Samarqand viloyati ma‘muriy-hududiy bo‗linishi
Qisloq
tumanlari
Tashkil
topgan yili
Tuman
markazi
Maydoni,
ming km
Aholisi
ming
kishi
Aholi
zichligi,
kv km,
kishi
1
Bulung‗ur
29.09.1926 Bulung‗ur sh.
0,76
178,9
235,4
2
Jomboy
07.12.1970 Jomboy sh.
0,55
163,1
296,5
3
Ishtixon
18.05.1943 Ishtixon sh.
0,72
241,9
335,9
4
Kattaqo‗rg‗on 02.02.1929 Payshanba sh. 1,39
261,6
188,2
5
Narpay
29.09.1926 Oqtosh sh.
0,44
204,9
465,6
6
Nurobod
26.11.1975 Nurobod sh.
4,86
143,8
29,5
7
Oqdaryo
25.12.1968 Loyish sh.
0,37
152,7
412,7
8
Payariq
29.09.1926 Payariq sh.
1,29
238,7
185,0
9
Pastdarg‗om
29.09.1926 Juma sh.
0,87
338,8
389,4
10 Paxtachi
12.04.1973 Ziyodin sh.
1,38
138,4
100,2
11 Samarqand
29.09.1926 Gulobod sh.
0,48
241,1
502,2
12 Toyloq
09.04.1992 Toyloq sh.
0,28
191,7
684,6
13 Urgut
31.12.1964 Urgut sh.
1,12
481,6
430,0
14 Qo‗shrobod
03.04.1978 Qo‗shrobod sh 2,16
125,4
58,0
15 Viloyat
bo‗yicha
01.15.1938 Samarqand sh. 16,8
3719,6
221,4
227
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, maydoni jihatdan eng katta tuman
Nurobod, qo‗shrobod bo‗lib, keying o‗rinlarni Kattaqo‗rg‗on va
Paxtachi tumanlari egallaydi. Aholi sonining ko‗pligi jihatdan esa
Urgut, Samarqand va Pastdarg‗om tumanlari ajralib turadi.
Viloyatda aholi zichligi 1 kv.km.da 221,4 ming kishini tashkil etadi.
Bu jihatdan tumanlar orasida eng yuqori ko‗rsatgich Toyloq
tumanida bo‗lib bu yerda zichlik 684,6 kishi, Samarqand tumanida
502,2 kishiga teng. Shuningdek, aholi zichligi Narpay, Oqdaryo
tumanlarida ham yuqori hisoblanadi. Aholi zichligining eng past
ko‗rsatkichlari bilan Nurobod va Qo‗shrobod tumanlari ajralib
turadi. Samarqand viloyati respublikamiz miqyosida alohida o‗ringa
ega bo‗lib, bu yerda mashinasozlik, ximiya va oziq-ovqat
sanoatlari,tamaki, paxta, uzum etishtirish rivojlangan, shuningdek
xalqaro
turizmga
ham
ixtisoslashgandir.
Viloyatimiz
O‗zbekistonning markaziy qismida, qulay geografik va Zarafshon
daryosining gidrogeografik to‗rida joylashgan. Viloyat g‗arb va
shimoliy-g‗arbda Navoiy, shimoliy-sharqda Tojikistonning Sug‗d
viloyati Panjakent tumani bilan chegaralanadi. Viloyat Zarafshon
vodiysida, Zarafshon daryosini o‗rta qismida joylashgan, u vodiyni
sug‗orishda va aholi joylashuvida hamda qadim zamonlarda aholi
punktlari paydo bo‗lishda asosiy ro‗l o‗ynaydi. Zarafshonning
doiymiy suv zahiralariga ega bo‗lgan irmoqlari deyarli yo‗q.
Samarqanddan yuqoriroqda, Tojikiston Respublikasining Panjakent
tumaniga qo‗shni joyda, Zarafshonning tog‗ oraliqlaridan
boshlanadi. Ulardan eng muhimi qadimgi Darg‗om hisoblanadi,
aynan ana shu kanaldan eski Anhor kanali suv oladi va u
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanini ham sug‗oradi.
Kattaqo‗rg‗on, Oqdaryo, Tusunsoy suv omborlari, Narpay,
Bulung‗ur kanallari, Beshariq arig‗i ham dehqonchilik rivoj topgan
hududlarni suv bilan taminlaydi. Shu o‗rinda takidlash joizki,
viloyat iqtisodiyotini shakillanishida mineral resurslarga ko‗ra
agroiqlimiy sharoitning ro‗li katta. Shuningdek, bu yerda turizm va
rekreatsiya resurslari mavjud bo‗lib, ularning ahamiyati ham
sezilarli darajada yuqoridir. Rekreatsiya resurslari, xususan tog‗
etaklarida, soy bo‗ylarida juda ko‗p va ulardan foydalanish katta
228
ahamiyatga ega. Ekoturizm nuqtaiy nazardan g‗orlar, Urgut chinor
va buloqlari diqqatga sazovar joylar hisoblanadi.
Samarqand viloyati o‗zining turistik salohiyati bo‗yicha
nafaqat O‗zbekistonda, balki dunyoda ham mashhurdir. Viloyatdagi
tarixiy, arxitektura va arxeologik obidalar, tabiiy rekreatsiya
maskanlari, diniy qadamjolar hamda o‗ziga xos madaniy-etnografik
an‘analar mintaqa turizm xazinasi hisoblanadi.
Samarqand viloyatida turistik ob‘ektlarni o‗rganish va
baholash, mintaqa turizmini rivojlantirish hamda hududiy tashkil
etishda quyidagi masalalarga ahamiyat berish lozimdir:
turizmni milliy va mintaqaviy iqtisodiyotdagi o‗rni hamda uning
o‗ziga xos jihatlarini asoslab berish;
turizmni iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning o‗ziga xos
yo‗nalishi sifatida o‗rganish;
Samarqand viloyatida turizmni tashkil etish va uni rivojlantirish
uchun mavjud imkoniyatlarni tahlil qilish va baholash;
mintaqani
turistik
jihatdan
rayonlashtirish
va
turistik
marshrutlarni aniqlash;
Samarqand viloyatida turizmning rivojlanish muammolarini
tadqiq etish va ularni ilmiy asosda echish bo‗yicha ustuvor
yo‗nalishlarni belgilash va h.k.
Samarqand
viloyatida
mahalliy
va
xalqaro
turizmni
rivojlantirishda sayyohlikning turli yo‗nalishlarini, jumladan,
tabiiy–rekreatsiya, tarixiy, diniy va madaniy, etnografik turlarini
hududiy jihatdan tahlil etish hamda soha oldida turgan muammolar
va ularning echimini topish mazkur ishning asosiy himoya
jihatlarini belgilaydi.
Turizmni tashkil etish va yuksaltirish mintaqada mavjud
sayyohlik marshrutlarini o‗rganish va yangilarini ishlab chiqishni
taqozo etadi. Ammo tahlillar shuni ko‗rsatadiki, Samarqand
shahridan boshlanadigan eng katta turistik marshrutlar Samarqand-
Urgut,
Samarqand-Omonqo‗ton,
Samarqand-Nurobod-Tim,
Samarqand-Kattaqo‗rg‗on (Kattaqo‗rg‗on shahri va suv ombori),
Samarqand-Miyonqol oroli (Oqdaryo-Ishtixon tumanlari) va boshqa
turistik marshrutlarning hozirgi kunga qadar imkoniyatlari
aniqlanmagan. Mazkur yo‗nalishdagi sayohatlarda turizmning turli
229
xillaridan (avtotransport, piyoda, otda, tuyada va h.k) foydalanish
mumkin. Tog‗li mintaqa marshrutlarida qatnashish uchun esa kishi
jismonan baquvvat bo‗lishi kerak. Bu o‗z navbatida keksa va o‗rta
yoshdagi sayyohlarni tog‗ marshrutlaridan barhamand etishda
qulayliklar yaratishni talab qiladi. Shu maqsadda maxsus yo‗laklar
va osma ko‗targich elektr yo‗llari barpo etish nihoyatda zarurdir.
Bunday tadbirlarni amalga oshirish mintaqa tog‗ turizmining
kelajakda yuksalishiga va sayyohlik oqimining o‗sishiga olib kelishi
shubhasizdir.
Viloyatga keladigan sayyohlarning sonini oshirish va jahon
andozalari talabida xizmat ko‗rsatishni tashkil etish mintaqa
turizmining eng muhim vazifalaridan biridir. Buning uchun
sayyohlik bilan shug‗ullanuvchi o‗rta va kichik turistik firma va
korxonalar faolligini oshirish, sayyohlar talabini o‗rganish kabi
muammolarni hal qilish talab etiladi. Bizning fikrimizcha, mintaqa
turizmini rivojlantirish uchun avvalo:
sayyohlik
firmalariga
dastlabki
imtiyozli
sarmoyalarni
maqsadli ajratish va moddiy texnik bazasini mustahkamlashga
yordam berish;
turizm sohasi bo‗yicha tadqiqot olib boradigan oliy o‗quv
yurtlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
turli yo‗nalishda faoliyat yuritadigan malakali kadrlar masalasi
va mavjud mutaxassislar malakasini xorijiy davlatlarda oshirish;
xorijiy davlatlarda faoliyat ko‗rsatadigan kichik sayyohlik
firmalar ish faoliyatini o‗rganish;
kichik va o‗rta sayyohlik korxonalarining sayyohlik
imkoniyatlari-
dan samarali foydalanishni yo‗lga qo‗yish uchun marketing
xizmatiga e‘tiborni qaratish;
hududiy turistik majmualar shakllanishini takomillashtirish va
ularni tegishli infratuzilma tizimi bilan ta‘minlash;
turizm sohasi orqali aholining bandlik darajasini yaxshilash va
h.k.
Bundan tashqiri,
viloyat
hududidagi
barcha
turistik
ob‘ektlarni kadastrlash, ya‘ni tarixiy obidalar, arxitektura,
230
arxeologik yodgorliklar, diniy qadamjolarni, xonaqo va masjidlar
turistik ob‘ektlar ro‗yxatiga kiritilishi va baholanishi kerak. Shu
bilan birga etnografik, tarixiy va qadimiy mahallalar, choyxonalar,
milliy an‘analar, urf-odatlar, hunarmandchilik va boshqalar ham
inobatga olinishi lozim.
Samarqand
viloyatida
turizmni
rivojlantirish
uchun,
bizningcha, quyidagi muammolar hal etilishi lozim:
viloyatda
turizm
sohasida
faoliyat
ko‗rsatayotgan
tadbirkorlarga amaliy yordam berish, xorijiy hamkorlarni topish,
huquqiy maslahat va uslubiy yordam ko‗rsatish, dunyo
mamlakatlarida o‗tkaziladigan sayyohlik yarmarkalarida qatnashish
va ularni viloyatda tashkil etish;
milliy an‘analarni namoyon etuvchi mahalla va choyxonalar
hamda qadimiy me‘morchilik usullari saqlanib qolgan uylarni
aniqlash va turistik marshrutlarga kiritish;
Samarqand shahrida foytun aravalarda sayr qilishni uyushtirish
hamda Afrosiyob hududida o‗rta asr an‘analariga xos hovli qurish,
xalq amaliy san‘ati, xalq og‗zaki ijodi, milliy urf odatlar,
marosimlarni sayyohlarga namoyish etishni tashkil qilish;
viloyat hududigi turistik ob‘ektlarga boruvchi yo‗llarni
ta‘mirlash va obodonchilik ishlarini olib borish;
mintaqa hududidagi tog‗larning rekreatsiya imkoniyatlari
hamda sayyohlik yo‗nalishlarini aniqlash, tumanlardagi tarixiy
obidalar, ziyoratgohlar, dam olish maskanlarini o‗rganish,
marshrutlariga kiritish;
Samarqand viloyatidagi mavjud turistik ob‘ektlarni keng
tashviqot qilish, xususan ularning rivojlangan, ayniqsa musulmon
davlatlarida reklamasini tashkil etish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |