'g 'ri 
m unosabat yaratish; n o to 'g 'ri nutqqa o'rganib qolishga yo'l qo'ym aslik; 
kun tartibini belgilash va rioya qilish; tinch va turlicha m ashg'ulotlarni 
nazarga olish; shovqinli, harakatli o'yinlar, m ash g'ulo tlar bilan ko'm ib 
tashlashga yo'l qo'ym aslik.
S huningdek, duduqlanuvchi bolani tin ch lan tirish , o 'z nuqsoniga 
qaratilgan tushkun e ’tiborni chalg'itish va shu bilan bog'Iiq taranglikni 
yo'qotish muhim . Im koniyatga qarab duduqlanuvchining nutqiy faollligini 
cheklash va shu orqali n o to 'g 'ri nutqiy stereotipni susaytirish maqsadga 
muvofiqdir.
Bolani mashg'ulotlarga jalb etish uchun, radioko'rsatuvlar, magnitofon 
yozuvlar, plastinkalar, adabiy asarlar haqidagi suhbatlardan foydalanish, 
atrofdagi odam larning ifodali nutqiga ijobiy belgilariga duduqlanuvchining 
e ’tiborini qaratish, m ashg'ulotgacha va m ash g 'u lo td an so 'n g bolalar 
nutqining m agnitafon yozuvlari orqali nam oyish qilish (ayniqsa, mavjud 
duduqlanishni ular tom o nidan ongli anglash hollarida) lozim.
M ashg'ulot boshidagi yom on nutq va m ashg'ulot so'ngidagi to 'g 'ri, 
erkin nutq orasidagi qaram a-qarshiliklar, bolalarda yaxshi gapirishga 
o'rganish istagini tug'diradi. Shu m aqsad u chun m ashg'ulotlar kursini 
o 'ta b bo'lgan bolalar chiqishlari va sahna k o'rinishlaridan foydalanish 
m um kin.
Logoped birinchi m ashg'ulotlardan bola bilan to 'g 'ri nutqning m uhim
sifatlarini ishlay boshlashdi: balandlik, ifodalilik, shoshm aslik, to 'g 'ri ibora 
to'zish fikrlarni ketm a-ket bayon qilish, suhbatlashganda erkin va ishonch 
bilan gaplashish va boshqalar.
M ashq qiluvchi bosqich vazifalariga bola uchun m urakkab bo'lgan 
barcha nutq shakllari va nutqiy vaziyatlarni egallash kiradi. Bolaning 
birinchi bosqichda q o 'lg a kiritgan bilim , k o 'n ik m a va m alakalariga 
tayangan holda, erkin nutq m alakalarini tarbiyalash va nutqning turli 
shakllarida va turli xil nutqiy vaziyatlarda to 'g 'r i x atti-h arak atlarn i 
tarbiyalash bo'yicha ish olib boriladi.
Duduqlanishning birm uncha murakkab ko'rinishlarida mashq qiluvchi 
bosqich uyg'unlashgan aks ettiruvchi nutqdan boshlanadi. Agar to 'g 'ri 
nutqning barcha talablari bu bosqichda oson va yaxshi bajarilsa, logoped
358


bola bilan iboralarni birgalikda takrorlashdan voz kechadi va unga iboradan 
mustaqil nusxa olish im koniyatini beradi.

Download 16,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish