174
15.1.__R.Solouning_neoklassik_modeli_asoslari.'>15 – BOB. IQTISODIY O‘SISHNING NEOKLASSIK
MODELLARI
Reja:
15.1.
R.Solouning neoklassik modeli asoslari.
15.2.
R.Solou modelida kapitalning chiqib ketishi aholi soni
o‘sishing barqaror muvozanati va iqtisodiy o‘sishga ta’siri.
15.3.
Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri.
Felpsning «oltin qoidasi».
15.4.
Iqtisodiy o‘sishning J.Mid va A. Lyuis modellari.
15.5.
O‘zbekistonda iqtisodiy o’sishni ta’minlash omillari va
natijalari
15.1.
R.Solouning neoklassik modeli asoslari
Iqtisodiy o‘sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960
yillarda, ya’ni dinamik muvozanat muammosiga e’tibor susaygan va
birinchi planga nafaqat foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu
bilan birga yangi texnikani joriy qilish, unumdorlikni oshirish va
ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash
hisobiga potensial
mumkin bo‘lgan o‘sish sur’atlariga erishish muammosi chiqqan davrda
paydo bo‘ldi.
Shu sababli iqtisodiy o‘sish muammosining nafaqat nazariy
asoslari, balki uni tahlil qilishning uslublari ham o‘zgardi. Bu davrda
rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o‘sdi.
Bu firmalar o‘z investitsiyalarini strategik rejalashtirish uchun,
iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga tayangan holda,
mikrodarajada o‘sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi.
Ta’kidlangan modellarni tuzishda firmalar
chiziqli dasturlash
uslublaridan va V.Leontevning ishlab chiqarish funksiyasidan
foydalanishdi. Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga
va iqtisodiy o‘sishga erishishga intilishlari neoklassik yo‘nalish
vakillarini iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga muqobil
bo‘lgan o‘sish modellarini yaratishga faol kirishishga undadi. Bu
yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz
iqtisodchisi J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik
firmalarga o‘z resurslaridan potensial o‘sishga erishish maqsadi
175
to‘laroq foydalanish
imkonini berish uchun, iqtisodiyotga davlat
aralashuvini qat’iy cheklash lozim degan fikrni olg‘a surishdi. Ular
yaratgan modellarning metodologik asoslari bo‘lib, shuningdek, mehnat,
kapital va yerni ijtimoiy mahsulotni yaratishning mustaqil omillari deb
qarovchi ishlab chiqarish omillarining klassik nazariyasi xizmat qildi.
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‘lib chekli
(chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga
ko‘ra ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning
chekli mahsulotlari (omillarning qo‘shimcha birligi hisobiga yaratilgan
qo‘shimcha
mahsulot)
bilan
belgilanadi.
Noklassik
maktab
nazariyotchilari iqtisodiy o‘sishning neokeynscha nazariyalarini uch jihat
bo‘yicha tanqid qildilar:
-
birinchidan, ular e’tiborni faqat iqtisodiy o‘sishning bir omiliga-
kapital jamg‘arishga (investitsiyalarnining qo‘shimcha o‘sishiga)
qaratishdi. Boshqa omillar(ayniqsa texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq
bo‘lgan holatlar, ya’ni ishchi kuchining ma’lumot
darajasi va
malakasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi
hamda boshqalar) ular e’tiboridan chetda qoldi. Neoklassiklar bo‘sh
turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi ishchi
kuchini jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo‘shimcha
o‘sishini ta’minlash mumkin deb hisobladilar;
-
ikkinchidan,
neokeynschilar
ishlab
chiqarishning
kapital
talabchanligi koeffitsienti-s (s= I / Δ Y )ni o‘zgarmas deb qaradilar.
Neoklassik modellar esa ikki ishlab chiqarish omilini (kapital va
mehnatni) hisobga olgan holda va ularning o‘zaro bir-birini
almashtirishini (substitut ekanligini) ko‘zda tutib bu koeffitsient
o‘zgarishi mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab
chiqarishning berilgan texnik qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab
chiqarish hajmiga resurslarning turli kombinatsiyalarini qo‘llab erishish
mumkin degan xulosa chiqadi;
-
uchinchidan, neokeynschilar bozor mexanizmining muvozanatni
avtomatik tiklash qobiliyatini etarlicha baholamadilar.
Neokeynschilardan farqli ravishda, neoklassiklar
faqatgina raqobatga
asoslangan bozor tizimigina iqtisodiy o‘sishning balanslashganligini
ta’minlashi mumkin deb hisobladilar. Ular iqtisodiy o‘sishning
balanslashganligini ta’minlash raqobat mexanizmidan tashqari barqaror
pul tizimiga ham bog‘liq, raqobat mexanizmi va barqaror pul tizimi bozor
muvozanatini avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu sababli ular,
176
davlatning iqtisodiyotga aralashuviga barqarorlikni buzuvchi omil
sifatida qarab, inflatsion davlat xarajatlariga qarshi chiqdilar.
Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini
qamrash xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956-yilda ”Iqtisodiy
o‘sish nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957-yilda
“Texnologik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi”
nomli
asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi
talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi.
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya
bilan ifodalangan. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va
ikkinchi tomondan foydalanilayotgan omillar hamda ularning o‘zaro
kombinatsiyalari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni aks ettiradi, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: