229
hollarda o‘z valutalari devalvatsiyasini amalga oshirishlari mumkin.
Bu importning fizik hajmi ko‘payishiga va oqibatda mamlakatda
xorijiy valuta tushumining o‘sishi hamda to‘lov
balansi kamomadi
tugatiladi.
To‘lov balansini tuzish tamoyillariga ko‘ra u doimo balanslashgan
bo‘ladi. Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina to‘lov
balansining alohida qismlariga taalluqli. Shu bilan birga to‘lov balansi
qoldig‘ining milliy iqtisodiyotga ta’siri amaliyotda bir xil tavsiflan–
maydi. Iqtisodiy siyosat maqsadlaridant kelib chiqib to‘lov balansining
musbat qoldig‘i ham, manfiy qoldig‘i ham ijobiy yoki salbiy deb
baholanishi mumkin.
To‘lov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldig‘i, joriy
operatsiyalar balansi qoldig‘i, kapital harakati va moliya balansi
qoldig‘i hamda rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i alohida tahlil
etiladi. Savdo balansi qoldig‘i o‘zgarishiga baho berishda bu o‘zga–
rishlar qaysi omillar ta’sirida ro‘y berganligi e’tiborga olinadi.
Masalan, manfiy qoldiq eksportning qisqarishi hisobiga ro‘y
bergan
bo‘lsa, bu holat milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi
pasayganligidan dalolat berishi va negativ hodisa deb qaralishi
mumkin. Lekin bu holat mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar
oqimi ko‘payishi hisobiga importning o‘sishi natijasida ro‘y bergan
bo‘lsa miliy iqtisodiyotning zaiflashishidan dalolat deb qaralmaydi.
Joriy
operatsiyalar hisobi balansi, odatda, to‘lov balansining
ma’lumot beruvchi qoldig‘i deb qaraladi. Chunki bu qoldiq bilan birga
ichki iqtisodiy siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi
bilan birga mamlakatning moliyalashtirishga ehtiyojini belgilaydi.
Joriy operatsiyalar hisobi balansining musbat qoldig‘i mamlakat
boshqa davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan dalolat beradi va
aksincha manfiy qoldig‘i (ya’ni joriy operatsiyalar
hisobi balansining
taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning netto-importi uchun
to‘lovlarni amalga oshirishga va transfert to‘lovlarini moliyalash-
tirishga majbur bo‘lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi.
Amalda joriy to‘lov balansining musbat qoldig‘iga ega mamlakat
milliy jamg‘armalarning bir qismini kapitalni ichki jamg‘arishga
yo‘naltirish o‘rniga mamlakat tashqarisiga investitsiyalaydi.
Kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i joriy operatsiyalar
balansi holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar
230
oqimini ko‘rsatadi. Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati
qisman «Sof xatolar va chetda qoldirishlar» moddasiga to‘g‘ri
keladi.
Rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i to‘lov
balansi umumiy
(yakuniy) qoldig‘ining kengroq tarqalgan nomlanishi bo‘lib
norezidentlarning
mamlakatga
nisbatan
likvidli
talablarning
ko‘payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli aktivlardagi mamlakat
rasmiy zaxira–larning ko‘payishidan (kamayishidan) dalolat beradi.
Bu qoldiq «Zaxira aktivlari» moddasidan boshqa barcha moddalarni
qamrab oladi.
Qayd qilingan valuta kurslari sharoitida (1979-yilga qadar)
rasmiy hisob kitoblar holatiga katta ahamiyat berilar edi, chunki
uning
taqchilligi
mamlakatning
boshqa
davlatlar
oldidagi
majburiyatlarining ortganligini (yoki zaxiralarining kamayganligini)
anglatgani holda valuta kursining barqarorligiga tahdid solar edi.
Suzib yuruvchi valuta kursining kiritilishi bilan umumiy to‘lov
balansi tushunchasini yo‘qqa
chiqardi, rasmiy zaxiralar dinamikasi
esa nafaqat rasmiy hisob kitoblar qoldig‘ining oqibati, balki to‘lov
balansining boshqa bo‘limlarida hisobga olingan oqimlaridagi
o‘zgarishlarning sababchisi ham bo‘lib qoldi.
0>
Do'stlaringiz bilan baham: