31- rasm. Kurtaklarning tuzilishi
A – vegetativ kurtak, B – generativ kurtak V – vegetativ-generativ kurtak, 1 – boshlang‘ich
poya; 2 – kurtak qobig‘i, 3 – boshlang‘ich gullar; 4 – boshlang‘ich barg
Novdalar turli o‘simliklarda turlicha shoxlanadi. Shoxlanishning
quyidagi turlari farq qilinadi (32-rasm).
Monopodial shoxlanishda poyaning uchki kurtagi o‘simlik nobud
bo‘lguncha o‘sishda davom etadi. Uning yon kurtaklaridan yon novdalar
hosil bo‘ladi. Asosiy poya yo‘g‘onlashib, yiriklashib boradi, yon novda
asosiy poyaga nisbatan sekin o‘sadi. Monopodial shoxlanishko‘proq,
ochiq urug‘li o‘simliklarga (tilog‘och,archa, qaragay) xos bo‘lib, yopiq
urug‘li o‘simliklarda kamdan-kam uchraydi (mirzaterak, g‘o‘za). Lekin
ba’zi o‘simliklarni uchini chilpib simpodial shoxlanishga o‘tkazish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |