Bir yillik o‘simliklar - o‘z hayot siklini bir yilda tugallaydi, odatda
bahorda rivojlana boshlab, yozda yoki kuzda rivojlanishni tugallaydi.
Arpa, sholi, no‘xat, yeryong‘oq, zig‘ir, kunjut, kungaboqarlar bir yillik
o‘simliklardir.
Ikki yillik o‘simliklar - hayot sikli birinchi yili tugallanmay, ikkinchi
yili ham davom etaveradi. Birinchi yili ular odatda to‘pbarg yoki
qisqargan poya hosil qiladi, ikkinchi yili poya chiqarib gullaydi, meva
tugadi va keyin nobud bo‘ladi. Sabzi, lavlagi, karam, sachratqi va
ko‘pgina yovvoyi o‘tlar ikki yillik o‘simliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |