M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov


-rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

15.7-rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar 
davomida o‘sish dinamikasi, foizda 
Mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishi barcha 
mavjud imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda o‘zini 
oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi 
hisobiga ta’minlanmoqda. Xususan: 

xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, mahalliy 
va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay 
muhit yaratish borasida aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; 

sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali va 


193 
zamonaviy ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, ushbu sohada 
keng qamrovli investitsion dasturlarning izchillik bilan amalga 
oshirilishi; 

iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish
bunda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi 
buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘la-
mining yanada kengaytirilishi; 

banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini 
yanada mustahkamlash hamda ularning investitsion faolligini yanada 
oshirishga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlarning 
amalga oshirilishi; 

ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligi va real 
daromadlarining oshishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning 
amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishiga zamin 
yaratmoqda. 
Qisqacha xulosalar 
Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924-yilda tug‘ilgan) 
o‘z modelida jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik 
taraqqiyotning aholi turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir 
qilish mexanizmini aniqladi. Ushbu model iqtisodiy o‘sishning 
muvozanatli trayektoriyalarini tadqiq qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, 
differensial tenglamalar tizimi shaklida namoyon bo‘ladi. Mazkur 
model o‘sayotgan asosiy kapitalning jon boshiga mahsulotlar ishlab 
chiqarish hajmini oshirishga olib kelishi mexanizmini ko‘rsatadi. R. 
Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish 
sur’atlari kapital qo‘yilmalar oshishiga emas, balki texnologik 
rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan, uningcha doimiy 
texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy 
o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi. 
J. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo‘lib, iqtisodiy 
o‘sishni marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. O‘z 
konsepsiyasini Dj. Mid “Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi” 
(1961-y.) nomli kitobida ifodalagan. 
J. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan 
foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina 
shu resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishning 


194 
ta’minlaydigan daromad va jamg‘armalarning qayta taqsimlash 
mexanizmini yaratishga imkon beradi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish