M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Daromad, iste’mol va jamg‘armalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka 
izoh bering? 
2.
Avtonom iste’mol kategoriyasining mohiyatini tushuntirib bering. 
3.
Iste’mol va jamg‘arish grafiklarini izohlang. Iste’mol 
va
jamg‘armaga o‘rtacha va chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlarini 
izohlab bering? 
4.
Qaysi mablag‘larni investitsiya tarkibiga kiritamiz? 
5.
Akselerator modelini tushuntirib bering. 
6.
Kutilayotgan sof foyda normasi o‘zgarishi qaysi sabablarga ko‘ra 
ro‘y beradi va u investitsiya hajmiga qanday ta’sir ko‘rsatadi. 
 


88 
7-BOB. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR 
BOZORIDAGI MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI 
 
Reja: 
7.1.
 
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari. 
7.2.
 
Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. 
7.3.
 
«Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat
darajasiga erishish mexanizmi. 
7.4.
 
Avtonom xarajatlar multiplikatori. 
7.5.
 
Retsession va inflatsion uzilish 
 
7.1.
 
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari 
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy 
muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat 
konsepsiyasiga ko‘ra iqtisodiyotda faqatgina to‘liq bandlilik 
sharoitidagi muvozanat mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday xulosa 
J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko‘ra mehnat 
taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir subyektning ishlab 
chiqarishi bir vaqtning o‘zida boshqa subyektlarning ishlab chiqarish 
natijalariga talab hisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga 
teng bo‘ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra AD ≠ AS holati ro‘y 
bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori yetishmay qolgan, ya’ni AD< 
AS holati ro‘y bergan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi 
kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining 
kamayishi ishlab chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar 
miqdorining kamayishiga olib kelmaydi. 
Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish 
hajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining 
funksiyasi hisoblanadi va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan 
potensial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan 
baholar mexanizmi hisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud 
resurslarning to‘liq bandlilgini ta’minlab turadi. 
Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o‘ziga xos 
xususiyati pulning neytralligi prinsipini ko‘zda tutishidir. Bu model 
pul massasi real ishlab chiqarishga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi 
degan prinsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor 


89 
agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya’ni oldi-sotti 
jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga 
ko‘ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi 
shakllantirilgan. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish