Mamlakat to‘lov balansining taxminiy ko‘rinishi
(raqamlar shartli)
Moddalar nomi
Kredit (+) yoki
eksportdan
tushumlar
Debet (-) yoki
import
uchun
xarajatlar
Sof kredit
yoki sof debit
Joriy operitsiyalar hisobi
Tovarlar
+185
-260
-75
Tashki savdo balansining
qoldig‘i
+75
-87
-75
Xizmatlar
+85
-97
-12
Investitsiyalardan daromadlar
(foizlar va divedentlar)
+28
-20
+8
Transfert ko‘rinishidagi pul
o‘tkazmalari
+10
-18
-8
Joriy operatsiyalar bo‘yicha
balansning qoldig‘i
-15
-10
-87
Kapital xarakatning hisobi
-
-
-
Investitsiyalar va boshqa o‘rta va
uzoq muddatli kapital
+150
-87
+63
Kapital harakati balansining
qoldig‘i
-50
-40
+63
Joriy operatsiyalar va kapital
harakati bo‘yicha balansning
qoldig‘i
-40
-40
-24
Rasmiy zaxiralar (oltin, XFVdagi
zaxiralar)
+24
25
+24
225
18.2.
Joriy operatsiyalar hisobi balansi
Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va
importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig‘i
deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat
tovarlarni chetga olib chiqishdan ko‘ra ko‘proq olib keladi (-75).
Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport,
sug‘urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir.
Misolimizda tovarlar bilan bo‘lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar
bilan bo‘lgan operatsiyalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni
ko‘proq oladi ya’ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga
chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko‘proq
boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport
va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga
mamlakatda transport va sug‘urta kompaniyalari ko‘rsatadigan
xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va h.k.
Bu operatsiyalar bo‘yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12).
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo‘yicha
to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Agar xorijga qo‘yilgan milliy kapital
uchun chet to‘lovlari bo‘yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb
etilgan xorijiy kapital uchun to‘lanadigan to‘lovlar miqdoridan ko‘p
bo‘lsa, unda sof daromad musbat bo‘ladi (+8).
Transfert ko‘rinishida pul o‘tkazishlar shu mamlakatlarning
xorijda
yashayotgan
fuqarolariga
to‘laniladigan
nafaqalarni,
muhojirlarning xorijdagi o‘z qarindoshlariga pul o‘tkazmalari, turli
ko‘rinishdagi hukumat yordamlarini o‘z ichiga oladi. Jadvaldan
ko‘rinib turibdiki, xorijga jo‘natilayotgan pul o‘tkazishlar miqdori
olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyalar mamlakatdagi
xorijiy valuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy hisoblar bo‘yicha barcha operatsiyalar yig‘indisi joriy
operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu
esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valutaga
bo‘lgan talab uning eksport operatsiyalari ta’minlaydigan taklifdan
ortiq bo‘lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat
to‘lov balansi joriy operatsiyalar bo‘yicha kamomadga ega.
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig‘i
quyidagicha beriladi:
226
Do'stlaringiz bilan baham: |