M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

39- rasm. Murakkab barg xillari 
 


136 
 
Ayrim  murakkab  bargli  o‘simliklarning  barg  bandi  jingalak  bilan 
tugallanadi.  Masalan,  no‘xot,  yashil  no‘xot,  yasmiq  kabi  o‘simliklarda 
uchraydi.  Barg  bandining  uchi  barg  bilan  tugallansa,  toq  patsimon  murakkab 
barg deb  ataladi.  Ko‘pchilik hollarda barg bandi  uchidagi patsimon bargning 
yon tomonidagi bargchalari (yong‘oq, atirgulda)  yirikroq bo‘ladi. 
Barg plastinkasi et ( yumshoq qismi) va qattiq (tomir) qismdan  iborat. 
Tomir  o‘tgan  qismida  mexanik,  o‘tkazuvchi  va  asosiy  to‘qimalar  joylashgan. 
Shuning  uchun  barg  tomirida  moddalar  harakati  ro‘y  beradi,  yumshoq  et 
qismini bukilib ketishidan saqlaydi. 
Barg tomirining yo‘nalishi bir tomonga qaragan bo‘lishi mumkin.  Bir 
xil  yo‘nalishdagi  tomirlar  boshlanish  va  tugallanish  joylarida  birlashsa, 
yoysimon tomirlanish deb ataladi. Masalan, lola, zupturum  o‘simligining bargi 
yoysimon  tomirlangan.  Bir  xil  yo‘nalishdagi  tomirlar  tutashmasa  parallel 
tomirlanish  deb  ataladi.  Parallel  tomirlanish  arpa,  bug‘doy  va  boshqa 
g‘alladosh o‘simliklarda uchraydi. Parallel va yoysimon tomirlanish bir pallali 
o‘simliklarga mansubdir. 
Barg  tomirlari  shoxlanib  ketgan  bo‘lsa,    to‘rsimon  tomirlanish  deb 
ataladi va bu tomirlanish ikki pallali o‘simliklar uchun xosdir. Barg plastinkasi 
butun bo‘lsa, patsimon tomirlanish yoki barg plastinkasining qirqilishiga qarab,  
barmoqsimon  tomirlanish  va  yulduzsimon  tomirlanish  farq    qilinadi. 
Evolutsion taraqqiyot davrida  qirqquloqlar va urug‘li qirqquloqlar barglarining 
tomirlanishi dixotomik shaklda bo‘lgan. Ochiq urug‘li o‘simliklarda  uzunasiga 
bir yoki bir necha  tomirlar ketgan bo‘lib, ular o‘zaro birlashmagan. 
Bir pallali o‘simliklarda tomirlar o‘zaro birlashmay  yoki uchi birlashib,  
poyaning  o‘tkazuvchi  to‘qimasi  bilan  birlashsa,  ikki  pallali  o‘simliklarda 
tomirlar  o‘zaro  har  xil  shakllarda  birlashib,  poyaning  o‘tkazuvchi  to‘qimasi 
bilan tutashadi. 
O‘simlik  barglarining  tomirlanishiga  qarab  farmakognoziya  fanida 
dorivor  o‘simliklarning  morfologiyasi  aniqlansa,  sud-meditsina  ekspertiza 


137 
 
laboratoriyalarida zaharlanish o‘simlik orqali  sodir bo‘lganligi aniqlanadi. 
 
Barglarning yashovchanligi va katta-kichikligi 
O‘simliklardagi    barglarning  yashash    muddati  ham  turlichadir. 
O‘simliklarning ko‘pchiligi  har yili kuzda  o‘z bargini to‘kadi. Barg bandlari 
asosida  hujayralarning  mahsus  ajratuvchi  qavati  hosil  bo‘lishi  sababli  
xazonrezgilik  sodir  bo‘ladi.      Masalan,  tol,  terak  va  mevali    daraxtlar  bargi 
to‘kiladigan daraxt – o‘simliklar  hisoblanadi. 
Shuningdek, doimiy yashil o‘simliklar  ham bo‘lib, ularning barglari bir 
necha  yil  yashaydi.  Bularga  nina  bargli  o‘simliklardan  qarag‘ay,    oqqarag‘ay 
va  qoraqarag‘ay;  keng  bargli  o‘simliklardan  shamshod,  breskilet;  subtropik 
o‘simliklardan palma, choy, lavr misol bo‘la oladi. Oddiy qarag‘ay bargi 2 yil, 
qoraqarag‘ay  5-7  yil,   lavr bargi   4  yil,  Kavkaz pixta  o‘simligining bargi  2-5 
yilgacha,  janubiy-g‘arbiy  Afrikada  o‘sadigan  velvichiya  barglari  esa  100 
yilgacha  yashaydi.  Ular barg asosi bilan o‘saveradi, uchi esa qurib ketaveradi. 
O‘rta Osiyo tog‘larida o‘sadigan ravochlarning ba’zi bir turlari yirik bargga ega 
(o‘rtacha uzunligibir metrgacha boradi). 
Barglar  o‘simliklar  turiga  qarab    har  xil  kattalikda  bo‘ladi.  Ayrim 
o‘tsimon  o‘simliklarda  ularning  kattaligi    bir  necha  millimetrni  tashkil  qilsa, 
ba’zilarida  metrlar  bilan  o‘lchanadi:  masalan    Afrika  va  janubiy  Amerikada 
o‘sadigan palmalar (Rhaphia taedigera) bargining uzunligi  20- 22 metr, eni esa 
10-12 metrga etadi. 
Barg  o‘simliklarda  o‘zgaruvchan  organdir,  shuning  uchun  bir 
o‘simlikning  o‘zida    har  xil  shakldagi    va  kattalikdagi  barglarni  uchratish 
mumkin. O‘simliklarda uchraydigan ana shunday hodisalarga  har xil barglilik 
yoki geterofiliya  deb ataladi. Geterofiliya grekcha “geteros” – har xil, “fillon” 
–  barg  degan  so‘zlardan  olingan.    Bunday  hodisani  ko‘pincha  tut,  anjir 
daraxtida,  suv  ayiqtovonidakuzatamiz.  Tut  daraxtining  bitta  novdasida  butun 
hamda  bo‘lakli  barglarni    uchratish  mumkin.    Shuningdek,  suv  qirqquloqning  


138 
 
suv  ichidagi  bargi    plastinkali  bo‘lib,  ildiz  vazifasini  bajarsa,  suv  yuzasidagi 
bargi  plastinkali  bo‘lib,  assimilyasion  vazifani  bajaradi.  Evkalipt  daraxtining 
pastki    barglariyumaloq,  bandsiz    va  qarama-qarshi  joylashgan  bo‘lsa, 
yuqoridagi barglari o‘roqsimon bandli va ketma-ket joylashgan. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish