M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

52-rasm. Meva turlari.  
A.  sinokarp  meva.  1-  birlashgan  ko‘p  bargchali,  (ayiqtovondoshlarda),2-chanoq 
(mingdevona),  3-chanoq  (g‘o‘za),  4-bo‘lakli  quzoq  (turp),  5-soxta  meva  (olma,nok),  6-
quzoqcha  (jag‘-jag‘),  7-pomeranets  (limon),  8-rezavor  meva  (uzum),  9-qo‘sh  pista 
(soyaonguldoshlar), 10-ko‘p danakli, 11-qo‘zoq, 12-to‘rt yong‘oqcha 
 
Danagi  bir  urug‘li  monokarp  mevalarga  olcha,  shaftoli,  gilos  kabi 
o‘simliklar  misol  bo‘la  oladi.  Bunday  mevalarni  endokarpi  yog‘ochlangan 
bo‘lib,  urug‘ini  suvli  mezokarpdan  ajratib  turadi.  Bodom  mevasining 
mezokarpi  etli va quruq bo‘ladi. 
Bir  yong‘oqli  monokarp  mevalar  ra’noguldoshlar  oilasiga  mansub 
bo‘lgan ayrim o‘simliklarda uchraydi (g‘ozpanja). 
Sinokarp  birlashgan  mevalar  ustki  va  ostki  gul  tugunchali  ko‘p  meva 
bargchalarining birlashishidan hosil bo‘ladi.  Bunday mevalar ko‘p uyali bo‘lib 
meva  pishganda  ayrimlarining  choklari  qisqaradi      va      bir  xonali  ham  bo‘lib 
qoladi.  Quruq  sinokarp  mevalar  pishganda  uzunasiga  ochiladigan  va 
ochilmaydigan  bo‘lishi  mumkin.  Suvli  sinokarp  mevalar  ochilmaydi.Sinokarp   
mevalar  morfologik  tuzilishi  turlicha  bo‘lib,  tabiatda  juda  keng  tarqalgan. 
Sinokarp  mevalarning eng asosiylariga: chanoq, rezavor mevalar, olma, qovoq 
kabilar 
kiradi. 
Botanik 
tushunchada 
rezavor 
mevalarga 
uzum, 
chernika,brusnika,  qovoqdoshlar  oilasiga  mansub  o‘simliklar  va  sitrus 
o‘simliklar kiradi (52-rasm). 


199 
 
Chanoq,  rezavor mevadan quruqligi va perikarpiysining ochilishi bilan 
farq  qiladi.  Chanoq  bir  va  bir  necha  uyali,  ko‘p  urug‘li  meva.  Uyalarni  soni 
urug‘chi  tugunchasining  soniga  teng  keladi.  Ko‘pchilik  hollarda  meva 
pishganda  to‘siq  yo‘qolib      uya  soni  kamayadi  yoki  bir  uyali  bo‘lib  ketadi. 
Chanoq 
meva 
loladoshlar, 
sigirquyruqdoshlar, 
ituzumdoshlar,  
gunafshadoshlar,  ko‘knoridoshlar,  toldoshlar  oilasiga  kiradigan  o‘simliklarda 
uchraydi. Chanoq bo‘lakcha, qopqoqcha, teshikcha holda ochiladi. 
Qo‘zoq    sinokarp      meva  bo‘lib  butguldoshlar  oilasiga  kiradigan 
o‘simliklarda  uchraydi.  Qo‘zoq  ikkita  meva  bargcha  –  birlashgan  gul 
tugunchasidan  hosil  bo‘ladi.  Qo‘zoq  ikki  uyali  bo‘lib,urug‘i  o‘rtada  hosil 
bo‘lgan   pardachada joylashgan.  Qo‘zoqning bo‘yi eniga nisbatan uch marta 
uzun  bo‘lgani  holda,  qo‘zoqchaning  bo‘yi  eniga  teng  keladi  (jag‘  –jag‘). 
Tabiatda  ochilmaydigan    qo‘zoqqa    yovvoyi  turp    mevasi  misol  bo‘ladi. 
Ko‘pgina  sinokarp      mevalar  ochilmay  uzunasiga  bo‘lakchalarga  ajraladi.  
Bunday  mevalar  perikarpiya  deb  atalib,  ichida  bitta  yoki  bir  nechta  urug‘ 
saqlaydi. Ajraladigan  sinokarp   mevalar sxizokarp deb nomlangan. Sxizokarp 
mevalarga 
gulxayridoshlar, 
soyabonguldoshlar, 
labguldoshlar 
oilasiga 
kiradigan o‘simlik mevalari kiradi. 
Psevdomonokarp mevalar tashqi ko‘rinishidan asosan bitta, lekin meva 
bargcha  bir  nechta  bo‘lib,  reduksiyalangandan  so‘ng  bittasida  meva  hosil 
bo‘ladi.  Ayrim  vaqtda  mevacha  barglarreduksiyalanmay  juda  zich  bo‘lib 
birlashib  ketadi.  Ikkala  holda  ham  meva  uyasi  bitta.  Bunday  mevalarga 
yong‘oq, pista misol bo‘ladi. 
Agarda  meva  bir nechta guldan  yoki to‘pguldan hosil  bo‘lsa to‘pmeva 
deb  ataladi.  Masalan,  lavlagining,  anjir,  ananas  va  tutning  mevasi  to‘p  meva 
hisoblanadi.  
D  o  n  a  ch  a  –  bir  urug‘li  meva  bo‘lib,  perikarpiysi  yupqa  pardali, 
qisman etdor, urug‘i bilan qo‘shilib ketgan. 
P  a  r  t  e  n  o  k  a  r  p  i  ya      –    urug‘siz  mevalarning  hosil  bo‘lishiga 


200 
 
aytiladi.  Ular  faqat  vegetativ  yo‘l  bilan  ko‘payadi.  Urug‘siz  mevalarni  limon, 
apelsin,  xurmo, olma uzum, noklarda kuzatish mumkin. 
G  e  o  k  a  r  p  i  ya  –  ba’zi  o‘simliklarning    gullaridagi  urug‘langan 
urug‘chisi  tuproqqa tushadi va  mevalarning  rivojlanishi  er ostida ro‘y  beradi. 
Masalan, eryong‘oqda kuzatish mumkin. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish