M ahalliy budjet m ablag‘lari depozit hisob varag‘iga kelib
tushgan d arom adlar to ‘g‘risida m a ’lum otnom a (3-shakl)
Muayyan mahalliy budjetga xizmat qiluvchi bank muassasasi
ushbu mahalliy budjet mablag‘lari hisobvarag‘i bo‘yicha har kuni
o‘z ko‘chirmasini unga ilova qilib barcha boshlang‘ich (dastlabki)
hujjatlami mazkur moliya organiga beradi. Xizmat ko‘rsatuvchi bank
muassasasi tomonidan bu berilgan hujjatlar asosida moliya organining
buxgalteriya xizmati har kuni «Mahalliy budjet mablag‘lari depozit
hisobvarag‘iga kelib tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma»ni
(3-shakl) tuzadi. M a’lumotnomada budjet tasnifining bo‘limi, bobi,
paragrafi, daromadlaming nomi, hujjatlar soni va to‘lovning har bir turi
bo‘yicha summasi ko‘rsatiladi. Kun ichida budjet ijrosi bo'yicha barcha
operatsiyalarga tuziladigan memorial orderda daromadlaming umumiy
summasiga tegishli schyotlar korrespondensiyasi keltiriladi. Mahalliy
budjet hisobvarag4 iga kelib tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma
memorial order, mahalliy budjet mablag'lari hisobvarag‘idan ko‘chirma
va boshqa hujjatlar bilan birga moliya organining buxgalteriya
xizmatining hujjatlar yig‘majildlariga tikib saqlanadi.
1 - Zak. 211
17
Moliya organlarida qo'llaniladigan buxgalteriya hujjatlariga yozuvlar
yozuv qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Ikki yoki undan ko‘proq
nusxalarda tuziladigan buxgalteriya hujjatlari, yozuv mashinkasi
bo‘lmaganda, nusxa ko‘chiradigan qog‘oz ostida sharikli ruchka pastasi
bilan to‘ldiriladi. Buxgalteriya hujjatlaridagi bo‘sh qatorlar chizib
chiqiladi. Buxgalteriya hujjatlarida qirish va izohlanmagan tuzatishlar
qilishga yo‘l qo'yilmaydi. Buxgalteriya hujjatlaridagi xatolami, noto‘g ‘ri
yozilgan matnni yoki summani ustidan chizib va chizilganning ustiga
to‘g ‘ri matnni yoki summani yozish y o ii bilan to‘g ‘rilanadi. Ustidan
ingichka chiziq keyinchalik avval yozilganlarni o ‘qish mumkin bo‘lishi
uchun chiziladi. Buxgalteriya hujjatidagi xatoni tuzatish «tuzatilgan»
degan yozuv bilan izohlanishi va tuzatilgan sana ko‘rsatilgan holda
hujjatni avval imzolagan shaxslaming imzolari bilan tuzatilganligi
tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Kassa va bank hujjatlarida tuzatishlar
qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talablarga javob bermaydigan hujjatlar
haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Moliya organi buxgalteriya xizmatiga kelib tushgan boshlang‘ich
hujjatlar, albatta, shakl bo‘yicha (barcha rekvizitlar va imzolaming borligi)
hamda mazmuni bo‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyalaming
qonuniyligi, ayrim olingan ko‘rsatkichlaming mantiqan o‘zaro bog‘liqligi)
tekshirib
chiqiladi.
Hujjatlardagi
ma’lumotlaming
ishonchliligiga,
boshlang‘ich hujjatlaming o‘z vaqtida va sifatli tuzilganligiga ushbu
hujjatlami tuzgan va imzolagan shaxslar javob beradilar. Buxgalteriya
hisobiga qabul qilingan hujjatlar har kunlik barcha operatsiyalar bo‘yicha
274-shakldagi umumiy memorial-order rasmiylashtiriladi.
Tekshirilgan va buxgalteriya hisobiga olish uchun qabul qilingan
hujjatlar operatsiyalaming amalga oshirilgan sanasi bo'yicha xrono-
logik tartibda tartiblashtiriladi va tegishli memorial-orderlar bilan
rasmiylashtiriladi.
Memorial-orderlar operatsiyalar amalga oshirilishi bilan, ammo
hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuziladi va bosh
buxgalter tomonidan imzolanadi.
Memorial orderlar hisobga olish registrlariga yozilishidan avval
birinchi sonidan boshlab ketma-kct tartibda, har oy uchun alohida-
alohida raqamlab chiqiladi.
Har bir hisobot oyi tugagandan so‘ng barcha memorial-orderlar,
ularga tegishli hujjatlar birgalikda xronologik tartibda yig‘ilgan va
kitob qilingan bo'lishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo‘lmagan taqdirda
ulaming uch oyligini birga qo‘shib kitob qilish mumkin. Kitobning
muqovasiga: moliya organining nomi; kitobning nomi va tartib raqami;
hisobot yili (yil va oy); memorial-orderlaming boshlang‘ich va oxirgi
raqami; kitobdagi varaqlar soni yozib qo'yiladi.
Hujjatlaming saqlanishi, ulaming rasmiylashtirilishi va arxivga berili-
shini bosh buxgalter ta’minlaydi. Hujjatlar, ular arxivga topshirilgunga
qadar, maxsus xonalarda yoki yopiladigan shkaflarda bosh buxgalter
tomonidan tayinlangan shaxsning javobgarligida saqlanishi kerak. Moliya
organining buxgalteriya arxivida buxgalteriya hujjatlarining kitoblari
bclgilangan muddat davomida saqlanadi. Buxgalteriya hujjatlarining
kitoblarini buxgalteriya arxivida saqlash muddati tugagandan so‘ng
bclgilangan tartibda tegishli davlat arxiviga topshiriladi. Buxgalteriya
hujjatlarining kitoblari arxivga topshirilganligiga dalil bo'ladigan
hujjatlar buxgalteriyada doimiy saqlanadi.
U yoki bu sabablarga muvofiq buxgalteriya hujjatlari yo‘qolsa
yoki o ‘g ‘irlansa, u holda moliya organi rahbari bu holatni tegishli
dalolatnoma bilan rasmiylashtirishi va yozma tarzda moliya organi
joylashgan hududdagi huquqni muxofaza qilish organlariga va yuqori
moliya organiga xabar bcrishi kerak.
Moliya organida maktab ta’limi fondi budjetining ijro etilishi bo'yicha
buxgalteriya operatsiyalarini yozib borish uchun asos bo‘lib quyidagi,
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar xizmat qiladi:
1) budjetdan tashqari maktab ta’limi fondi daromadlari va xarajat-
larining parametrlari;
2) moliyalashtirish miqdorlari o'zgarganligi to‘g ‘risida m a’lumotno-
ma-xabamoma (17-mtj shakl);
3) farmoyish (5-mtj shakl);
4) o ‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xabamoma (1 1-mtj shakl);
5) maktab ta’limi fondi maxsus hisobvaraqlaridagi mablag‘lar
harakati to‘g‘risida ma’lumotnoma;
6) maktab ta’limi fondi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi
bajarilishi to‘g‘risida oylik va choraklik hisobotlar;
7) 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari
muassasalarining maktab ta’limi fondi mablagiari hisobidan kapital
qo‘yilmalar va boshqa tadbirlami moliyalashtirish bo‘yicha hisobotlari;
8) memorial order (274-shakl);
9) 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining mak
tab ta’limi fondi mablag‘lari maxsus hisobvarag'idan ko'chirmalari,
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining maktab
ta’limi fondi hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari to‘g‘risidagi
hisobotlari;
10) maktab ta’limi fondi mablag‘larining ijro etilishi bilan bog‘liq
boshqa hujjatlar.
5. D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I H I S O B G A O L I S H D A
Q O ‘L L A N I L A D I G A N B U X G A L T E R I Y A R E G I S T R L A R I
Davlat budjeti ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya
rcgistrlariga memorial-ordcrlar va hujjatlar asosida yoziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar
ijrosining buxgalteriya hisobini olib borish uchun Qoraqalpog'iston
Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi
buxgalteriya registrlari qo'llaniladi:
1) «Bosh-jurnal» kitobi (1-f-shakl);
2) «Budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet mablag'lari bo'yicha
talab qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvaraqlari va kassa
xarajatlari» kitobi (3-f-shakl);
3) «Boshqa budjetlar bilan hisob-kitoblar» kitobi (4-f-shakl);
4) «Daromadlar» kitobi (5-f-shakl).
Budjet ijrosi buxgalteriya hisobini olib borishda hisoblash tex-
nikasini qo'llash 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini avtomat-
lashtirilgan hisoblash markazi tomonidan markazlashtirilgan tartibda
ishlab chiqilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Yangi yilning buxgalteriya kitoblari har bir moliya organida joriy
yilning 31 dekabridan kechikmasdan tayyorlanadi. Har bir kitobda, unga
yozuvlar qilishdan avval uning barcha varaqlari raqamlanadi. Kitobning
oxirgi varag‘ining orqasiga moliya organi bosh buxgalteri tomonidan
«Mazkur kitobda hammasi bo‘lib ___ta varaq raqamlangan», deb yozib
20
qo‘yiladi. Har bir kitobga: moliya organining nomi, kitobning nomi va
hisobot yili yozib qo'yiladi. Barcha kitoblarda (bosh-jumal kitobidan
tashqari) unda ochilgan subschotlaming mundarijasi, «Daromadlar»
kitobida esa-budjet tasnifining tegishli budjetga tushadigan daro-
madlaming bo‘linmalarini nomlari yoziladi.
6. D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G H IS O B 1 B O ‘Y I C H A
Y A G O N A S C H Y O T L A R R O 'Y X A T I V A B A L A N S I
Barcha moliya organlari budjet ijrosining buxgalteriya hisobini
ikki yoqlama yozish tizimi va O ‘zbekiston Rcspublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlangan yo'riqnomasiga muvofiq yagona
schyotlar ro‘yxati bo‘yicha yuritadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlangan moliya organlaridagi budjet ijrosining
buxgalteriya hisobi bo‘yicha yo'riqnomada schyotlar ro'yxati va schyotlar
korrespondcnsiyasi belgilanadi, ayrim opcratsiyalarni hisobga olish
tartibi aniqlanadi, budjet ijrosining buxgalteriya hisobi uchun moliya
organlari tomonidan qo‘llaniladigan registrlar va hujjatlarning shakllari
keltiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet
ijrosining joriy buxgalteriya hisobi uchun barcha moliya organlariga
yagona schyotlar ro‘yxati (rejasi) belgilangan. Schyotlar ro'yxati—bu
Do'stlaringiz bilan baham: |