3.3. Piyozni ekish chuqurligi va sxemasi.
Mayda urug’li sabzavotlar urug’ini ekish chuqurligi tuproqning mexanik tarkibi, unumdorligi hamda urug’ni qanday tayyorlanganiga bog’liq bo’ladi. Ekilgan piyoz urug’ini bir vaqtda va qiyg’os nihol hosil qilishi uni ekish chuqurligiga ham bog’liqdir. Agar u yuza yoki chuqur ekilsa, maydonda xato miqdorini ko’payishiga sabab bo’ladi. Ko’p yillik kuzatishlarga asoslanib, u avgust oyida ekiladigan piyoz urug’ini 2-3 sm chuqurlikka ekishni tavsiya etadi. SHu bilan birga u piyoz urug’ini 0,5-2,0 sm chuqurlikka ekib to’liq ko’chat olish mumkin, ammo bunda tuproq maxsus moslama bilan zichlantirilishi kerak yoki egat to’yintirib 2-3 marta sug’orilishi kerak ekan.
N.N.Balashev (1977), P.N.Dudko (1954), V.I.Zuev va boshqalar (2002) O’zbekiston tuproq-iqlim sharoitida piyoz mexanik tarkibi og’ir tuproqlarda 1-2 sm, yengil tuproqli yerlarda esa 2-3 sm chuqurlikga SON-2,8 seyalkasi bilan ekishni tavsiya etadilar.
Piyoz avgust oyida ertagi ekinlardan bo’shagan yerlarga takroriy ekin sifatida ekiladi. Shuning uchun yer oldin sug’orilib, begona o’tlar ko’karib chiqqanidan so’ng shudgor qilinadi va egat olib tuproq ekishga tayyorlanayotganda xatoga yo’l qo’ymaslik kerak, aks holda xatoliklari ko’payib ketadi. Piyoz ekish sxemasi va usullari bo’yicha adabiyotlarda ma’lumotlar tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda tavsiyalar berganlar.
Piyoz ekishda SKON-4,2, SMI-4 va boshqa sabzavot yoki g’alla seyalkalaridan foydalanib lentasimon, lentada ikki, uch va to’rt qatorli usulda, egatlar orasini 70 sm yoki 90 sm qilib joylashtiriladi. Egatlar oralig’i 70 sm bo’lganda o’simliklar yoki egatlar oralig’i 90 sm bo’lganda esa va sm shaklda joylashtiriladi.
Piyozni ba’zan yaxshilab tekislangan va begona o’tlardan tozalangan maydonlarga sidirg’a tor qatorli usulda, qatorlar orasini 20 sm qilib ekiladi. Bu holda sug’orishlar mayda va sayoz egatlar orqali yoki “bostirib” suv quyish usulida bajariladi. Maydon yuza birligida o’simliklar sonini ko’paytirish, jildiratib sug’orish va yuqori miqdorda o’g’it qo’llash yuqori hosil olish imkonini beradi. Biroq torqatorli usul ekinni parvarish qilishda mexanizatsiyalardan foydalanish imkonini bermaydi, ayniqsa, qo’l mehnatiga talab katta bo’ladi. Ba’zi bir xo’jaliklarda piyozni keng tasmali (10-20 sm) sochma usulda ekish ham qo’llanadi. Bunda seyalkalarga o’rmalovchi kengaytirilgan soshniklar o’rnatiladi.
Oddiy piyoz urug’lari quruqligicha ekiladi. Ekish kechga qolsa, 1-2 sutka mobaynida ivitilib ham ekish mumkin. Ba’zi hollarda quruq va ivitilgan urug’lar aralashtirib ekiladi. Urug’ sarflash miqdori ekish muddati va usuliga bog’liq. Erta bahor muddatida lentasimon qatorlab ekilganda gektariga 12-15 kg urug’ sarflanadi, bahorda tor qatorlab ekilsa urug’ sarfi ko’payadi – 18-20 kg/ga.
O’zbekiston iqlim sharoitida oddiy piyoz uch muddatda ekiladi: erta bahorda, kech kuz erta qish muddatida va yoz-kuzgi (avgustda) muddatda. Erta bahorda piyoz fevral oxiri mart oyini boshlarida ekiladi. Ekish muddatidan kechikilsa maysalash siyraklashadi va hosildorlik kamayadi. Erta bahorda ekilgan piyoz sentyabr oyida pishib yetiladi va qish faslida yaxshi saqlanadi.
Avgustda ekilgan piyozlarni ko’pchilik qismi tinim davrini qishki-bahor faslida o’tishi hisobiga kelgusi yili aprel-may oylaridan boshlab gulpoya chiqara boshlaydi, ular o’z vaqtida olib tashlanmasa hosildorligi va uni sifatiga salbiy ta’sir etadi. Noyabr-dekabr oyida ekilgan piyoz, erta bahorda ekilganga nisbatan 10-15 foiz ko’p hosil beradi, hosili qishda, nisbatan yaxshi saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |