56
turizm sohasi uchun malakali mutaxasislarni tayyorlashni takomillashtirish;
turizm ilmiy tekshirish institutlarini tashkil qilish va boshqalar.
5. O‘zbekiston Respublikasida quyidagilar xorijiy investor bo‘lishi mumkin:
- chet el davlatlari;
- xorijiy huquqiy shaxslar;
- xalqaro tashkilotlar;
- chet el fuqarolari. birlashmalari;
- O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari.
6. Turizmni rivojlantirish yoki yangi turistik mahsulotlar ishlab chiqishni
moliyaviy taminlashda quyidagi xarajatlar hisobga olinadi:
- turistik xizmatlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha konkret firma
loyihalari va rejalarini texnik - iqtisodiy asoslab berish. TIAni batafsil rejalar va
loyihalarni tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni quyidagilar o‘z
zimmasiga olishlari
mumkin hukumat, viloyat, shaxar va tuman mamuriyati, bevosita firma va turistik
yo‘nalishdagi muassasa;
- umummilliy va mintaqaviy miqyoslarda, shuningdek,
konkret zonalar va
rayonlarda turizmni rivojlantish rejalarni amalga oshirish.
7. Turistik faoliyatini investitsiyalash jarayonida quydagilarni amalga oshirish
zarur:
- milliy, mintaqaviy, mahalliy va firma dasturlari va rejalarida nazarda tutilgan
tadbirlarni amalga oshirishga investitsiyalarni yo‘naltirish;
- xorijiy valyutadagi rejalarni amalga oshirishga ketadigan xarajatlarni iloji
boricha kamaytirishni nazarda tutish;
- ichki, hamkorlikdagi va xorijiy investitsiyalarning manbalarini topish;
- ichki va tashqi turizmni rivojlantirsh dasturlari va rejalarini bajarishda
huquqiy, soliq va mamuriy tuzilmalar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-
quvvatlashlardan maksimal foydalanish;
- eng qisqa muddatlarda eng katta daromad olishga imkon beradigan istiqbolli
loyihalarga investitsiyalar qo‘yish;
- tadbirkorlik loyihalarning dasturlari, rejalari va
tadbirlari bajarilishning
muddatlari va sifatini nazorat qilish va boshqalar.
57
8. Investitsiya faoliyati quydagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investitsiyalarning o‘z moliyaviy resurslari, ya‘ni fond, amortizatsiya
ajratmalari, pul jamg‘armalari va boshqalar;
- qarz olingan moliyaviy mablag‘lar, ya‘ni obligatsiyalar, zayomlar, bank
kreditlari;
- jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar, ya‘ni aktsiyalarni
sotishdan olingan
mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari;.
- davlat byudjeti mablag‘lari;
- chet el mablag‘lari va boshqalar.
9. Davlatning investitsion siyosati bu – ma‘lum vaqtga mo‘ljallangan va ilmiy
asoslangan maqsadlarining yutuqlariga bo‘ysungan hukumat tuzilmalarining harakat
shakli. Maqsadlarning shakllanishi strategik ko‘rsatmalar orqali, ularni amalga
oshirish esa taktik usullarni qo‘llash yo‘li orqali yuz beradi. Investitsion siyosat bu -
o‘z strategiya va taktikasiga ega bo‘lib, uning tarkibi va o‘zaro bog‘langan
elementlaridan iboratdir.
10. Investitsion siyosatning asosida quyidagi tamoyillarni ajratish mumkin:
- investitsion jarayonning demarkazlashishining optimal darajasini ta‘minlash
hamda investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun jamg‘arishning mintaqaviy va
ichki omillarining rolini oshirish maqsadida markaziy investitsion siyosatning hamda
mintaqaviy investitsion dasturlarning koordinatsiyasini kuchaytirish;
- qaytarilib berilmaydigan byudjetdan moliyalashtirishdan
pullik va
qaytariladigan kreditlashga o‘tish asosida korxonalarni davlat tomonidan
markazlashgan investitsiyalar hisobidan qo‘llab-quvvatlash;
- qaytarib berish asosida moliyaviy investitsiyalash bazasini shakllantirish uchun
yirik resurslarni jalb qiluvchi motivatsion mexanizmni yaratish;
- faqat konkurs asosida har bir investitsion dasturning dastlab ekspertizasiga va
markaziy maqsadli dasturlarga mos ravishda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan
investitsion loyihalarni moliyalashtirish va markazlashgan investitsiyalarni
joylashtirish;
- investitsion siyosatning davlat ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
58
- iqtisodiyotni investitsiyalashda xususiy sektorning rolini oshirish orqali
investitsion jarayonni bosqichma-bosqich markazlashuvi;
- investitsion loyihalarni davlat - tijorat tomonidan moliyalashtirish amaliyotini
ahamiyatli kengaytirish, shu jumladan chet el investorlar
va xususiy biznes
kapitallarini jalb etish;
- markazlashgan (kredit) investitsion mablag‘lardan, juda samarali va o‘zini tez
oqlaydigan investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish;
- chet el investitsiyalarini jalb qilish maqsadida qonun chiqaruvchi va normativ
bazalarni mustahkamlash va boshqalar.