M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov


I = f(Y) , ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan.  Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:  I = I



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

I = f(Y)
, ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan. 
Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 
I = I
reja
+ γY 
bu yerda: 
Δ I 
It –I t-1 
 
γ 
 = 
---------- = ------------------ 
Δ Y 
Yt - Yt-1 
I
reja
– rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi. 
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini 
quyidagicha yozish mumkin: 
I = e - dR + γY 
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib 
keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga 
olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib 


84 
ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo‘sh turgan 
quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. 
Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir 
tekisda bo‘lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy 
kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi. 
 
6.5.
 
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining o‘ziga 
xos xususiyatlari 
O‘zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy 
siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhiti yaxshilandi. 
Jumladan, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq 
yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, 
bank tizimining mustahkamlanishi va bank foiz stavkalarining 
pasaytirilishi , investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining 
yaratilganligi 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga 
jalb 
qilinayotgan 
investitsiyalar hajmining o‘sishiga olib keldi. 
O‘zbekistonda investitsiya hajmining yildan yilga o‘sib borishida 
investitsiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-
huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi alohida ahamiyatga ega. 
Ta’kidlash joizki, mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni 
diversifikatsiya etish, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini 
oshirish hamda mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining eksportdagi 
hajmini kengaytirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini tartibga 
soluvchi 50 dan ortiq huquqiy-hujjat qabul qilindi, jumladan, 
“Konsessiyalar to‘g‘risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi, 
“Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquq–
larining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi, 
“Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat 
to‘g‘risida”gi Qonunlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda. 
Respublikamiz iqtisodiyotida investitsiyalarning so‘nggi to‘qqiz 
yildagi o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lib, bunda oldingi yillardagiga 
nisbatan o‘sish va pasayish tendensiyalari kuzatilmoqda (6.4-rasm). 
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni 
rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2017-
yilda 68,4 trln. so‘m (dollar ekvivalentida 13,4 mlrd. AQSh dollari) 
yoki 2016-yilga nisbatan 120,4 % asosiy kapitalga investitsiyalar 


85 
o‘zlash–tirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1991-yilga 
nisbatan 5,1 marta, 2000-yilga nisbatan 6,6 marta, 2005 yilga nisbatan 
5,1 marta, 2010-yilga nisbatan 2,0 marta va 2015-yilga nisbatan 129,7 
%ga ko‘paydi. 
YaIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 
2017-yilda 26,9 %ni tashkil etib, o‘tgan yildagiga nisbatan 2,8 % 
punktga ko‘paydi (1991-yil 18,8 %, 2000-yilda 22,9 %, 2005-yilda 
19,9 %, 2010-yilda 24,6 % va 2015-yilda 24,3 %ni tashkil etgan). 
2017-yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning hududlar bo‘yicha 
tarkibini ko‘radigan bo‘lsak, jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 
60,5 %i Toshkent shahri, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent 
viloyatlarida (mos ravishda jami investitsiyalarning 19,8 %i, 16,6 %i, 
15,9 %i va 8,2%i ) o‘zlashtirildi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish