203
Ilk bor o‘simliklarning tarkibi va ishlatilishiga qarab ular guruhlarga
ajratilgan, buni tasviriy sistema deb atalsa bo‘ladi. Lekin birinchi ilmiy asosda
sun’iy sistemalar tuzila boshlagan. Sun’iy sistemada o‘simliklarning bitta
morfologik belgisiga qarab guruhlarga ajratilgan.
Mukammal ravishda o‘simliklarning sun’iy sistemasini tuzgan o‘tkir
zehnli, iste’dodli mashhur shved tabiatshunosi Karl Linney bo‘lgan.
Sistematika sohasida dastlabki ishi 1735 - yilda nashr etilgan. Bu «Tabiatning
sistemasi» (Sistema naturae) nomli asarida bayon qilingan.
K.Linneygacha o‘simliklar dunyosining xilma-xilligi to‘g‘risida juda
ko‘p ma’lumotlar to‘plangan bo‘lsa ham, lekin yagona bir sistema bo‘lmagani
uchun juda ko‘p chalkashliklar kelib chikkan. K.Linney esa bu chalkashlikka
chek qo‘ydi. U o‘simliklar dunyosini 24 sinfga ajratdi. Sinflarga ajratishda
o‘simlik gulidagi changchilar sonini va tutashib o‘sish usullarini asos qilib
oladi va bu bilan o‘simliklar tasnifining birmuncha sodda hamda qulay
sistemasini yaratdi. U o‘simliklarning sinf, tartib, tur va tur xillarini ham
ko‘rsatib berdi. O‘simliklarni juda aniq, nomlashning yagona sistemasini
kiritdi. O‘simliklarning turkum va turi nomini qo‘yib, qulay deb ta’kidladi.
Shundan boshlab o‘simliklarning qo‘sh nom (binar nomenklatura) bilan
yuritish juda qulay bo‘ldi. Biroq K. Linney yaratgan sistema kamchiliklardan
xoli emas, sun’iy sistema edi.
Tabiiy sistemani, fransuz botanigi Jyuse (1789), shvetsariyalik olim
Dekandol (1821) va rus olimi Goryaninovlar (1834) tuzishdi. Tabiiy sistema
taraqqiyotida mashhur tabiatshunos, evolutsion ta’limotga birinchi bo‘lib asos
solgan fransuz olimi Jan Batist Lamark (1744-1829) ham katta rol o‘ynaydi. U
«Fransiya florasi» degan uch jildlik kitobini nashr ettirdi. 1859 yilda ingliz
olimi Charlz Darvinning (1809-1882) «Tabiiytanlanish yo‘li bilan turlarning
paydo bo‘lishi» degan mashhur asarining chop etilishi biologiya fanida
erishilgan katta yutuq bo‘lib hisoblanadi. Zero, Ch. Darvin ta’limotidan so‘ng
biologiyaning ko‘plab sohalari va boshqa fanlar ham rivojlanib ketdi.
204
Yuqori taksonomik birlikda sinf, bo‘limning qadimiy nomlari ham
ishlatilishi mumkin. Masalan: ochiq urug‘lilar bo‘limi - Pinophyta
Gymnospermae, yopiq urug‘lilar bo‘limi - Angiospermae, ikki pallali
o‘simliklar - Dicotyledones, bir pallali o‘simliklar - Moposotyledones -
Liliopsida.
Sistematikada eng katta sistematik birlik bo‘lim bo‘lsa, eng kichik birlik
turdir. Katta taksonomik birlik umumiy belgilardan iborat bo‘lsa, kichik
sistematik birlikning belgilari juda ravshan va aniqdir. Tur haqidagi dastlabki
tushunchani sistematikaga Jon Rey kiritgan bo‘lib, K.Linney esa turni
sistematikadagi asosiy taksonomik birlik sifatida qabul qilgan.
Tur deb, makromorfologik belgilari bilan farqqiladigan, bir avloddan
kelib chiqqan, bir-biri bilan erkin chatisha oladigan, o‘z tarqalish arealiga ega
bo‘lgan va o‘zaro o‘xshash individlar yig‘indisiga aytiladi.
O‘simliklar
dunyosi
nihoyatda
xilma-xilligiga
qaramasdan,
sistematikada shartli ravishda qulay bo‘lishi uchun barcha o‘simliklar ikkita
bo‘limga ajratilgan, tuban va yuksak yoki barg poyali o‘simliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: