14
boyligini o‘zida ifodalab turibdi. Ilm-fan, kasb-hunar sohalariga oid atamalarni
o‘zbekchalashtirish lozimligini o‘ylasak, dialеktologiya fani oldida ko‘p
masalalar turganligini sеzish mumkin. Sababi, fan, texnika va hayotimizning har
bir sohasiga oid atamalarni imkoniyat darajasida o‘zbekchalashtirishda, so‘zsiz,
shеvalarimiz lеksikasiga oid ba’zi bir so‘zlarning ishlatilishi o‘rinlidir.
O‘zbek lahja hamda shеvalarining xususiyatlarini yaxshi bilish, o‘rganib
olish o‘qituvchilar uchun, ayniqsa, “Ona tili va adabiyoti” fanining
o‘qituvchilari uchun ham juda zarur hisoblanadi. Ushbu fan o‘qituvchisi o‘z
o‘quvchilarining nutqidagi, yozuvidagi shеvaga oid xususiyatlarni yaxshi bilsa,
o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqiga xos bo‘lgan kamchiliklarini to‘g‘ri
topa oladi. Buning uchun shevalarimiz haqida mukammal ma‘lumotga ega
bo‘lishi shart.
Shundagina, o‘quvchilarning adabiy til talablari va mе‘yorlarini
o‘zlashtirib borish darajasidagi savodxonligi oshib boradi. Chunki o‘quvchilar
nutqida, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yozuvida uchraydigan xatolar
shеvalarimiz ta‘sirida sodir bo‘ladigan xatolar jumlasiga kiradi:
м ənəт — so
‘m,
pul
; əynəlm
כּ
q –
aylanmoq
; қəвуכּ – qabul; esnə -
ensa
; qыdыrыshma
,
qыdыrыsh
— sayir,
n
כּ
nnъ ush
כּ
g‘ ъ -
nonning ushog‘i
; дəכּбə — jinni, telba;
Bux
כּ
r
כּ
gə turədъ -
Buxoroda
turadi
;
ə
rdj
ə
— sandiq,
qo‘ ngshu
— qushni.
Andijonlik o‘quvchi adabiy tildagi
taroq, sanoq, kosa
tipidagi so‘zlarni
taraq, sanaq, kasa
shaklida yozsa, toshkentlik o‘quvchi esa adabiy tildagi
shabada, aka, do‘ppi
kabi so‘zlarni o‘z shevasi ta’sitida
sh
כּ
b
כּ
da,
כּ
ka, to‘ppi
ko‘rinishida yozishi va bu bilan orfografik xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Shunday qilib, o‘quvchi hamda talabalarni adabiy talaffuzga o‘rgatish, birinchi
galda , ular
nutqini sheva, ya’ni dialektizmlar ta’siridan holi qilish kerak bo‘ladi:
adabiy tildagi
tar
כּ
q, dala,
כּ
y
כּ
q, ch
כּ
ynak, kattar
כּ
q, y
כּ
t
כּ
q, yo‘ld
כּ
sh
tipidagi
so‘zlar 0-lovchi o‘zbek shevalarida mahalliy sheva ta’sirida talaffuzi buzilib
tar
כּ
:, d
כּ
da,
כּ
yi:, ch
כּ
ynak, k
כּ
ttarq
כּ
:, y
כּ
t
כּ
:, yo‘ld
כּ
sh
tarzida aytiladi.
Bunday
talaffuz o-lovchi shevalar uchun odatdagi hol sanaladi.
Yuqorida keltirilgan adabiy tilga oid so‘zlar a-lovchi o‘zbek shevalarida
esa
taraq, dada,ayaq,choynak, kattaraq, yataq, yo‘ldosh
tarzida talaffuz etiladi
va bu hol a-lovchi o‘zbek shevalarida me’yor hisoblanadi. Bunday xilma-xillikni
bartaraf qilish uchun o‘qituvchi o‘sha sheva bilan adabiy tilni qiyoslay olishi
lozim. Qiyoslashda, albatta, adabiy til tayanch holatda bo‘lishini
unutmaslik
shart:
qatiq
so‘zi o‘zbek xalq shevalarida
qattыq, qatыq, q
כּ
ttыq, qatыq, qatuv,
qatug‘, qatu:
tarzida talaffuz etilsa-da, lekin bu so‘z adabiy til me’yoriga ko‘ra
qatiq tarzida bir xil talaffuz etiladi.
O‘quvchilarga to‘g‘ri talaffuz me’yorlarini singdirish maqsadida bajarila-
digan yirikroq ish o‘sha shevaning fonetik tizimini adabiy tilning fonetik tizimi
bi-lan qiyoslash hisoblanadi.Sababi, o‘zbek shevalarining vokalizm tizimi ham,
kon-sonantizm tizimi ham fonologik jihatdan adabiy tildan farq qiladi. O‘zbek
adabiy tilining tayanch shevalarida unli fonemalar 7tadan iborat bo‘lsa, shimoliy
Xorazm qipchoq guruh shevalarida 9ta mustaqil unli tovush bor. Janubiy
15
Xorazm o‘g‘uz guruh shevalarida cho‘ziq unlilardan tashqari 10ta unli, Iqon
shevasining unlilar tizimida 18ta fonema mavjud.
Maktablardagi ona tili o‘qituvchisi o‘quvchilarga adabiy tilning yozma va
og‘zaki shakllarini uzliksiz holatda o‘rgatish jarayonida yuqoridagi kamchilik
hamda nuqsonlarni tugatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: