O‘tkazuvchi sistema. Barglardagi o‘tkazuvchi sistema yirik va mayda
tomirlardan tashkil topgan. Tomirlanish turlari quyidagicha bo‘ladi: 1)
tarmoqlanmaydigan bir yoki bir necha tomirlar, masalan, qarag‘ay bargidagi
tomirlanish; 2) tomirlar tarmoqlanib, ularning uchi barg plastinkasining chetiga
taqalib turadi, masalan, qirqquloqlardagi tomirlanish; 3) bir nechta parallel
to‘g‘ri chiziqlar yoki yoylar tarmoqlanib, ko‘ndalang ketgan anostomozlar
145
orqali bir-biri bilan tutashadi, bu ko‘pchilik bir pallalilarda uchraydi; 4) ikki
pallali o‘simliklar bargida bitta yirik tomir yoki bir-biriga deyarli baravar
bo‘lgan bir necha yirik tomirlar bo‘ladi. Barglardagi o‘tkazuvchi bog‘lamlar
asosan yopiq kolloterial tipda bo‘lib, ba’zan o‘tkazuvchi bog‘lamlarochiq
holatda bo‘ladi. Ularning kambiysi juda sust ishlaydi. Bir pallali o‘simliklar
bargining epidermisi tashqi tomondan kutin va qumtuproq moddasi bilan
to‘yingan bo‘lib, yoriqchalar faqat yuqori epidermisda bo‘ladi. Yuqori
epidermis hujayralari orasida suv saqlovchi yirik hujayralar bo‘lib, ular
harakatlantiruvchi (motor) hujayralar deb yuritiladi. Issiq paytida o‘simlik
suvga ehtiyoj sezib, motor hujayralardagi suv boshqa hujayralarga o‘tadi. Bu
jarayon bargning shaklini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, barg yuqoriga buralib,
trubka hosil qiladi va quyosh nuridan saqlanadi. Bir pallali o‘simliklarning
xlorenximasi faqat bulutsimon to‘qimalardan tashkil topgan bo‘lib, ularning
orasida yirik va mayda o‘tkazuvchi bog‘lamlar joylashgan.
Ikki pallali o‘simliklarning barg epidermisining hujayra po‘sti egri-
bugri, yoriqchalar tartibsiz joylashgan bo‘lsa, bir pallali o‘simliklarning barg
epidermisini hujayra po‘sti tekis, yoriqchalari tartibli joylashgan. Bular
orasidagi keskin farq farmakognoziya fanida dorivor o‘simliklarni aniqlashda
qo‘llaniladi.
146
IV- bob
O‘SIMLIKLARNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHI
O‘simliklar ontogenezini tavsiflovchi eng muhim jarayonlar modda
almashinuvi natijasida hujayralarning bo‘linib ko‘payishiga bog‘liq. Ular
o‘simlik tanasidagi barcha hayotiy reaksiyalarning natijasi hisoblanadi, bu
jarayonlar bir-biriga uzviy bog‘liq, bo‘lib, faqat o‘sish asosida rivojlanish va
rivojlanish asosida o‘sish tavsiflanadi. Natijada ikkalasi o‘simlikning hayotiy
siklini belgilaydi. Biroq ayni vaqtda o‘sish va rivojlanish bir-biridan fark ham
qiladi. O‘simliklar o‘sganda ularning hajmlari, og‘irligi, tashqi ko‘rinishi
o‘zgarib kattalashadi.
O‘sish - bu o‘simliklar bo‘yi va eni tobora ortib, umumiy
massaningoshishidir. Bunday o‘sish orqasiga qaytmaydi. Chunki yangidan-
yangi hujayralar,to‘qimalar va organlar vujudga kelib, protoplazma va undagi
organoidlar(xloroplastlar, mitoxondriyalar vaboshqalar) to‘xtovsiz shakllanib
turadi. Masalan, urug‘ning unishi, tugunakning o‘sishi natijasida ularning
og‘irligi kamayib, hatto yo‘qolib ketadi, chunki undagi oziq moddalar yangi
o‘simlik o‘sib chiqishi uchun sarflanadi.
Rivojlanish–o‘simlikning
hayotiy
siklini
(ontogenezini)
tavsiflovchiyoshlik,
voyaga
etish,
ko‘payish,
qarish
va
o‘lish
arafalaridagisifatiymorfologik va fiziologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Bu jarayonlarning o‘zaro nisbati o‘zgarib turishi mumkin. Masalan,
ayrim o‘simliklarda o‘sish ancha faol, rivojlanish esa juda sekin borishi,
boshqalarida aksincha bo‘lishi mumkin. O‘sish juda faol kechadigan
o‘simliklar tanasi odatda yirik, o‘sish sekin va rivojlanish faol bo‘lgan
o‘simliklar, aksincha karlik (kichik) bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar o‘simlik
turlariga, navlarningxususiyatlariga, ichki va tashqi omillarningta’siriga
bog‘liq. O‘sish va rivojlanish umumiy bir yaxlitlikni tashkil etib, o‘simlik
147
tanasida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga, o‘simlikning ildiz
orqali va havodan oziqlanishiga, energiya bilan ta’minlanishiga, umuman,
assimilyasiya va dissimilyasiyada ishtirok etuvchi barcha jarayonlar
yig‘indisiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘sish –o‘simlik hayotining faollik darajasini ko‘rsatuvchi eng muhim
jarayonlardan biridir. Chunki bu jarayon o‘simlik tanasidagi barcha fiziologik
va biokimyoviy reaksiyalar natijasida sodir bo‘lib, yangidan-yangi
hujayralarning, organlarning hosil bo‘lishi va ularning umumiy quruq
massasiningortib
borishi
bilan
tavsiflanadi.
O‘simliklarning o‘sishi
hayvonlardan farqli ravishda butun ontogenezida davom etadi va yangidan –
yangi organlar hosil bo‘ladi. Shuning uchun yuz yillik va ming yillik
daraxtlarda ham yosh, ham bir necha kunlik organlarning borligini ko‘rish
mumkin.
Tabiatdagi barcha o‘simliklar ma’lum qonun asosida o‘sadi. Masalan,
poya va ildiz uchi (apekal qismi) bilan o‘ssa, barglar odatda asosi bilan o‘sadi,
faqat qirqquloqning bargi novdaga o‘xshab uchi bilan o‘sadi.Ildiz bilan poya
butun umri davomida o‘ssa, barg ma’lum shakliga etganda o‘sishdan
to‘xtaydi. G‘alladoshli o‘simliklar uchidan tashqari bo‘g‘imlardagi
meristemalar orqali ham o‘sadi (interkolyar o‘sish).
O‘sish to‘rtta davrga bo‘linadi: boshlanish, tez o‘sish, sekinlanish va
ma’lum vaqt to‘xtash.
Boshlanish davri o‘simliklarni urug‘idan o‘sib chiqqan yosh nihol
bo‘lib, u endi o‘sa boshlash vaqtidir. Yosh nihol to‘liq barg va novdalar
chiqarganda o‘sish juda tezlashib, ikkinchi davrga o‘tadi. O‘simlikning qancha
o‘sishi shu davrga bog‘liq. Etilgan o‘simlik gullay boshlaydi. Bu davrda o‘sishi
sekinlashadi, chunki meristemani faollik xususiyati kamayadi, lekin
hujayralarda moddalar almashinuv jarayoni yaxshi davom etadi, shuning uchun
oziq moddalar o‘simlikning biror joyida to‘plana boshlaydi. Masalan shaftoli,
o‘rik, gilos mevasida, sabzi, sholg‘om, turp, rediskalarning ildizida,
148
gulsapsarning ildiz poyasida, kartoshkaning tugunagida, sarimsoq piyozning
qiyofasini o‘zgartirgan bargida (piyoz boshchasida), karam bargida, donli
o‘simliklarning urug‘ida o‘ziga xos bo‘lgan moddalar to‘planadi. Urug‘
etilganda bir yillik o‘simliklar umuman nobud bo‘ladi, ko‘p yilliklari qishki
tinim davriga o‘tib o‘sishdan vaqtincha to‘xtaydi.
O‘simliklarning urug‘i kelajak nasl bo‘lib, ular qulay sharoitgacha
tinim davrida bo‘lib, bu davr ayrim o‘simliklarda 10 000 yilgacha davom etishi
mumkin.
O‘SISHGA TA’SIR QILADIGAN OMILLAR
O’simliklar o‘sayotganda asosan ichki va tashqi omillar ta’sir qiladi.
Ichki omillarga hujayradagi barcha murakkab jarayonlar ta’sir etib, bu
jarayonlar xromosomadagi genlar orqali boshqariladi. Har bir o‘simlik genlari
o‘z avlodidagi genlarning bajargan vazifalarini takroran qaytaradi. Masalan,
bug‘doy o‘zidan oldingi o‘tgan avlodlariga o‘xshaydi va u bajargan vazifani
bajaradi.
O‘simliklarning o‘sishiga tashqi sharoitning juda ko‘p omillari ta’sir
etadi. Chunki o‘simliklarning yaxshi o‘sishi uchun etarli darajada harorat,
yorug‘lik, namlik, gazlar, havo tarkibi, mineral oziqlanish va boshqalar talab
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |