mam lakat barcha mustaqil budjetlarining ijrosi hisobi va budjet
tashkilotlari xarajatlari smetalari ijrosining hisobi amalga oshiriladi.
2. B U D JE T H ISO B IN 1N G O B Y E K T L A R I
Budjetning daromadlari va xarajatlari
budjet hisobining asosiy
obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming budjet ijrosi
jarayonining ayrim bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega.
Davlat budjeti daromadlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha:
1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar;
2) jismoniy shaxslardan tushgan mablag‘larga bo‘linadi.
Davlat budjeti daromadlari budjetga tushish tavsifi bo‘yicha:
1) soliqlar sifatidagi tushumlar;
2) nosoliq tushumlarga bo ‘linadi.
Davlat budjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish
davrlari bo‘yicha:
1) hisoblangan daromadlar;
2) kassa daromadlariga bo ‘linadi.
D a v la t b u d je tin in g h iso b la n g a n d a ro m a d la r i. Budjetning
k assa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda moliya
organlari tom onidan hisoblanishi kerak b o ‘lgan
daromadlar d a v la t
b u d je tin in g h iso b la n g a n d a ro m a d la r i, deb ataladi. Davlat soliq va
m oliya organlarida hisoblangan darom adlarning faqat tezkor hisobi
olib boriladi.
Davlat budjetining kassa darom adlari. Budjetning bankdagi
schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat budjetining kassa
darom adlari, deb ataladi. Kassa daromadlari budjetning daromad qismining
bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham budjet daromadlarining
tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi.
D av lat b u d jetin in g kassa x a ra ja tla ri. Budjetning bankdagi
schyotlaridan budjetda ko ‘zda tutilgan xarajatlargagina mablag1 beriladi.
Budjet mablag‘lari naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar y o ‘li
bilan berilishi mumkin. Budjetning
bankdagi schyotlaridan bank
muassasalari tomonidan berilgan summalar dav lat budjetining kassa
x a ra ja tla ri, deb ataladi.
Davlat budjetining haqiqiy xarajatlari. Budjet mablag'lari
hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan
yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to'lanmagan xarajatlar davlat
budjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Budjetning haqiqiy
xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar
hisobi faqat bu xarajatlaming
paydo boMish joylaridagina, ya’ni budjet
tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda olib boriladi.
Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlami bank
muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlami esa budjet
tashkilotlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan oladi.
Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar budjet
ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari budjet
ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi.
3. B U D J E T T A S N I F I N I N G A N A L I T I K
H I S O B D A G I A H A M I Y A T I
Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat
budjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet
tasnifi yotadi. Budjet tasnifi
davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul
qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini bir tizimga solish
uchun foydalanish va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining
aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida
davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini,
shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash
hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma budjetlami bir yagona davlat budjetiga
jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy ftmksiyani amalga
oshirishuvchi hujjatgina bo'lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga
ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari
va xarajatlari bir xil
alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi.
Boiimlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi bo'linmalari
hisoblanadi.
Budjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Turli darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida
shakllantiriladi va ijro etiladi, y a ’ni tasnif obyektlariga berilgan
guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi.
Budjet tasnifi:
1) budjet daromadlari;
2) budjet xarajatlarining vazifa jihatidan;
3) budjet xarajatlarining tashkiliy;
4) budjet
xarajatlarining iqtisodiy;
5) davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini
o ‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: