Kredit 103 - «Kapital qo'yilm alar uchun talab
qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag‘i» subschyoti.
Mol yetkazib beruvchilarga maxsus mablag‘lar hisobidan amalga
oshirilayotgan kapital qurilishda sarflanadigan qurilish materiallari,
konstruksiyalar va qismlar hamda o'matiladigan uskunalar sotib olish
uchun o ‘tkazib berilgan pul m ablag‘lari summasiga quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
D ebet 150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
subschyoti;
Kredit 111 - «Maxsus m ablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag‘i» subschyoti.
Mol yetkazib beruvchilardan kapital qurilishda sarflash uchun
sotib olingan qurilish materiallari, konstruksiyalar va qismlar hamda
o ‘matiladigan uskunalar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
Debet 040 - « 0 ‘matiladigan uskunalar»
subschyoti yoki
Debet 041 - «Kapital qurilish uchun qurilish materiallari» subschyoti;
Kredit 150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
subschyoti.
Pudratchilarga kapital qurilishda sarflash uchun berilgan qurilish
materiallari, konstruksiyalar va qismlar hamda o ‘matiladigan uskunalar
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
subschyoti;
Kredit 040 - « 0 ‘matiladigan uskunalar» subschyoti yoki
Kredit 041 - «Kapital qurilish uchun qurilish materiallari» subschyoti.
Pudratchilardan qabul qilib olingan bajarilgan qurilish-montaj
ishlari
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 203 - «Kapital q o ‘yilmalarga budjet bo‘yicha xarajatlar» subschyoti
yoki
Debet 212 - «Kapital qo'yilm alarga va uskuna sotib olishga maxsus mablag'lar
bo'yicha xarajatlar» subschyoti;
Kredit 150 - «Mol yetkazib bcruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
subschyoti.
Pudratchilardan qabul qilib olingan bajarilgan qurilish-montaj
ishlari uchun o'tkazib berilgan pul mablag‘lari summasiga quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
subschyoti;
Kredit 093 - «Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti yoki
Kredit 103 - «Kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subschyoti yoki
Kredit 111 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subschyoti.
150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar»
subschyotiga doir analitik hisob har bir
mol yetkazib beruvchi va
pudratchi b o ‘yicha 292-a-shakldagi kartochkada (yoki 292-shakldagi
kitobda) olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: