247
o‘z navbatida, ularning amerika tovarlariga bo‘lgan talabini oshiradi.
Dollarning taklifi (S) kamaysa, so‘mda belgilangan dollarning
qiymati oshadi (ya’ni, dollarda belgilangan so‘mning qiymati
pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko‘proq o‘zbek
tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki, so‘mning
dollarga
nisbatan qiymati pasaysa, u o‘z navbatida o‘zbek
tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko‘proq
o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo‘ladi.
O‘zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini
valuta bozoriga olib chiqadi, chunki, o‘zbek tovarlarini sotib olish
uchun dollarni so‘mga almashtirishadi. Dollarga bo‘lgan talab va
taklifning kesishgan nuqtasi dollarning so‘mdagi qiymatini bildiradi.
Agarda, dollarning so‘mdagi
qiymati oshsa, so‘m qiymatining
pasayganligini yoki qadrsizlanganligini ko‘rsatadi. Aksincha, agarda
dollarning so‘mdagi qiymati pasaysa, so‘m
qiymatining oshganligini
yoki so‘mning qimmatlashganligini ko‘rsatadi. Bir birlik xorijiy
valutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valuta sarf qilish
milliy valutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan
so‘m qadrsizlansa, dollar so‘mga nisbatan qimmatlashadi.
Qayd etilgan valuta kursi – bu, xorijiy valutada ifodalangan,
davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi
bo‘lib, unga valuta bozorida talab va taklifning o‘zgarishi bevosita
ta’sir qilmaydi.
Qayd qilingan valuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki,
undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‘liq bo‘lgan
tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd
qilingan valuta kurslarini
qo‘llash o‘zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini
kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valuta kurslari
tizimining hayotga layoqatliligi o‘zaro aloqalar jarayondagi ikki
sharoitga bog‘liq:
-
zaxiralarning mavjudligi;
-
o‘z hajmi bo‘yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‘lov balansi
aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta
va doimiy kamyobliklar
mamlakat zaxiralarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, valuta kurslarining talab va taklif ta’siri
ostida shakllanish darajasi, o‘z-o‘zicha kurslar o‘rtasidagi nisbatlarga
ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el
248
valutalariga
talab va taklifga, demak, valuta kurslariga mamlakatdagi
ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki
bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Valuta kurslarining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ularni qisqacha qarab chiqamiz:
1.
Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga
nisbatan o‘zgarishi.
2.
Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‘zgarishlar.
3.
Bahodagi nisbiy o‘zgarishlar.
Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflatsiyani quvib
o‘tish maqsadida « qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi.
Natijada, real foiz stavkalari (inflatsiya sur’atini hisobga olib
o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari) AQShda boshqa
mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda ko‘tariladi.
Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh
moliyaviy vositalarni qo‘yish uchun juda
jozibador va qulay joyga
aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu ko‘payishi
Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati
o‘sganligini bildiradi.
4.
Spekulyatsiya.
Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko‘tarilishi
to‘g‘risidagi prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni
funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga bo‘lgan talabni
oshiradi.
Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining
oshishini keltirib chiqaradi.
O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valutaga spekulyativ talab
oshishi Markaziy Banklarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki
rasmiy valuta zaxiralari bir vaqtning o‘zida ham to‘lov balansi
taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni
qondirish uchun yetarli
bo‘lmasligi mumkin.
Valuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan
chiqishning yagona yo‘lidir.
Nominal va real valuta kurslari o‘zaro farqlanadi. Nominal valuta
kursi valutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan
nominal valuta kursi haqida fikr yuritdik.
Real valuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning
nisbiy bahosidir.
249
Real valuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat
tovarlariga almashishi mumkin bo‘lgan nisbatni ko‘rsatadi, shu tufayli
u
Do'stlaringiz bilan baham: