M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

Valuta konvertirlashuvi 
deganda uni boshqa xorijiy valutalarga 
almashish qobiliyati tushiniladi. Hozirgi paytda ular erkin 


240 
konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertir-
lanmaydigan valutalarga ajratiladi. 
Erkin konvertirlanadigan valuta 
– bu, amaldagi kurs bo‘yicha 
har qanday boshqa xorijiy valuta erkin va cheklanmagan miqdorda 
ayirboshlanadigan valutadir. Bunga misol qilib AQSh, Yevropa 
hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar valutalarini kiritish 
mumkin. 
Qisman konvertirlanadigan valuta 
– bu, faqat ba’zi xorijiy 
valutalarga almashtiriladigan va xalqaro to‘lov oborotini qisman 
qamrab oladigan milliy valutadir. 
Konvertirlanmaydigan valuta 
– bu, faqatgina ichki to‘lovlarga 
xizmat qiladigan va xorijiy valutaga ayirboshlanmaydigan milliy 
valutadir. 
Konvertirlashni 
ichki va tashqi 
konvertirlashga ham ajratish 
mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida 
xorijiy valutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim 
operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi 
konvertirlashda xorijda to‘lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy 
aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valutalarni konvertirlash 
ko‘pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning 
muhim maqsadi hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasida valuta siyosati uning asosiy 
tamoyillari, ya’ni milliy valutamiz so‘mning almashuv kursi 
barqarorligini hamda ichki valuta bozorida talab va taklifning 
mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga 
oshirilmoqda. 
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish-
ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 
valutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini 
bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalardan 
kelib chiqib, 2017-yil I yarim yilligi davomida amaldagi valutani 
tartibga solish tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilgan keng 
qamrovli islohotlarga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. 
Mazkur islohotlar tamoyillarini ishlab chiqishda, asosiy e’tibor, 
valuta bozorini yanada liberallashtirish, shu jumladan, milliy valuta 
kursini belgilashning bozor mexanizmlarini joriy qilish, yuridik va 


241 
jismoniy shaxslarning valuta mablag‘larini erkin tasarruf qilish 
huquqlarini ro‘yobga chiqarish hamda barcha tadbirkorlik 
subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng 
sharoitlar yaratishga qaratildi. 
Xususan, valuta siyosatini liberallashtirish borasidagi dastlabki 
qadam sifatida respublika eksport salohiyatini oshirish va mahalliy 
eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-
iyundagi 
«O‘zbekiston 
Respublikasi 
Hukumatining 
ayrim 
qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi 449-sonli qarori 
qabul qilinib, unga ko‘ra birjadan tashqari valuta bozoridagi valuta 
oldi-sotdi operatsiyalari tijorat banklari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshirilishi tartibi 
joriy qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 28-iyuldagi «Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni 
rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 
PQ-3157-sonli Qaroriga binoan 2017-yil 1-avgustdan boshlab 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) eksport qilishdan tushadigan valuta tushumining 25 
foizini majburiy sotish talabi bekor qilindi. O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil 
2-sentabrdagi 
«Valuta 
siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177- sonli Farmonining qabul qilinishi 
bilan esa mamlakatimizda valutani tartibga solish tizimini tubdan 
isloh qilish bo‘yicha islohotlarning faol bosqichiga o‘tildi. Mazkur 
Farmonga muvofiq, 2017-yilning sentabr oyidan boshlab milliy 
valutaning almashuv kursini faqatgina bozor mexanizmlari asosida, 
ya’ni valuta bozorida chet el valutalariga bo‘lgan talab va taklifga 
asosan belgilash tartibi joriy qilindi. So‘nggi yillarda valuta siyosati 
uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy valutamiz so‘mning almashuv 
kursi barqarorligini hamda ichki valuta bozorida talab va taklifning 
mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga 
oshirilmoqda. 
Bunda asosiy e’tibor inflatsion jarayonlarni jilovlashga, milliy 
valuta almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olishga hamda 
eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilyapti. Eksportni rag‘batlan-


242 
tirish maqsadida so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini 
bosqichma- bosqich pasaytirish choralari ko‘rilyapti (2.2-jadval). 
2018-yilda ichki valuta bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
va aholi tomonidan xorijiy valutani sotib olish va sotish 
operatsiyalari hajmi hamda valuta bozori ishtirokchilari soni 
oshganligi kuzatildi. Xususan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan sotib olingan jami valuta hajmi 2017-yilga nisbatan 1,5 
barobarga yoki 6,7 mlrd. AQSh dollaridan 10,4 mlrd. AQSh 
dollarigacha oshgan bo‘lsa, ular tomonidan sotilgan valuta miqdori 2 
barobarga yoki 3,2 mlrd. AQSh dollaridan 6,5 mlrd. AQSh 
dollarigacha ko‘paygan. Bunda, ichki valuta bozorida xorijiy 
valutani xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni hisobot yili 
mobaynida 2 200 tadan 5 100 tagacha, yoki 2,3 barobarga ko‘paygan. 
Bu esa o‘z navbatida, valuta bozorining erkinlashtirilishi natijasida 
o‘z valuta operatsiyalarini norasmiy valuta bozorida amalga 
oshiruvchi ko‘plab tadbirkorlik subyektlarining bank sektoriga 
o‘tayotganligi bilan ham izohlanadi. 
2018-yil mobaynida ichki valuta bozorida xorijiy valuta taklifi 
asosan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksportdan olgan valuta 
mablag‘lari hamda xorijiy davlatlardan kelib tushgan pul 
o‘tkazmalari hisobiga shakllandi. 
Xususan, 2018-yilda tijorat banklariga sotilgan eksport 
tushumlari hajmi 2 barobarga ko‘payib, 4,1 mlrd. AQSh dollarini 
tashkil etdi. (2017-yilda 2,1 mlrd. AQSh dollari). Natijada, avvallari 
eksport tushumining majburiy tartibda banklarga sotilgan qismi 31 
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda ushbu ko‘rsatkich 61 foizga 
yetdi. 
2018-yilda 
Markaziy 
bankning 
valuta 
bozoridagi 
intervensiyalari strategiyasi almashuv kursining ichki valuta 
bozoridagi talab va taklif asosida shakllanishi sharoitida amalga 
oshirilib, 
oltin-valuta 
zaxiralarining 
"neytrallik" 
tamoyiliga 
asoslandi. 2018-yil davomida Markaziy bank tomonidan amalga 
oshirilgan intervensiyalar hajmi 3,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi 
va Markaziy bank tomonidan xarid qilingan monetar oltin qiymati 
doirasida bo‘lishi ta’minlandi. 
 
 


243 
19.1-jadval

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish