M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov


-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasidagi



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

5.4-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasidagi 
muvozanati 
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash 
uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U holda ADsotilmay qolgan tovarlar va xizmatlar hajmining ortishi ishlab 
chiqarishni Ye darajaga pasaytirilishiga olib keladi. 
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y2 deb hisoblasak
aksincha, ASularni ishlab chiqarishni Ye darajaga oshirishga undaydi. Shunday 
qilib aynan yalpi taklif va yalpi talab egri chiziqlarining kesishish 
nuqtasigina AD-AS modelda movozanat nuqtasi deyiladi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig‘ining 
keyns kesmasida yalpi talabning o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmining 
oshishi yoki kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa 


72 
o‘zgarmaydi. 
Yalpi talab egri chizig‘ini AS egri chizig‘ining vertikal kesmasida 
o‘zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi va faqat 
baholar darajasi o‘zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi 
talab inflatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida 
talabning har qanday o‘zgarishi faqat baholar darajasi o‘zgarishga olib 
keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to‘liq bandlik sharoitida o‘zgarmay 
qoladi. 
5.5-rasm. Yalpi taklif o‘zgarishining AD-AS
modelidagi muvozanatga ta’siri 
 
Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o‘sib borishi bilan kuzatilgan 
yalpi talabning ko‘payishi talab inflatsiyasi mavjudligini ko‘rsatadi. 
Yalpi taklif o‘zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning 
muvozanatli darajalariga ta’sirini 5.5-rasm misolida ko‘rib chiqamiz. 
Bahodan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga 
siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, 
baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko‘tariladi, ya’ni stagflatsiya ro‘y 
beradi. 
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog‘liq bo‘lmagan 
omillardan birortasi o‘zgarib, yalpi taklifning o‘zgarishiga olib kelsin. 
Ya’ni, yerning bahosi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar 
kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, 
unda yalpi taklif egri chizig‘i AS1dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar 
muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning 
muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o‘sish holati 


73 
ro‘y beradi. 
Yalpi taklif va yalpi talab o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi 
makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon 
moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab – moliyaviy 
resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning 
keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi 
qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi 
uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar 
ishlab chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi 
lozim. 
Biroq, 
milliy 
iqtisodiyotlarning 
baynalminallashuvi 
va 
globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z 
ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda
keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning 
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib 
keldi”. 
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va xizmatlar 
hajmi o‘rtasida muvozanat buzildi va moliyaviy inqiroz iqtisodiy 
inqirozga aylandi. 
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri 
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab 
va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni 
rag‘batlantirish yoki cheklash siyosati, shuningdek yalpi taklifni 
rag‘batlantirish siyosati qo‘llaniladi. 
Yalpi talabni rag‘batlantirish siyosatining ko‘rinishlariga daromad–
larni o‘stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzonlashtirish, 
narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag‘batlantirish 
siyosatida investitsiyalarni rag‘batlantirish, ishlab chiqaruvchilarga soliq 
yukini pasaytirish, eksportchilarni qo‘llab quvvatlash va h.k. choralar 
kiradi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish