143
barglarda ko‘pincha havo yo‘llari bargning pastki tomonidagi chuqurchalarda
joylashadi. Natijada suvni tejab sarflaydi.
41- rasm. Izoloterial barg tuzilishi.
V- tuk,
jv- bezli tuk, ev- ustki epidermis, en- ostki epidermis, pt- ustunsimoh toqima,
kss- ortangi
qavat hujayralar, pp- otkazuvchi boglam, k- kutikula.
Radial barg. Radial bargda barg mezofili radius bo‘ylab, ya’ni aylana
bo‘ylab joylashadi. Qarag‘ay o‘simligini misol tariqasida ko‘rish mumkin.
Bargning har xil to‘qimalaridagi plastidlar shakli, ichki tuzilishi, kraxmal hosil
qilish qobiliyati jihatidan turlicha bo‘ladi. Lekin bargdagi ustunsimon va
bulutsimon plastidlar faol ravishda kraxmal hosil qiladi. Bargning
rivojlanishida hamma to‘qimalar bir tekisda o‘sadi. Ammo ninabargli
o‘simliklarning barg epidermisining o‘sishi assimilyasion to‘qimaga nisbatan
barvaqt to‘xtaydi, natijada assimilyasion to‘qimani hosil qilayotgan hujayralar
o‘sishda davom yetib, ular egri-bugri holatdagi hoshiyali parenximani hosil
qiladi. Ninabargli o‘simliklar mezofilida hoshiyali parenxima hujayralari
orasida hujayralararo bo‘shliq yo‘qday bo‘lib ko‘rinadi.
Lekin ulardagi o‘tkazuvchi bog‘lam joylashgan bo‘shliqlar havo
yo‘ligacha boradi. Natijada ularda ham gaz almashinuvi sodir bo‘ladi.
Ninabargli o‘simliklardan qarag‘ay o‘simligi bargining ustki tomoni epidermis
bilan qoplangan. Epidermisning ostki qatlamida rangsiz – gipoderma, ya’ni
ostki to‘qima bo‘lib, agar epidermis shikastlansa, himoya vazifasini, asosan
144
suv g‘amlovchi va mexanik vazifani bajaradi. Havo yo‘llari ichki to‘qimalarga
yaqin joylashgan bo‘lib, ikkita loviyasimon hujayra, uning ostida yoriqcha
bo‘shlig‘i bor. Bu bo‘shliq gaz almashinuvida alohida ahamiyatga ega.
Po‘stloq qismining asosini hoshiyali xlorofill donachalari bo‘lgan parenxima
to‘ldiradi. Hoshiyali parenxima orasida smola yo‘llari bo‘lib, ikki qismdan
iborat. Smola uni hosil qiluvchi epitilial qatlam hamda u qatlamni
shikastlanishdan saqlab turuvchi mexanik to‘qima – sklerenximadan iborat.
Bargning tuzilishi novdanikiga o‘xshagani uchun markazda bir qator
hujayralardan tashkil topgan endoderma joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima
bog‘lamlari kolloterial tipda bo‘lib, poyadagi kolloterial bog‘lamlardan farq
qiladi. Unda ksilema yuqori tomonda, floema pastda joylashgan. O‘tkazuvchi
bog‘lam atrofida mexanik to‘qimadan iborat sklerenxima bor (42- rasm).
42-rasm. Qaragay bargining mikroskopik
tuzilishi
1- epidermis, 2- chokli parenxima, 3- smola yollari, 4- ogizcha, 5- endoderma,
6- parenxima hujayralari, 7- sklerenxima, 8- floema
Do'stlaringiz bilan baham: