M. Y. Ayupova



Download 16,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/289
Sana21.05.2022
Hajmi16,96 Mb.
#605768
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   289
Bog'liq
Logopediya Ayupova M.

16-BOB. DUDUQLANISH
D uduqlanish — bu nutq apparati m uskullarining tortishish natijasida 
nutqning su r’at-ohangining buzilishidir.
D uduqlanish m uam m osini nutq buzilishlari haqidagi ta ’lim otning 
rivojlanishi tarixida eng qadim iylaridan biri deb hisoblash m um kin. Uning 
m ohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va m ualliflarning 
bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtayi nazardan yondashganliklari 
va yondashayotganligi darajasi bilan bogiiq d ir.
Qadim gi davrlarda duduqlanishni k o 'p ro q bosh m iyada nam likning 
to ‘planib qolishi (G ippokrat) yoki artikulatsion apparat qismlarining o ‘zaro 
n o to 'g 'r i m u n o sab ati (A ristolel) bilan b o g ‘iiq holdagi kasallik deb 
qarashgan. Duduqlanish paytida nutq apparatining markaziy yoki periferik 
(sirtqi) b o iim la rid a buzilish bo'lishi m um kinligini G alen , Sels va Ibn 
Sino e ’tiro f etdilar.
X V II—XVIII asrlar arafasida duduqlanishni tashqi nutq apparatining 
yetilm aganligi oqibati sifatida talq in etishga urinishgandi. M asalan, 
S antorim ining ta ’kidlashicha,, duduqlanish qattiq tanglayning yorilgan 
paytida vujudga keladi va go ‘yo shu yoriq orqali tilga suyuqlik tushadi 
ham da nutqni qiyinlashtiradi. Vutser esa buni pastki jag 'n in g n o to ‘g ‘ri 
chuqurlashuvi va un d a kichik tilcha borligi bilan; E rve-de-Sheguan — til 
uzunligi va og‘iz b o ‘shlig‘ining hajmi orasidagi o ‘zaro m unosabat yoki 
uning kalta yuganchaga nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog‘liq 
holda, deb tushuntirdi.
Boshqa tadqiqotchilar duduqlanishni nutq a ’zolari harakatlarining 
buzilishi: ovoz kovagining g ‘ayriixtiyoriy yopilishi (A rnot, Shultess); 
haddan tashqari tez nafas chiqarish (Bekkeral); m uskullarning tilni og‘iz 
b o ‘shlig‘ida ushlab qoladigan darajada spazm atik qisqarishi (Itar, Li, 
Diffenbax); tafakkur va nutq jarayonining nom uvofiqligi (B lyum e); kishi 
irodasining nutq harakati mexanizmi m uskullari kuchiga t a ’sir etadigan 
darajada m ukam m al emasligi (M erkel) va boshqalar bilan bog'laydilar.
T adqiqotchilarning bir qismi esa duduqlanishni ruhiy jarayonlarning 
borishi davomidagi buzilishlar bilan bog‘lashdi. Misol uchun, Blyumening 
fikriga k o ‘ra, duduqlanish shunday paydo b o ‘ladiki, kishi yo tez fikrlaydi, 
natijada nutq a ’zolari to ‘liq harakatga kirishishga ulgurm aydi va shu bois 
tutiladi yoki aksincha, nutqiy harakatlar "fikrlash jarayonidan o ‘zib ketadi". 
N atijada nutq apparati muskullari ana shu nom uvofiqlikni to'g'rilashga 
harakat qilib, "changak b o iib qolish singari holatga" keladi.
X IX
asr boshlarida q ato r fransuz tadqiqotchilari duduqlanishni ko'rib 
chiqib, uni nutq apparatining periferik (sirtqi) va m arkaziy bo'lim lari 
faoliyatidagi turli xil og'ishlar bilan bog‘lab tushuntirdilar. Jum ladan, 
shifokor Vuazen (1821) duduqlanish m exanizm ini n utq organlari muskul 
sistem asiga keladigan Serebral ta ’sirlarning yetishm asligi, y a’ni markaziy
321


asab sistemasi bilan bog‘laydi. ShifokorDelo (1829) duduqlanishni tovush 
talaffuzining buzilib chiqishi (rotatsizm , lam bdatsizm , sigm atizm ), tovush 
apparatining organik shikastlanishi yoki bosh m iyaning to 'liq ishlamasligi 
deb tushuntirdi. U duduqlanuvchi shaxsning o ‘z nutqiga nisbatan akustik 
diq q at-e’tibor bilan qarashini birinchi b o iib t a ’kidladi. Shifokor Kolom ba 
d e l i z e r d u d u q la n is h n i vokal a p p a ra t m u sk u lla rin in g y e ta rlic h a
innervatsiyalanmaganligi oqibatida paydo b o ia d ig a n alohida kontraktura 
deb hisobladi.
Rossiyada ko‘pchilik tadqiqotchilar duduqlanishni nutq sohasidagi 
funksional buzilish, nutq nevrozi (I.A. Sikorskiy, 1889; I.K . Xmelevskiy, 
1897; E. A nders, 1894 va boshqalar) deb q a ra d ila r yoki u n i nu tq 
apparatidagi g ‘ayriixtiyoriy harakatda ifodalanadigan so f ruhiy xastalik 
deb (Xr. Laguzen, 1883; G .R . N etkachev, 1909, 1913), psixoz deb (G r. 
K am enka, 1900) belgiladilar.
XX 
asr boshlariga kelib duduqlanish m exanizm lari haqidagi barcha 
tushunchalarni uchta nazariy yo'nalishga ajratish m um kinligi aniqlandi:
1) duduqlanish nutq m arkazlarini m uvofiqlashtiruvchi apparatning 
q o ‘zg‘aluvchanligi zaiflashuvi oqibatida sodir b o ia d ig a n koordinatsion 
nevrozdir. G . G utsm an, I.A.K ussmaulning, keyinchalik I.L. Sikorskiylar 
duduqlanishni nevrotizm jarayoni: duduqlanish, bu — pay tortishiga 
o ‘xshash spazm alardir, deb tushuntirishdi;
2) duduqlanish — ruhiy xarakterdagi assotsiativ buzilishidir. Bu 
yo ‘nalish T .G efn er va E.Freshels tom onid an olg‘a surilgan. A. Libm ann, 
G .D . Netkachyov, Yu.A. Florenskaya uning tarafdori edilar. Duduqlanish 
m exanizm larini tushunishga nisbatan psixologik yondoshuv o ‘zining 
navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi;
3) duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atro f-m u hit bilan b o iad ig an
turli ziddiyatlar natijasida rivojlanuvchi g‘ayrishuuriy ko‘rinishdir. A. Adler, 
S h n e y d e r bu n a z a riy a ta ra fd o rla ri e d ila r. U la rn in g Fikriga k o ‘ra 
duduqlanish bir tom ondan shaxs atrofdagilar bilan m uloqotda b oiishining 
tu rlich a irnkoniyatlaridan yiroqlashish xohishida, boshqa to m o n d a n
atrofdagilarda b u n d ay nam oyish korona xastalikka n isbatan hissiyot 
tuyg‘ularini jum bushga keltirish istagida nam oyon b o ia d i.
Shunday qilib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida duduqlanish — bu 
m u ra k k a b p six o fizik b u z ilish d ir, d e g a n fik rg a k e lin a b o sh la n d i. 
Ayrimlarning e ’tirofiga ko‘ra, uning asosida fiziologik xarakterdagi buzilish 
yotadi, ruhiy jih atlar esa ikkilamchi xarakterga ega (A. G utsm an , 1879; 
A. Kussmaul, 1878; I .A. Sikorskiy, 1889 va boshqalar). B oshqalar ruhiy 
jihatlarni birlam chi, fiziologik ko‘rinishlarni esa ruhiy n o to ‘kisliklarning 
oqib ati, deb hisobladilar (Xr. Laguzen, 1838; A. K oen, 1878; G r. 
K om enka, 1900; T .D . N etkachyov, 1913 va boshqalar). D uduqlanishni 
hatto kutish nevrozi, q o ‘rquv nevrozi, n o to ‘kislik nevrozi, bog ian ishsiz 
nevroz va boshqalar sifatida ko‘rib chiqishga o 'rin ish lar ham b o id i.
322


XX asrning 30 - va keyingi 5 0 -6 0 -y illarid a duduqlanish m exanizm ini
I.P. Pavlovning inson oliy nerv faoliyati va qism an nevroz m exanizm i 
haqidagi t a ’lim otlariga suyangan holda k o ‘rib chiqa boshlashdi. Bunda 
ayrim ta d q iq o tc h ila r d u d u q la n ish n i nevroz alo m ati tarz id a (Yu.A. 
Florenskaya, Yu.A. Povorinskiy va boshq.), boshqalar uning alohida 
formasi sifatida (V.A. Gilyarovskiy, M .B. Xvatsev, I.P. Povarnin, N .I. 
Jinkin, V.S. K ochergina va boshq.) talqin qildilar. Lekin ikkala holatda 
ham duduqlanish rivojlanishining bu m urakkab va turlicha m exanizm lari 
nevroz m exanizmlari rivojlanishi uchun um um an yagonadir. Duduqlanish 
boshqa nevrozlar kabi q o 'z g 'alish , torm o zlan ish va patologik shartli 
refleksning shakllanish jarayonlaridagi z o ‘riqishni keltirib chiqaradigan 
turli sabablar natijasida paydo bo'ladi. D uduqlanish, bu - alom at ham , 
alom atlaryig'indisi ham em as, balki markaziy nerv sistemasining um um an 
xastalashuvidir (V.S. K ochergina, 1962).
D u d u q lan ish n in g paydo b o iis h id a bosh m iya q obig'id agi nerv 
jarayonlarining buzilgan (ularning kuchi va harakatchanligining ortishi) 
o 'zaro m unosabatlari m uhim rol o'ynaydi. K atta yarim sharlar qobig'i 
faoliyatidagi nerv buzilishi, bir tom on dan, nerv sistemasining holati, uning 
m e’yordan chetlashishiga tayyorligi bilan bog'langan b o iish i m um kin. 
Boshqa tom ondan, nerv buzilishi noxush tashqi om illar bilan bog'langan 
bo iish i m um kin. V.A.Gilyarovskiy ham ularning duduqlanishning kelib 
chiqishidagi ahamiyatini ko'rsatib o'tgan edi. Nerv buzilishi bola oliy nerv 
faoliyatida nozik bo'lim i — nutqning zaiflashuvida aks etadi, u nutq 
harakatlarining, ohangining buzilishi va tortishib qolishida namoyon boiadi. 
Qobiq faoliyatining buzilishi birlam chi hisoblanadi ham da qobiq va qobiq 
osti oralaridagi induksion aloqalarning buzilishiga ham da shartli reflektorli 
m exanizm lam ing izdan chiqishiga olib keladiki, ular qobiq osti tuzilishi 
faoliyatini moslashtirib turadi. Vujudga kelgan shartlarga qarab, bunday 
hollarda qobiqning norm al muvofiqlashuvi izdan chiqadi, stroipallidar 
sistem a fao liy atida salbiy q o 'z g 'a lis h la r o 'r in tu tad i. D u d u q lan ish
mexanizmidagi uning roli m uhim ahamiyatga ega, chunonchi bu sistema 
m e’yorli nafas olish sur’ati va ritm i, artikular muskullar faoliyati uchun 
mas’uldir. Duduqlanish striopallidumning organik o'zgarishi holatida emas, 
balki uning funksiyalarining dinam ik tarzda og'ishida paydo bo'ladi. Bu 
q a r a s h la r n e v ro tik d u d u q la n is h m e x a n iz m in i q o b iq - q o b iq o sti 
aloqadorligining o'ziga xos buzilishi haqidagi tushuncha sifatida aks ettiradi 
(M. Zeem an, N .I. Jinkin, S.S. Lyapidevskiy va boshqalar).
Rossiya tadqiqotchilarining duduqlanishni nevrozlar haqidagi Pav­
lov ta iim o ti nuqtayi nazaridan o'rganishi chet ellarda o 'z izdoshlarini 
topm oqda: Chexoslovakiyada — M. Z eem an, M. Sovak, F. Dosujkov, 
K. Dostalova; Bolgariyada - D. Daskalov, A. Atanasov, A. Angushev; 
Polshada - A. M itrinovich-M odjeevska; G erm aniyada — K.P. Bekker 
va boshqalar.
323


Ayrim m ualliflar fikriga k o ‘ra, ilk yoshli bolalardagi duduqlanish 
m exanizm ini reaktiv nevroz va rivojlanishdagi nevroz nuqtayi nazaridan 
talqin qilish maqsadga muvofiqdir (V.N.Myasishev, 1960). Rivojlanishdagi 
reaktiv nevroz oliy nerv faoliyatining buzilishi sifatida tu shuniladi. 
Rivojlanishdagi nevroz davrida patologik stereotiplar asta-sekinlik bilan 
m uhitning noqulay sharoiti — haddan tashqari g'azablanish, siqilish, 
zaiflashuv hollarida sodir bo'ladi. Rivojlanishdagi duduqlanish bolaning 
ilk yoshida, "fiziologik tili chuchuklik'ning ushlanib qolishi holatida, 
murakkab iborali nutq formalariga o ‘tishi jarayonida paydo bo‘ladi. Ba’zan 
u turlicha genezlarning nutqiy rivojlanmay qolishi natijasi sifatida ko‘zga 
tashlanadi (R .M . Boskis, R.Ye. Levina, Ye. P ishon va B. M ezoni). 
Jum ladan R.M . Boskis duduqlanishni shunday bir xastalik deb ataydiki, 
uning "asosida o ‘zining ifodalanishi uchun iboralarni talab etuvchi, 
muayyan darajadagi m urakkab m ulohazalarni bayon qilish bilan aloqador 
nutqiy qiyinchiliklar yotadi". N utqiy qiyinchiliklar nutqiy rivojlanishdan 
t o ‘xtab qolish, boshqa tilga o ‘tish, shaxsning erkin hissiy-irodaviy 
sifatlarining n o to ‘kis yetilishiga b o g iiq ravishdagi patologik rivojlanish 
hodisalari, m urakkab fikrni izhor etish va shu kabilar oqibatida yuzaga 
kelishi mum kin.
R.Ye.Levina duduqlanishni nutqning notekis rivojlanishi deb qarar 
ekan, uning m ohiyatini ko‘proq nutqning kom m unikativ funksiyalarining 
o 'ta buzilishida ko'raai. Korreksion pedagogika ilm iy-tekshirish instituti 
logopediya sektori xodimlari bola nutqining um um iy rivojlanishini, uning 
fonetik va leksik-gram m atik rivojlanish h o latin i, faol va sust nutq 
o 'rta sid a g i o 'z a ro m u n o sa b a tn i, d u d u q la n ish n in g ku chayishi yoki 
bo'shashuvini aks ettiruvchi shart-sharoitni o'rganib chiqib, R.M. Boskis, 
Ye. Pishon, B. M ezoni va boshqalarning kuzatishlarini tasdiqlaydilar. 
N utqiy qiyinchiliklar R.Ye. Levina fikriga k o 'ra, turli shart-sharoitlar: 
bir to m ondan, nerv sistemasi tipiga, boshqa to m o n d an — gaplashish, 
so'zlashish muhiti, um um iy va nutqiy tartiblarga b og iiq . Duduqlanishning 
d astlabki k o 'rin ish la ri so 'z , g ram m atik sh akl, n u tq alm ash in u v in i 
qidirishdagi affektiv zo'riqish bilan xarakterlanadi. N .I. Jinkin hiqildoq 
faoliyatini fiziologik nuqtayi nazardan tahlil qilish jaray on id a shuni 
aniqladiki, duduqlanish fenom eni so'zning turli o ic h a m li algoritm ini 
tuzish paytidagi ovoz elem entlarini saralash uzluksizligining buzilishi 
sifatida, nutqiy faoliyatni b o 'g 'in darajasida boshqarishdagi bevosita 
m oslashtirishning izdan chiqishi tarzida belgilanishi m um kin.
Ye. P ishon organik d u d u q lan ish n in g ik k ita fo rm asin i ajratadi: 
birinchisi miya qobig'i afaziyasi ko'rinishida, b u n d a assotsiativ tolalar 
sistem asi buziladi va ichki nutq izdan chiqadi; ikkinchisi n utqning 
dizartriya ko'rinishidagi o'ziga xos noto'kis harakatini aks ettiradi va 
qo b iq osti tu z ilish in in g sh ik a stla n ish i b ila n b o g i a n a d i . O rg an ik
duduqlanish m uam m osi hozirgi davrga q adar hal etilm agan. Ayrim
324


tadqiqotchilarning taxm iniga k o ‘ra, duduqlanish um um an m arkaziy nerv 
sistem asining organik kasallanish turiga kiradi va m iya oziqlanishidagi 
buzilish t o ‘g ‘ridan t o ‘g ‘ri m iyaning nutq b o iim ig a yoki u bilan aloqador 
sistem aga t a ’sir etadi (V. Lev, 1947; E. G a rd , 1957; S. Skmoil va V. 
Ledezich, 1967). Boshqalar organik buzilishlarning o'zini oliy nerv faoliyati 
va nutq funksiyalarining uzilib qolishi uchun "zam in" sifatida baholab, 
duduqlanishni o ‘ta nevrotik buzilish tarzida ko‘rib chiqadilar (R. Luxzinger 
va G . Landold, 1951; M. Z eem an, 1952; M. Sovak, 1957; M.Ye. Xvatsev, 
1959; S.S. Lyapidevskiy va V.P. Baranova, 1963 va boshqalar).
D u d u q l a n is h p a t o g e n e z i n i o ‘r g a n g a n k o ‘p g in a m u a l l if l a r
duduqlanuvchi kishilarda turli xil vegetetiv o'zgarishlar b o iish in i aytishadi. 
M asalan, M . Z ee m an hisobiga ko‘ra, 84% duduqlanuvchi kishilarda 
vegetativ distoniya bor.
V e g etetiv asa b siste m a sin in g o g ‘ir b u z ilish h o lla rid a x u su san
duduqlanish ikkinchi planga ko'chadi, qo 'rquv , hayajonlanish, vahim a, 
badgum onlik, um um iy zo ‘riqish yuz beradi, kishida titrashga, terlashga, 
qizarishga m oyillik paydo bo'ladi. Bolalik yoshida duduqlanuvchilarda 
uyquning buzilishi, k o ‘z ilinishi paytida c h o 'c h ib tushish, zerikarli, 
notinch, yuzaki uyqular, tungi vahimaga tushish lar kuzatiladi. K attaroq 
yoshdagi duduqlanuvchilar bu kabi kechinm alarni nutq buzilishi bilan 
bog‘lashga urinadilar. Uning buzilganligi t o ‘g ‘risidagi fikr kayfiyatning 
d oim iy buzuqligi bilan bog‘liq holda, tu rg ‘u n x u lq -atv o rn i keltirib 
chiqaradi. U m um iy q o ‘zg‘aluvchanlik, o zib -to ‘zish, beqarorlik va doim iy 
shubhalik h o llarid a, n u tq odatda qisqa vaqt yaxshilanishi m um kin. 
M ashg‘ulot paytlarida duduqlanuvchilarda bir m aqsadga qaratilganlik va 
q a t’iylik te z -te z yo ‘qolib turadi. U lar o ‘z im koniyatlariga, erishgan 
natijalariga yetarlicha baho berm aydilar, chunki n utqning yaxshilanishi 
ularning um u m iy kayfiyatini kam m iqdorda yengillashtiradi.
70-yillarda psixiatriyada nevrotik va nevrozga o ‘xshash buzilishlarni 
chegaralash uchun tibbiy m e’yorlar taklif etilgan edi. Bunda duduqlanishni 
ham nevrotik, ham nevrozga o'xshash shakllarga ajratishga m oyillik 
aniqlandi. N .M . A satiani, B.Z. D rapkin, V .G . Kazakov, L.l. Belyakov 
va boshqalar.
Hozirgi davrga q adar tadqiqotchilar duduqlanish m exanizm ini na 
fa q at tib b iy -fiz io lo g ik jih a td a n , balki n e y ro fiz io lo g ik , psix ologik, 
psixolingvistik nutqtayi nazarlardan ham o'rganishga urinishm oqda.
N u tq faoliyatini tashkil etishda duduqlanishni neyrofiziologik jihatdan 
tekshirilishi qiziqish uyg‘otayotir. Mavjud tad q iq o tla r shuni ko‘rsatadiki, 
n u tq pay tid a d u d u q lan u v ch ilard a d o m in a n t (c h ap ) y arim sh ar o ‘ng 
yarim sharga nisbatan o ‘zining yetakchilik vazifasini t o i iq m a ’noda bajara 
olm aydi. D uduqlanishning nutq talaffuzidagi qandaydir dom inantlik bilan 
o ‘zaro m u n o sab ati haqidagi qoidani V .M . Shklovskiy m a iu m o tla ri 
tasdiqlaydi.
325


D uduqlanish m uam m olarini ruhshunoslik borasida ishlab chiqish 
duduqlanishning genezisini ochish, duduqlanuvchilam ing kommunikatsiya 
jarayonidagi xatti-harakatlarini tushunish, ularning individual-psixologik 
xususiyatlarini aniqlash uchun uning m uam m olarini psixologik nuqtayi 
nazardan ishlab chiqish dolzarb m asalalaridandir. D uduqlanuvchilam ing 
d iq q a t-e ’tib o ri, xotirasi, tafakkuri, ruhiy h arak atin i o ‘rganish shuni 
k o ‘r s a td ik i, u l a r d a r u h iy fa o liy a t t u z i l i s h i , u n in g o ‘z - o ‘z in i 
m u v o f i q la s h tir is h j a r a y o n i o ‘z g a r g a n . U l a r y u q o r i d a r a ja d a
avtom atlashtirilishini (xususan faoliyatga tezda kirishishni) talab qiladigan 
fa o liy a tn i y o m o n o 'ta y d il a r , le k in , ix tiy o riy b a ja rilis h b ila n o q
duduqlanuvchi va s o g io m kishi orasidagi sam aradorlik farqi yo'qoladi. 
Ruhiy harakat faoliyati bundan mustasnodir: agar so g io m bolalarda ruhiy 
harakatlar m a’lum m iqdorda avtom atik tarzda sodir b o is a va ixtiyoriy 
m u v o f iq la s h u v n i t a l a b q ilm a s a , bu h o ld a m u v o f i q l a s h t ir i s h
d u d u q lan u v ch ilar u c h u n erkin n az o ratn i talab qiladigan m urakkab 
vazifadan iborat b o ia d i.
Ayrim ta d q iq o tc h ila rn in g fikricha, d u d u q la n u v c h ila r n u q so nsiz 
so ‘zlovchilarga nisbatan (ularga nerv sistem asining harakatchanligi bilan 
b o g iiq holdagi persevaratsiya hodisasi xosdir) ruhiy jarayonlarining o ‘ta 
faoliyatsizligi bilan farq qiladilar.
D uduqlanuvchilam ing shaxsiy xususiyatlarini ham tibbiy kuzatishlar 
yordam ida ham tajriba psixologik metodikalarni q o ilan ish bilan tekshirish 
s a m a r a lid ir . U la r y o rd a m id a x a v o tirli-b a d g u m o n lik x u s u s iy a ti, 
gum onsirash, ishonchsizlik, odam ovilik, ruhiy tushkunlikka moyillik; 
nuqsonga nisbatan sust-m udofaa va m udofaa-tajovuzkorlik bilan ta ’sir 
ko'rsatish hollari aniqlangan.
Duduqlanish m exanizm larini psixolingvistik nuqtayi nazardan k o ‘rib 
chiqish ham e ’tiborga molikdir. O’rganishning bu jihati duduqlanuvchi 
nutq talaffuzining qaysi pallasida m uskullar tortishuvi yuzaga kelishini 
a n iq la sh n i ta q o z o q ilad i. N u tq k o m m u n ik a tsiy a la rin in g quyidagi 
bosqichlari ajratib ko'rsatiladi:
1) nutqqa (gapirishga) ehtiyojning borligi yoki kom m unikativ maqsad;
2) bayon qilish fikrining ichki nutqda tu g ilish i; 3) bayon qilishning 
tovush orqali bajarilishi. Bu bosqichlar nutq faoliyatining turli tuzilishlarida 
o ‘z oqim ining t o i iq va uzunligiga ko‘ra h ar xildir. Lekin o ‘ylangan va 
bildirilgan fikrlar doim o chogishtiriladi. I.Yu. Ableyeva fikriga ko‘ra, 
duduqlanish so‘zlovchida kom m unikativ m aqsad, nutq tarkibi va tutilm ay 
gapirish im koniyati b o ig a n i holda, uning nutqqa hozirlik ko‘rgan paytida 
yuzaga keldi. M u allif n u tq hosil b o iis h in in g o ‘z m odeliga n u tq q a 
tayyorlanish bosqichini ham kiritishini tak lif etadi, bunda duduqlanuvchi 
kishida barcha talaffuz m exanizm i, uning ham m a sistemalari: generatorli, 
rezonatorli va eneigetik sistemalar "buziladi". Keyin to ‘rtinchi, yakunlovchi 
bosqichda aniq yuzaga keladigan g'ayriixtiyoriy tortishishlar paydo b o ia d i.
326


D uduqlanish m uam m osiga nisbatan turli nuqtayi nazarlarni k o ‘rib 
chiqib, duduqlanishning paydo b o iis h m exanizm lari bir xil em as, degan 
asosiy xulosaga kelish m um kin.
Ayrim hollarda duduqlanish m urakkab nevrotik zaiflashuv sifatida 
e ’tiro f etiladi, u esa bosh miya qobig‘idagi nerv jarayonining izdan chiqishi, 
qobiq va qobiq osti o ‘zaro m unosabatlarining buzilishi um um iy nutqiy 
h arakatlar (ovoz, nafas olish. artikulatsiya) su r’atining zaiflashuvi oqibati 
hisoblanadi.
B oshqa hollarda — n o to ‘g‘ri nutq refleksi oqibatida paydo b o ig a n
turli genezlarda dastlabki yuzaga kelgan m urakkab nevrotik zaiflashuv 
sifatida talq in etiladi.
U chinchidan - nutqning murakkab, o ‘ta funksional zaiflashuvi sifatida 
qarab chiqiladi. U um um iy ham da nutqiy dizontogenez va shaxsning 
disgarm onik rivojlanishi oqibatida nam oyon b o ia d i.
T o 'r t i n c h i d a n — d u d u q la n is h m e x a n iz m in i m a rk a z iy n e rv
sistem asining organik o ‘zgarishi asosida talqin qilish m um kin. A m m o 
h ar q anday vaziyatda ham uyg'unlikni tashkil qiladigan fiziologik va 
ruhiy buzilishlarni hisobga olish lozim.

Download 16,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish