M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


 Quyi Amudaryo turistik rayoni



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

12.3.6. Quyi Amudaryo turistik rayoni
 
Quyi 
Amudaryo 
turistik 
rayoni 
Xorazm 
viloyati 
va 
Qoraqalpog`iston Respublikasini birlashtiradi. Turistik rayon 
tarixiy, arxitektura, arxeologik, ekologik va boshqa turistik 
imkoniyatlari yuqori rayonlardan biridir. 
Xorazm viloyati 
1938 yil 15-yanvarda tashkil topgan. Uning 
maydoni 6,1 ming km
2
bo`lib, aholisi 2018 yil 1 yanvar holatiga 
ko`ra
1815,3
ming kishi tashkil etadi. Viloyatda jami 10 ta tuman, 3 


219 
ta shahar va 58 ta shaharcha hamda 559 ta qishloqlar mavjud. 
Darhaqiqat, respublikamizda yuqorida keltirilgan amalga oshirilgan 
islohotlar natijasida turizm sohasining jadal va barqaror rivojlanib 
borishi Xorazm viloyatida turizm sohasining alohida tarmoq sifatida 
keng taraqqiy qilib borishiga muhim zamin yaratdi. Bugungi kunga 
kelib, eng muhim ustuvor sohalardan biriga aylandi. Chunki, turizm 
sohasi o`z navbatida sayyohlik sohasining rivojiga bog`liq bo`lib, 
uning taraqqiyotini belgilovchi omil hisoblanadi. Bu borada 
olimlarning ta`kidlashicha, sayohat boshqa xalqlar haqida bilim 
beradi va masofaviy jihatdan uzoq bo`lgan davlatlarni ham bir-
biriga yaqinlashtiradi. Shu bilan birga, turizm sohasi o`z navbatida 
mehmondorchilik sohasi bilan birgalikda jahondagi xizmatlar, yalpi 
ichki mahsulot va investitsiyalarning tarkibidagi o`zgarishlarni 
amalga oshirishga o`z hissasini qo`shmoqda. Buni bevosita Xorazm 
viloyati turizmi sohasining statistikasi raqamlarida yaqqol kuzatish 
mumkin. Jumladan, viloyatda 2016-yilda 2012-yilga nisbatan 
viloyatimizda sayyohlik tashkilotlari soni 36 tadan 72 taga yoki 2 
barobarga oshgan. Shundan, mehmonxonalar soni 26 tadan 52 taga 
yoki 2 martaga ko`paygan. Ushbu raqamlar Urganch shahrida 12 ta, 
Xiva tumanida 34 ta, Hazorasp tumanida 4 ta va Gurlan tumanida 2 
ta mehmonxonalar mavjudligini ko`rsatadi. Shuningdek, turoperator 
va turagentlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar soni 10 
tadan 20 taga etib, 2 martaga oshgan. Ushbu ko`rsatkich Urganch 
shahrida 9 ta, Xiva tumanida 8 ta, Urganch tumanida 1 ta, Hazorasp 
tumanida 1 ta va Bog`ot tumanida 1 ta tashkilotlarga to`g`ri keladi. 
Shular bilan birga, 2016-yilda 10 ta mehmonxona o`z faoliyatini 
boshladi. Bu Urganch shahrida 4 ta va Xiva tumanida 6 taga to`g`ri 
keladi. Hamda 3 ta turoperatorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi 
sayyohlik tashkilotlari ish boshlab, bu Urganch shahrida 1 ta, Xiva 
tumanida 1 ta va Hazorasp tumanida 1 ta sayyohlik tashkilotlariga 
to`g`ri keladi. 
Bugungi kunda chet el investitsiyasini jalb qilgan holda tashkil 
etilgan 5 ta mehmonxona faoliyat ko`rsatmoqda. Ular qatoriga 
―Xeyvak‖, ―Xiva malikasi‖, ―Xorazm malikasi‖, ―Arqonchi‖ va 
―Xayat 
INN‖ 
mehmonxonalarini 
kiritish 
mumkin. 
Mehmonxonalardagi o`rinlar soni 1477 tadan 2300 taga yoki 55 


220 
foizga oshdi. Viloyatda turizm sohasidagi o`zgarishlar hamda yangi 
ish o`rinlarining yaratilishi natijasida bugungi kunda jami sayyohlik 
tashkilotlarida 450 nafardan ortiq xodimlar mehnat qilib kelmoqda. 
Xorazm viloyatiga 2015-yilda dunyoning 82 tadan ortiq 
mamlakatidan xorijiy sayyohlar kelgan. 2016-yilda esa dunyoning 84 
tadan ortiq davlatidan xorijiy sayyohlar kelgan. Xorazm viloyatiga 
dunyoning 5 ta mamlakatidan eng ko`p sayyohlar tashrif buyurdi. 
Bu ko`rsatkich 2015-va 2016-yillarga to`g`ri keladi. 2016-yilda bu 
ko`rsatkich 75,8 mingdan ortiqni tashkil qilib, 20 foizga oshgan. 
2015-yilda dunyoning 80 dan ortiq davlatidan 40,6 mingga yaqin 
xorijiy sayyohlar viloyatimizga tashrif buyurishgan bo`lishsa, 2016- 
yilda bu ko`rsatkich 46,6 mingdan ortiqni tashkil qilib, o`tgan 
yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshgan. 2012-yilda xorijiy va 
mahalliy sayyohlarga ko`rsatilgan jami xizmatlarning hajmi 5562,1 
mln.so`mni tashkil qilgan bo`lsa, bu 2016-yilda 11389,9 mln.so`mni 
tashkil qildi va jami ko`rsatilgan xizmatlar hajmi 2012-yilga 
nisbatan ikki barobarga oshdi. Kelgusida bu ko`rsatkichning yanada 
yaxshilanishi kutilmoqda. 
XVIII-XIX asrlarga oid inshootlar, ayniqsa Xiva shahrida 
ko‗plab qurilgan. Shaharning nomi qadimgi quduq «Xeyvaq», 
nomidan kelib chiqqan degan taxminlar mavjud. IV asr 
boshidan Xiva Xorazm davlati tarkibiga kirgan. 7l2-yili arablar 
tomonidan bosib olingan. l22l-yili Xiva mo‗g‗ul bosqinchilari 
tomonidan egallanadi. l388-yili shahar Amir Temur saltanati 
tarkibiga kiritiladi. l740-yili Eron hukmdori Nodirshoh tomonidan 
vayron etilgan. XVI asr oxiridan l920-yilgacha Xiva 
xonligining poytaxti bo‗lgan. l873-yili Rossiya imperiyasi 
tomonidan bosib olingan. Mashhur me‘moriy yodgorliklar ichida 
Dishan qal‘a (Tashqi shahar) hamda Ichan qal‘a (Ichki shahar) 
alohida ahamiyatga ega. Xivaning shuhrat qozongan yodgorliklari 
qatoriga ko‗plab binolar kiradi. Sherg‗ozixon (l728-yil), 
Muhammad Amin inoq (l805-yil), Qutlimurod inoq (l809- yil), 
Musa to‗ra (l840- yil), Sayidboy (l842-yil) madrasalari, 
Pahlavon Mahmud maqbarasi (l835-yil), Solihboy masjidi (l842-
yil), Ko‗xna Ark saroyi (XVII-XX asrlar), Isfandiyorxon saroyi 
(l9l2-yil), To‗rt Shabboz majmuasi (l885- yil), Oq masjid (l657-


221 
yili asos solingan, XIX asrda qayta bunyod etilgan) va boshqa 
binolar shular jumlasidandir. Hazoraspdagi Rahmonquli inoq 
saroyi, Ollohqulixon tomonidan qurilgan Xivadagi Toshhovli 
nomi bilan ataluvchi ikki qavatli qasr (l832-l84l-yillar) binolari 
sernaqsh va koshinli bo‗lib, Xorazm me‘morchiligining o‗ziga 
xos uslubini aks ettirgan. Ollohqulixon madrasasi (l832- yil), 
Muhammad Aminxon madrasasi ham koshinlar bilan bezatilgan. 
Bu madrasa yonidagi Kalta minor ham moviy tusdagi koshin 
bilan qoplangan. Bundan tashqari, Ollohqulixon karvonsaroyi 
va bozor (l835-yil) hamda Polvon darvoza (Muhammad 
Rahimxon 
davrida 
l806- 
yilda qurilgan) o‗sha davr 
me‘morchiligining yorqin namunalaridan hisoblanadi. Xiva 
shahridagi bu ajoyib binolar Ko‗hna Urganch me‘morchiligi xalq 
an‘anala- rining vorislari tomonidan yaratilgani va ularning ona 
zaminga bo‗lgan mehru muhabbatlari, o‗tmish merosga bo‗lgan 
ixlosining yorqin namunasidir. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish